Ibrahim Tatlises (asl ismi Ibrahim Tatli, 1952-yilda tugʻilgan) — turkiyalik qoʻshiqchi va sobiq aktyor. 1970-yillardan beri u Arabesk pop uslubidagi eng taniqli va eng muvaffaqiyatli qoʻshiqchilardan biri hisoblanadi. Tatlıses faoliyati davomida 42 ta albom yozgan, jumladan Ayagunda Kundura va Selam Olsun kabi albomlar va juda mashhur " Ibo Show " teledasturining boshlovchisi boʻlgan. Aktyor sifatida bir qancha filmlarda rollar ijro etgan. Shunigdek tadbirkorlikda koʻplab yirik biznes loyihalarda ishtirok etgan.

Ibrahim Tatlises

Tatlises 2007-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi İbrahim Tatli
1-yanvar 1952-yil
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Kasbi
Leybl
  • Palandoken Plak (1970-1974)
  • Studyo Yalcin (1975-1977)
  • Ömer Plak (1978)
  • Türküola Plak (1979-1982)
  • Star Plakcilik (1983-1984)
  • Bayar Müzik (1985-1986)
  • Emre Plak (1987-1989)
  • Kaya Muzik (1990-1991)
  • Raks Muzik (1992-1998)
  • Universal Muzik (1999-2001)
  • Erolkose Muzik (2003-2004)
  • İdobay Muzik (2005-2010)
  • Poll Production (2011-)
Janr pop-folk
Faoliyat yillari 1968-yildan hozirgacha
Veb-sayt http://tatlises.com.tr/

Hayoti tahrir

Dastlabki yillar tahrir

Asli kelib chiqishi arab va kurdlardan hisoblanadigan [1] [2] [3] Ibrohim Tatli [3] Turkiyaning Urfa shahrida tugʻilgan. [3] Uning ona tili kurd tilidir.[4] Bolaligida otasidan ayrilgan Tatlises oʻrta maktabga bormagan. [5] U ulgʻayganda ham oʻqish va yozishni bilmas edi. [5]

Musiqiy martaba tahrir

Ibrohim Tatlises koʻpincha Turkiyaning eng taniqli qoʻshiqchilaridan biri sifatida koʻriladi. Shu qadar mashhurki, Turkiyada unga „Ibo“ va „Imperator“ laqablari berilgan. Ilk marotaba 1970-yilda, 18 yoshida " Kara Qiz/Beni Yakma Gel Güzelim " nomli birinchi albomini taqdim etgan. 1976-yilda birinchi produseri bilan uchrashgunga qadar u kasetlar sotgan va restoranlarda kuylagan. Keyingi yili uning Ayagida Kundura, İndim Gülüm Bağına va Qizil Kurdele kabi qoʻshiqlarini oʻz ichiga olgan „Ayagʻida Kundura“ albomi turk yoshlari orasida mashxurlikka erishdi va unga olamshumul shuhrat olib keldi. Uning oldingi baʼzi qoʻshiqlari kurd tilida yozilgan va keyinchalik turk tiliga tarjima qilingan. Tatlisesning 1983-yilgi Yalan albomi, 1985-yilgi Mavi Mavi va 1987-yilgi " Alloh Alloh " kabi xit albomlari birin-ketin paydo boʻldi. U 1970-yildan 2014-yilgacha jami 42 ta albom yozgan.

Kino va televideniye tahrir

Ibrahim Tatlises 1978-yilda Sabuha bilan boshlangan jami 37 ta filmda suratga tushgan. U 1980 va 1990-yillarda koʻplab filmlarda rol ijro etdi va Turkiyadagi eng mashhur qoʻshiqchi va taniqli aktyor sifatida oʻzining shuhratini yanada mustahkamladi. Tatlıses kino sanoatidan tashqari, 1993-yildan 2011-yilgacha namoyish etilgan, tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan juda muvaffaqiyatli " Ibo Show " ga boshlovchilik qildi. Bu Turkiyada eng koʻp koʻrilgan shoulardan biri edi.

Nikohlar tahrir

Tatlises Urfada yashagn vaqtida birinchi xotini Adalet Sara bilan turmush qurdi. Er-xotinning Ahmet Salim ismli oʻgʻli va Gulshen Sara va Gulden Ferrah ismli ikki qizi bor edi. 1979-yilda u Kara Yazma filmidagi hamkasbi Perihan Savaş bilan munosabatlarni boshladi. Savas bilan turmushidan Melek Zübeyde ismli qizi bor. Savaş va Tatlises keyinroq ajrashishdi. Biroz vaqtdan keyin Kunah filmidagi hamkasbi Derya Tuna bilan turmush qurdi. Ularning bu munosabatlaridan İbrahim „İdo“ Tatlises ismli oʻgʻli bor. Keyinchalik juftil ajrashdi.

Tatlises Germaniyadan qaytgach, 2011-yil 27-sentabrda davolanayotgan reabilitatsiya muassasasida Ayshegul Yildizga turmushga chiqdi.[6] Nikoh marosimini Shishli shahri hokimi Mustafo Sarıgul boshqargan, Fotih Terim esa guvoh boʻlgan.[7] Birgalikda er-xotinning Elif Ada ismli qizi bor edi.[8] Ular 2013-yilning noyabrida ajrashishdi [9]

Ishil Chitak ismli ayol bilan munosabatlaridan Tatlisesning 1989-yilda tugʻilgan Dilan Chitak ismli qizi bor edi. Tatlises 2013-yilda uni farzandi deb tan oldi va oilasiga qabul qildi.[10]

2021-yilda esa u oʻzidan 43 yosh kichik Gulchin Karakaya bilan munosabati haqida eʼlon qildi.[11]

Suiqasd urinishlari tahrir

Tatlisesga uch marotaba suiqasd uyushtirilgan. 1990-yilda uning oyogʻiga oʻq uzilgan. 1998-yilda esa u yana bir suiqasddan omon qolgan.

2011-yil 14-martda u yana bir hujumga uchradi va boshidan ogʻir yaralandi.[12] Mahalliy vaqt bilan soat 00:30 da u matbuot kotibi Buket Chakiji bilan haftalik telekoʻrsatuvida ishtirok etadi. Tasvirga olish tugagandan soʻng Turkiyaning xususiy telekanali Beyaz TV ofisidan chiqib avtomobilda oʻtirganlarida ularga qarata oʻq uzilgan. Bitta oʻq Tatlisesning bosh suyagining orqa qismidan kirib, old tomondan chiqib ketgan. Chakiji esa boʻynidan yaralangan, ammo ikkovi ham omon qoldi. Jinoyatchilar Kalashnikov avtomatlarini koʻtarib, qora rangdagi mashinada qochib ketishgan. Tatlises va Chakiji zudlik bilan tez tibbiy yordam mashinasida Istanbuldagi Acıbadem kasalxonasiga olib ketilgan.[13] Bosh suyagidahi oʻq parchasini olib tashlash uchun toʻrt soatlik operatsiya oʻtkaziladi, operatsiyadan soʻng uning ahvoli barqarorlashdi. Besh kundan keyin u hushiga keladi. [3] Bir hafta oʻtgach, shifokorlar uning tuzalib ketganini eʼlon qilishdi. Oʻsha vaqtdagi Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdoʻgʻan ham uni sogʻayib borayotganini ham maʼlum qildi. Turkiya politsiyasi hujumga aloqador 20 ga yaqin kishini hibsga oldi. [3] 7-aprel kuni Tatlises politsiya hamrohligida Acıbadem kasalxonasini tark etdi va Otaturk xalqaro aeroportiga joʻnadi va u yerda Murnau travma klinikasida intensiv reabilitatsiya olish uchun Germaniyaga Sogʻliqni saqlash vazirligining Hawker 900XP havo tez yordam samolyotiga oʻtirdi va Germaniyaga joʻnab ketdi.

Biznes tahrir

Tatlıses Iroqdagi biznes sherigi Ali Sariildiz bilan restoran va turizm biznesida, shuningdek, qurilish loyihalarida ishtirok etgan.[14]

Kurd muammosi tahrir

1980-yillarda Turkiya hukumati Turkiyada kurd tilidan foydalanishni taqiqlagan edi. 1986-yil dekabr oyida Shvetsiyadagi kontsertida u kurd tilida xalq qoʻshiqlarini kuylagan va shu sababli separatistik targʻibot uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ammo 1987-yilda aybsiz deb topilgan.[15] 1988-yili Ushakdagi madaniy festivalda tadbirkor Mehmet Yilmaz undan kurd xalq qoʻshigʻini kuylab berishini soʻragan. Tatllises esa „Men kurdman, lekin qonunlar kurd tilida kuylashimni taqiqlaydi“, deb rad javobini bergan.[16] Bu uchun unga 1988-yil 19-sentabrda ayblov eʼlon qilindi.[15]

1994-yilda turk kontr-partizan tashkilotlari kurd ishbilarmonlarini, jumladan Tatlises, Idris Ozbir, Xalis Toprak va Nejdet Ulujanni nishonga olgani haqida xabarlar tarqaldi.[17]

Turkiya hukumati 1998-yildagi qurolli mojaro paytida Tetlisesga hukumat va Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) oʻrtasida vositachi boʻlishni taklif qilgan.

Diskografiya tahrir

  • 1970: Kara Kız/Beni Yakma Gel Güzelim
  • 1974: Sevdim de Sevilmedim
  • 1976: Ashab Gecesi
  • 1976: Urfa Emektaroğlu Bant Stüdyosu
  • 1975: Ayağında Kundura
  • 1977: Can Hatice
  • 1977: Huzurum Kalmadı
  • 1978: Doldur Kardeş İçelim
  • 1979: Toprağın Oğlu Sabuha
  • 1980: Bir Mumdur
  • 1980: Ceylan
  • 1981: Gelme İstemem
  • 1981: Gülmemiz Gerek
  • 1982: Yaşamak Bu Değil
  • 1983: Yalan
  • 1984: Benim Hayatım
  • 1985: Mavi Mavi
  • 1986: Gülüm Benim/Gülümse Biraz
  • 1987: Allah Allah/Hülya
  • 1988: Kara Zindan
  • 1988: Fosforlu Cevriyem
  • 1989: İnsanlar
  • 1990: Söylim mi?
  • 1991: Vur Gitsin Beni/Yemin Ettim
  • 1992: Ah Keşkem
  • 1993: Mega Aşk
  • 1994: Haydi Söyle
  • 1995: Klasikleri
  • 1996: Bende İsterem
  • 1996: Türkü Dinle,Söyle,Oyna
  • 1998: At Gitsin
  • 1999: Selam Olsun
  • 2001: Yetmez Mi?
  • 2003: Tek Tek
  • 2004: Aramam
  • 2005: Sizler İçin
  • 2006: İmparator Siler de Geçer
  • 2007: Bulamadım
  • 2008: Neden?
  • 2009: Yağmurla Gelen Kadın
  • 2011: Hani Gelecektin
  • 2014: Tatlıses Klasiği
  • 2018: Yaylalar
  • 2021: Gelmesin

Filmografiya tahrir

Aktyor tahrir

  • 1978: Sabuha
  • 1978: Ayağında Kundura
  • 1978: Toprağın Oğlu
  • 1979: Kara Yazma
  • 1979: Kara Çadırın Kızı
  • 1979: Fadile
  • 1980: Çile
  • 1980: Ayrılık Kolay Değil
  • 1981: Seni Yakacaklar
  • 1981: Yaşamak Bu Değil
  • 1981: Tövbe
  • 1982: Yalan
  • 1982: Alişan
  • 1982: Nasıl İsyan Etmem
  • 1983: Yorgun
  • 1983: Günah
  • 1983: Futboliye
  • 1984: Sevdalandım
  • 1984: Ayşem
  • 1985: Mavi Mavi
  • 1985: Sevmek
  • 1985: Yalnızım
  • 1986: Gülümse Biraz
  • 1986: Yıkılmışım Ben
  • 1986: Sarhoş
  • 1987: Gülüm Benim
  • 1987: Allah Allah
  • 1987: Dertli Dertli
  • 1988: Hülya
  • 1988: Aşıksın
  • 1988: Bir Kulum İşte
  • 1988: Kara Zindan
  • 1988: Ben İnsan Değil Miyim
  • 1989: Ceylan
  • 1989: Fosforlu
  • 1992: Aşık Oldum
  • 1993: Tetikçi Kemal
  • 1997: Fırat (mini TV Serial)
  • 2003: Hayat Bilgisi (TV Serial)
  • 2009: Hicran Yarası

Rejissor tahrir

  • 1982: Yalan
  • 1983: Yorgun
  • 1983: Günah
  • 1984: Ayşem
  • 1986: Sarhoş
  • 1986: Gülümse Biraz
  • 1986: Gülüm Benim
  • 1987: Dertli Dertli
  • 1988: Hülya
  • 1988: Aşıksın
  • 1997: Fırat (mini TV Serial)
  • 2003: Hayat Bilgisi Konuk Oyuncu (TV mini serial)
  • 2009: Hicran Yarasi 5 Bolum Konuk Oyuncu

Yozuvchi tahrir

  • 1983: Günah
  • 1998: At Gitsin
  • 1999: Selam Olsun
  • 2001: Yetmez Mi?

Produser tahrir

  • 1982: Yalan

Manbalar tahrir

  1. https://www.dailysabah.com/portrait/2015/10/03/ibrahim-tatlises-emperor}}[sayt ishlamaydi]
  2. Rough Guides 1999.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Matthews 2011.
  4. Yasemin Çelik. Contemporary Turkish Foreign Police. Greenwood Publishing Group, 1999 — 70– bet. ISBN 978-0-275-96590-7. 
  5. 5,0 5,1 SMN 1997.
  6. http://www.hurriyet.com.tr/magazin/magazinhatti/18844031.asp%7Ctitle=İbrahim[sayt ishlamaydi]
  7. http://magazin.milliyet.com.tr/ibo-dan-surpriz-nikah/magazin/magazindetay/27.09.2011/1443829/default.htm?ver=33}}[sayt ishlamaydi]
  8. http://www.gazetevatan.com/tatlises-in-buyuk-aski-609490-magazin/}}
  9. http://www.hurriyet.com.tr/kelebek/televizyon/ibrahim-tatlises-ile-eski-esi-aysegul-yildiz-baristi-mi-aysegul-yildiz-kimdir-41013471}}[sayt ishlamaydi]
  10. https://www.hurriyet.com.tr/kelebek/keyif/dilan-citak-ve-hayat-hik-yesi-27107130}}[sayt ishlamaydi]
  11. https://www.sabah.com.tr/galeri/magazin/ibrahim-tatlises-43-yas-kucuk-sevgilisi-gulcin-karakaya-ile-resmi-nikah-kiydi-mi-ibrahim-tatlises-geri-adim-atti}}[sayt ishlamaydi]
  12. http://www.ntvmsnbc.com/id/25192018/
  13. =http://www.internethaber.com/iste-ibrahim-tatlisesin-son-durumu-334455h.htm
  14. Comert, Yesim. „Turkish singer in critical condition after shooting“. CNN (14-mart 2011-yil).
  15. 15,0 15,1 Lois Whitman. Paying the Price: Freedom of Expression in Turkey. Human Rights Watch, 1989 — 102– bet. ISBN 978-0-929692-15-9. 
  16. https://books.google.com/books?id=Zc0MAQAAMAAJ%7Cyear=1989%7Cpublisher=Cultural[sayt ishlamaydi]
  17. Daily Report. West Europe. The Service, 1994 — 57 bet. 

Havolalar tahrir