İsmail Hakkı Dümbüllü 1897-yil Istanbul shahrida tugʻilgan. Turk komediya (hajviy) aktyori. U anʼanaviy turk teatridagi orta oyunu (oʻrta tomosha) anʼanasining soʻnggi vakili[1]. Turk kinosining mashhur komediya aktyori.

İsmail Hakkı Dümbüllü
Tavalludi
İsmail Hakkı

1897-yil
Vafoti 1973-yil 5-noyabr
Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya va Usmonli imperiyasi
Kasbi Aktyor

Biografiyasi

tahrir

İsmail Dümbüllü 1897-yilda Istanbulning Uskudar Süleymanağa mahallasida tugʻilgan. U Abdülhamid Ining yonidagi qo'riqchilaridan Zaynel Obidin afandi va Fatma Azize xonimning oʻgʻli[2] . Dümbüllü İsmail 1917-1926-yillarda turk teatrida komediya ustasi boʻlgan Hasan Efendi bilan birga ishlagan. Hasan Efendidan „tulûat“ (anʼanaviy improvizatsion teatr) sanʼatini oʻrgangan. Dümbüllü İsmaildan keyin ustoz-shogird o'rtasida tulûat ijro etgan boshqa aktyor yoki shogirdi boʻlmadi[3]. 1928-yilda İsmail Hakkı Dümbüllü Tevfik İnce bilan Istanbulda oʻz guruhlarini tuzishib va 1922-yilda Anadolu boʻylab ilk gastrol safarini boshladilar[2]. İsmail Dümbüllü 1947-yilda filmlarda rol oʻynashni boshlagan[4]. „Xalq komediyachisi“ sifatida kino olamida yulduzga aylandi. Oʻzi oʻynagan filmlardagi asosan Xoʻja Nasriddin obrazi bilan gavdalangan. Bir qator komediyalarda bosh rol ijro etgan: „Dümbüllü Macera Peşinde“ (Dumbüllü sarguzasht izlashda, Şadan Kamil, 1948), „Dümbüllü Sporcu“ (Dumbüllü sportchi, Seyf Havaeri, 1952) va Dümbüllü Tarzan (Dümbüllü Tarzan, Muharrem Gürses, 1954)[5][6]. Film suratga olishni boshlashdan oldin TRT Istanbul radiosida orta oyunu va tulûat ijro etgan. Uning orta oyununi spektakllarini radio va kinoga koʻchirish borasidagi saʼy-harakatlari anʼanaviy turk teatri sanʼatini koʻproq odamlarga tanitish va orta oyunu anʼanasining davom etishini taʼminlashda oʻz samarasini berdi.

Yana qarang

tahrir


Manbalar

tahrir
  1. https://www.acarindex.com/pdfs/738717
  2. 2,0 2,1 Uştuk, Hilal. „Orta oyunu ve tuluatın ustası: İsmail Dümbüllü“. Anatolian Agency (2022-yil 4-noyabr).
  3. „Dümbüllü İsmail Efendi“. Biyografya.com.
  4. Karavar, Hilal (2022). "Folk Theater “Tuluat” Under the Influence of Westernization". Milli Folklor. 34 (134): 119-130. https://www.acarindex.com/pdfs/738717. 
  5. Özge Güven, Akdoğan (2016). "Comedy and Women:The Problem of Gender in Hokkabaz". sinecine: Journal of Film Studies 7 (2): 171-197. doi:10.32001/sinecine.537797. https://dergipark.org.tr/tr/download/article-file/667034. 
  6. Örsler M. Mert; Kennedy-Karpat, Colleen „Cem Yılmaz and Genre Parody in Turkish National Cinema“. Journal of Popular Film and Television (2020-yil 16-mart). DOI:10.1080/01956051.2019.1657060.