İsmail Köybaşı (1989-yil 10-iyulda tugʻilgan)[1] — turkiyalik professional futbolchi, Turkiya Superligasining „Trabzonspor“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

İsmail Köybaşı
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi İsmail Köybaşı
Tavallud sanasi 10-iyul 1989-yil (1989-07-10) (34 yosh)
Tavallud joyi İskenderun, Hatay, Turkiya
Boʻyi 1.79 m (5 ft 10 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Trabzonspor
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2006 İskenderunspor
2006 İskenderun Kartalspor
2006—2008 Gaziantepspor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Gaziantepspor 25 (0)
2009—2016 Beşiktaş 111 (2)
2016—2019 Fenerbahçe 37 (2)
2019—2020 Granada 4 (0)
2020—2021 Çaykur Rizespor 20 (3)
2021- Trabzonspor 9 (0)
Milliy terma jamoa
2008 Turkiya U19 1 (0)
2008 Turkiya U20 2 (0)
2009—2010 Turkiya U21 6 (0)
2009- Turkiya 23 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(8-yanvar 2022-yil uchun)

Ilk faoliyat yillari tahrir

Iskenderunlik oilada tugʻilgan Köybaşı mahalliy „Iskenderunspor“ klubida futbol oʻynashni boshlagan. Köybaşı hujumkor yarim himoyachi sifatida faoliyatini boshlagan, biroq hamkasblari tavsiyalaridan soʻng chap qanot himoya chizigʻini egallagan[2]. U 2006-yilda „Gaziantepspor“ga qoʻshilishdan oldin boshqa mahalliy klub — „Iskenderun Kartalspor“da qisqa vaqt oʻynagan.

Gaziantepspor tahrir

Köybaşı professional faoliyatini Gaziantepspor yoshlar divizionida boshlagan. 2008-yil 6-mayda u oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan. U 2008-09-yilgi mavsumda 24 ta oʻyindan 21 tasini asosiy tarkibda maydonga tushib boshlagan. Mavsum oxirida u bilan Turkiyaning toʻrtta katta klubi bilan bogʻlangan[3] va yakunda Köybaşı Beshiktoshni tanlagan.

Beshiktosh tahrir

Köybaşı 2009-yilning iyun oyida 6,5 million yevro evaziga „Beshiktosh“ safiga kelib qoʻshilgan[4][5]. U jamoa bilan mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvlarida oʻynay boshlagan va 2009-yilning 2-avgustida Fenerbahchega qarshi Superkubok bahsida debyut qilgan[6][7]. 2009-yilning noyabrida u Chempionlar ligasi doirasida "Manchester United" ga qarshi „Old Trafford“da 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Rodrigo Telloning goliga assistentlik qilgan[8]. Bu ingliz klubining 2005-yilning fevralidan beri 23 ta oʻyindan keyin birinchi marta oʻz maydonida Chempionlar ligasi guruh bosqichida magʻlubiyatga uchrashi boʻlgan.  U birinchi ligadagi golini 2009-yilning dekabr oyida Ankaragücü darvozasiga kiritgan[9].

2011-yil sentabrida u „Bursaspor“ga qarshi oʻyinda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan, biri 87-daqiqada Tomash Sivok boshi bilan zarba berib golga aylantirilganda jarima zarbasidan amalga oshirgan boʻlsa, ikkinchisi Filip Hološkoga uzatma bergan, u ham 90-daqiqada boshi bilan gol urgan va safarda 2-1 hisobidagi gʻalabani taʼminlagan.

Fenerbahche tahrir

2016-yilning 14-iyulida u klub bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[10].

Granada tahrir

2019-yil 29-avgust kuni erkin agent sifatida Köybaşı La Liganing yangi jamoasi Granada CF bilan bir yillik shartnoma imzolagan[11].

Xalqaro faoliyat tahrir

Köybaşı Turkiya terma jamoasida U-21 oʻyinida maydonga tushgan va u toifada beshta oʻyin oʻtkazgan. Köybaşı Fotih Terim tomonidan 2009-yilning 12-avgustida Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun kattalar terma jamoasiga chaqirilgan[12][13]. U 86-daqiqada Arda Turanning oʻrniga maydonga tushib, ilk oʻyinida gʻalaba qozongan[14][15].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Gaziantepspor 2007-08 1 0 0 0 0 0 1 0
2008-09 24 0 3 0 0 0 27 0
Jami 25 0 3 0 0 0 28 0
Beshiktosh 2009-10 15 1 4 0 3 0 22 1
2010-11 19 1 10 0 8 0 37 1
2011-12 31 0 1 0 10 0 42 0
2012-13
2013-14 7 0 1 0 0 0 8 0
2014-15 12 0 6 0 7 0 25 0
2015-16 27 0 2 0 6 0 35 0
Jami 111 2 24 0 34 0 169 2
Karyerada jami 136 2 27 0 34 0 197 2

Yutuqlar tahrir

Beshiktosh
  • Superliga : 2015-16
  • Turkiya kubogi : 2010-11
Trabzonspor

Manbalar tahrir

  1. Gravela, Lorenzo. SOCCER WORLD 2011/12 (inglizcha). Lulu.com, 2012. ISBN 978-1-4710-0438-4. 
  2. „10 numara sol bek: İsmail Köybaşı“ (turkcha). tff.org.tr (5-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 7-fevral 2009-yil.
  3. „İsmail Köybaşı paylaşılamıyor!“ (turkcha). milliyet.com.tr (21-may 2009-yil). Qaraldi: 2-iyul 2009-yil.
  4. „Beşiktaş İsmail Köybaşı'nı transfer etti“ (turkcha). goal.com.tr (24-iyun 2009-yil). Qaraldi: 2-iyul 2009-yil.
  5. „Beşiktaş İsmail Köybaşı'yla Anlaştı.“ (turkcha). spor.haberler.com (16-avgust 2008-yil). 2009-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2008-yil.
  6. „Beşiktaş:0 – Fenerbahçe:2“ (turkcha). bjk.com.tr (8-fevral 2009-yil). 5-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2009-yil.
  7. „Süper Kupa'nın sahibi Fenerbahçe oldu!“ (turkcha). miliyet.com.tr (9-fevral 2009-yil). Qaraldi: 10-avgust 2009-yil.
  8. „Man Utd 0–1 Besiktas“. BBC Sport (25-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 25-noyabr 2009-yil.
  9. „10 numara sol bek: İsmail Köybaşı“ (turkcha). tff.org.tr (5-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 7-fevral 2009-yil.„10 numara sol bek: İsmail Köybaşı“ (in Turkish). tff.org.tr. 5 January 2009. Retrieved 7 February 2009.
  10. Köybaşı signed contract
  11. „Comunicado | El Granada CF incorpora al lateral Köybasi“ (ispancha). Granada CF (29-avgust 2019-yil). Qaraldi: 31-avgust 2019-yil.
  12. „İsmail Köybaşı İlk Kez A Milli Takım'da“ (turkcha). bjk.com.tr. 25-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2009-yil.
  13. „Millî Takım'da Önder ve İsmail sürprizi“ (turkcha). zaman.com.tr. 28-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2009-yil.
  14. Squad announced for Ukraine friendly. Turkish Football Federation.
  15. „Ukraine 0–3 Turkey“. Turkish Football Federation. Qaraldi: 12-avgust 2009-yil.