Ōkuva
Ōkuva (yaponcha: 大桑村 Ōkuva-mura ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1558 ta xonadonda 3693 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 16 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 234,47 kvadrat kilometr (90,53 mi²) ga teng.
Ōkuva 大桑村 | |
---|---|
Qishloq | |
35°41′20.8″N 137°40′18.3″E / 35.689111°N 137.671750°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 234.47 km2 (90.53 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
3 693 |
Zichligi | 16 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0264-55-3080 |
|
Geografiyasi
tahrirŌkuva janubi-gʻarbiy Nagano prefekturasining Kiso togʻlari orasida joylashgan boʻlib, gʻarbda Atera togʻlari bilan chegaradosh. Qishloq boʻylab Kiso daryosi oqib oʻtadi. Utsugi togʻi (2864 metr) va Minamikoma togʻi (2841 metr) qishloq chegarasida qad rostlagan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
tahrir- Nagano prefekturasi
- Gifu prefekturasi
Iqlimi
tahrirShahar iqlimi issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Ōkuvada oʻrtacha yillik harorat 12,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1680 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,1 °C, eng past harorati esa yanvarda, 0,4 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Ōkuva aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 6,274 | — |
1950 | 7,362 | +17.3% |
1960 | 7,994 | +8.6% |
1970 | 6,338 | −20.7% |
1980 | 5,637 | −11.1% |
1990 | 5,16 | −8.5% |
2000 | 4,77 | −7.6% |
2010 | 4,146 | −13.1% |
2020 | 3,439 | −17.1% |
Tarixi
tahrirHozirgi Ōkuva hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Hudud Edo davrida Edoni Kioto bilan bogʻlaydigan Nakasendo shossesida Suhara-juku va Nojiri-shuku nomli ikkita post stansiyasi paydo boʻlgan. Hozirgi Ōkuva qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish orqali tashkil etilgan.
Taʼlim tizimi
tahrirŌkuvada bitta davlat boshlangʻich maktabi hamdaa shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.
Transporti
tahrirTemir yoʻl
tahrir- JR Tokai — Chuo magistral liniyasi
- Suhara — Ōkuva — Nojiri
Magistral yoʻl
tahrir- Milliy yoʻnalish 19
Xalqaro munosabatlar
tahrir- — Shelbyville, Illinois, AQSH
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Okuwa Village official statistics (Wayback Machine saytida 2011-07-19 sanasida arxivlangan)(yaponcha)
- ↑ Ōkuwa climate data
- ↑ Ōkuwa population statistics
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2011-07-19 sanasida arxivlangan) (yaponcha)