Štětí – (nemischa: Wegstädtl ) Chexiyaning Ústí nad Labem mintaqasida joylashgan shaharcha. 8600 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. U Elba daryosi yon bagʻrida joylashgan. Bu mamlakatdagi eng yirik qogʻoz fabrikasi bilan mashhur sanoat shaharchasi.

Štětí
Shaharcha
Skyline of Štětí
Štětí
Bayroq
Štětí
Gerb
50°27′10″N 14°22′26″E / 50.45278°N 14.37389°E / 50.45278; 14.37389
Mamlakat Chexiya
Viloyat Ústí nad Labem
Tuman Litoměřice
Hukumat
 • Mayor Tomáš Ryšánek
Asos solingan 1312
Maydon 53.90 km2 (20.81 kv mi)
Markazi balandligi 155 m
Aholisi
 (2024-01-01)
8 609
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 411 08, 411 73
Štětí xaritada
Štětí
Štětí

Mamuriy qismlari

tahrir

Brocno, Čakovice, Chcebuz, Xněvice, Počeplice, Raduň, Stračí, Újezd va Veseli qishloqlari Štětíning maʼmuriy qismi hisoblanadi.

Joylashuvi

tahrir

Štětí – Litoměřicedan taxminan 19 kilometr (12 mi) janubiy-sharqida va Pragadan 38 km (24 mi) shimolda. Quyi Ohre past tekisligi va Ralsko togʻlari yon bagʻrida joylashgan. Eng baland joyi dengiz sathidan – 348 m (1,142 ft) balandlikdagi Ujezdsky Shpičák togʻi. Shaharcha Elba daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shaharcha hududining sharqiy qismi Kokorinsko-Machův qoʻriqxonasi hududida joylashgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
18694 855—    
18805 137+5.8%
18905 056−1.6%
19004 902−3.0%
19104 796−2.2%
19214 969+3.6%
19304 982+0.3%
19503 628−27.2%
19615 724+57.8%
19707 016+22.6%
19809 054+29.0%
19918 571−5.3%
20019 197+7.3%
20118 852−3.8%
20218 320−6.0%

Iqtisodiyoti

tahrir
 
Qogʻoz fabrikasi

Štětí – sanoat markazi sifatida tanilgan. Shaharchada Chexiya Respublikasining eng yirik qogʻoz fabrikasi joylashgan[1].

Transporti

tahrir

Shaharcha hududida Ústí nad Labemdan Kolinga va Ústí nad Labemga boradigan temir yoʻl liniyalari joylashgan[2].

Diqqatga sazovor joylari

tahrir
 
Avliyolar Simun va Yahudo cherkovi

Eng mashhur diqqatga sazovor joyi – Avliyolar Simun va Yahudo cherkovi. Dastlab u 14-asrda qurilgan, lekin 1784-yilda suv toshqini tufayli vayron boʻlgan va 1785-yilda qayta tiklangan[3].

Avliyo Butrus va Pavlus cherkovi Chcebuzning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. U 1781—1784-yillarda barokko uslubida qurilgan[4].

Mashhur odamlari

tahrir
  • Frants Reyxelt (1878-1912) avstriyalik tikuvchi va ixtirochi

Manbalar

tahrir
  1. „Koncern Mondi investuje devět miliard do modernizace Papíren Štětí“ (cs). iDNES (2017-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 17-avgust.
  2. „Detail stanice Štětí“ (cs). České dráhy. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
  3. „Historie města Štětí“ (cs). Město Štětí. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
  4. „Kostel sv. Petra a Pavla“ (cs). National Heritage Institute. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.

Havolalar

tahrir