Bavariya — GFR yeri. Dunay havzasida. Maydoni 70,6 ming km2. Aholisi 12,584 mln. kishi (2011). Maʼmuriy markazi — Myunxen shahri. Bavariya mamlakatning eng baland togʻli qismida. Myunxenda iyulning oʻrtacha harorati 17 °C, yiliga 935 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Dunay havzasiga mansub, koʻl koʻp. Hududining 1/3 qismi oʻrmon bilan band; togʻ yaylovlari bor.

Bavariya
Freistaat Bayern

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Yer
Maʼmuriy markazi Myunxen shahri
Yirik shaharlari Myunxen
Asos solingan sanasi 1939-yil
Rasmiy tillar olmon
Aholi 12,584 mln. (2011-09-30) (11-oʻrin)
Zichligi 177,5 kishi./km²
Millatlar tarkibi olmonlar
Dinlar tarkibi xristianlar
Maydoni 70 549 km²
Rasmiy sayti http://www.bayern.de www.bayern.de
Xaritada
Bavariya xaritada
Koordinatalari: 49°4′43″N 11°23′8″E / 49.07861°N 11.38556°E / 49.07861; 11.38556 G O

Tarixi tahrir

Bavariya hududida olmonarning bavar qabilasi yashagan. 1070—1180-yillar Bavariyada velf qabilasi hukmronlik qilgan. 1180—1918-yillar Vittelsbaxlar sulolasi idora qilgan. 1806-yildan qirollik va Reyn ittifoqi aʼzosi. 1871-yildan Olmoniya imperiyasi tarkibida. 1945-yildan Amerika okkupatsiya zonasi, 1949-yildan esa GFR tarkibiy qismi.

Iqtisodi tahrir

Bavariya — industrial-agrar rayon. Elektr energiyasining yarmini GESlar beradi. Urushdan keyingi yillarda neftni qayta ishlash (Ingolshtadt, Nyoyshtadt) va neft kimyosi sanoati bunyod etilgan (neft Marsel, Genuya, Triyest portlaridan quvurlar orqali keltiriladi). Bavariya GFR alyuminiy mahsulotining 1/3 qismini beradi (Tyoging). Sanoatning yetakchi tarmogʻi mashinasozlik: elektrotexnika, (Myunxen, Nyurnberg , Erlangen), umumiy mashinasozlik (Augsburg , Ashaffenburg), transport mashinasozligi, jumladan avtomobilsozlik (Myunxen, Augsburg , Ingolshtadt) va samolyotsozlik (Augsburg), aniq mexanika (Nyurnberg). Toʻqimachilik (Xof, Augsburg) va tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati ham muhim oʻrin tutadi.

Transporti tahrir

Temir yoʻllari asosan elektrlashtirilgan. Avtomobil yoʻli koʻp, Dunay, Mayn daryolarida kema qatnaydi. Bavariyada Bavariya Fanlar akademiyasi (1759-yil tashkil etilgan) va 3 ta universitet bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil