Й — oʻzbek kirill alifbosining oʻn birinchi harfi. Jarangli, til oʻrta, sirgʻaluvchi undosh tovush. Soʻz boshi (йўл, йиғ), oʻrtasi (кейин, кийим) va oxiri (тўй, сарой)da kela oladi. Ayrim soʻzlarda, t, d tovushi oʻrnida keladi (кетин—кейин), baʼzilarida z ga moslashadi (йой-ёз; сўёламоқ—сўзламоқ). Qipchoq shevasida soʻz boshida bu tovush oʻrnida j qoʻllanadi (йўл—жўл, йўқ—жўқ). Bu xususiyat qad. talaffuz qonuniyatlari bilan bogʻliq boʻlib, Mahmud Qoshgʻariy davri tilida ham kuzatiladi. Oʻrxun-Yenisey, turkiy yozuvlarida, shuningdek, arab, lotin grafikasidagi alifbolarda oʻziga xos koʻrinishga ega. Soʻgʻd yozuvida uchramaydi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil