Сhuchuk oyim sangin madrasasi

Buxoro viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik


Chuchuk oyim sangin madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Chuchuk oyim sangin madrasasi 1792—1793-yillarda Naqib guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Shohmurod davrida Chuchuk oyim binti Muhammad Shukur toʻqsabo tomonidan bunyod etilgan. Madrasaning yillik vaqf mablagʻi 25 ming tangani tashkil etgan boʻlib, 2 qavatdan iborat boʻlgan. Olga Suxareva maʼlumotlariga koʻra Chuqur guzarida Hakim oyim madrasasi joylashgan va Parfyonov-Fenin xaritasida u Chuchuk oyim madrasasi deb koʻrsatilgan va bu guzarda Boqixon naqib madrasasi ham mavjud boʻlgan. Ushbu guzar XVIII asrgacha Chorbogʻi Boqixon nomi bilan atab kelingan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasaga oid ikkita vaqf hujjati saqlanib qolgan. Birinchi vaqf hujjatlariga koʻra madrasa Eshon hoji mozori yaqinida joylashgan. Madrasaning gaʼrbi va sharqida koʻcha, shimolida hovlilar, janubida hazrat Eshon qabriga boradigan yoʻl mavjud boʻlgan. Chuchuk oyim sangin madrasasining masjidi va oliy toqlari ham boʻlgan. Ikkinchi vaqf hujjatida madrasa Chuchuk oyim binti Qulmuhammad dodhoh tomonidan vaqf qilingan. Madrasada sovet davrigacha oʻqish davom etgan. Bundan tashqari madrasada faoliyat olib borgan mudarris va talabalar toʻgʻrisida maʼlumotlar ham mavjud[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 13 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Chuchuk oyim sangin madrasasi 13 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Madrasa
Chuchuk oyim sangin madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Chuchuk oyim binti Muhammad Shukur toʻqsabo
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Chuchuk oyim binti Muhammad Shukur toʻqsabo
Asosiy sana:
1792—1793-yillar
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 13 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht



Manbalar

tahrir
  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. 
  3. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.