„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi“ yubiley medali

"1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi" yubiley medali Rossiya Federatsiyasining davlat esdalik medali. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2019-yil 13-iyundagi 277-sonli farmoni bilan 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 75 yilliga bagʻishlab taʼsis etilgan[1].

„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi“ yubiley medal
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR  MDH
Turi yubley medal
Kimga topshiriladi medal toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va boshqa shaxslar
Holati qoʻllanilmaydi
Statistika
Koʻrsatkichlari

diametri-32mm

lenta kengligi-24mm
Taʼsis sanasi 2019-yil 13-iyun
Birinchi taqdirlash 2020-yil 18-yanvar
Navbat
Toʻngʻich mukofot "1941-1945- yillardagi Ulug' Vatan urushidagi g'alabaning 70 yilligi" yubiley medali
Kenja mukofot „Rossiya dengiz flotiga 300 yil“ yubiley medali

Medal toʻgʻrisidagi nizom

tahrir

„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi“ yubiley medali koʻkrakning chap tomoniga taqilgan va "1941-1945- yillardagi Ulug' Vatan urushidagi g'alabaning 70 yilligi" yubiley medalidan keyin joylashgan.

Medalning tavsifi

tahrir

„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi“ yubiley medali diametri 32 mm doira shakilda boʻlgan kumush rangli metalldan yasalgan. Medalning old tomonida yarim oʻgirilib turgan 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushi davridagi dala kiyimida, oʻng qoʻlida Shpagin avtomati (PPSh) tutgan gʻolib jangchi qiyofasi tasvirlangan, chap qoʻli bilan Reyxstag „Gʻalaba!“ soʻzini yozadi. „Gʻalaba!“ soʻzining ostiga „1945“ va „2020“ raqamlari joylashgan. Medalning orqa tomonida oʻrtada: "1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaga 75 yil " degan yozuv bor. Quyidagi yozuv ikkita dafna shoxlari bilan oʻralgan boʻlib ular orasida besh qirrali yulduz tasviri mavjud. Medalning chekkalari rom bilan chegaralangan. Medaldagi barcha tasvirlar, yozuvlar va raqamlar naqshinkor qilingan. Medal koʻz va halqa yordamida chetlari boʻylab ikki boʻylama koʻk chiziqli kulrang ipak muare tasmasi bilan qoplangan beshburchak blokga tutashgan. Lenta kengligi — 24 mm. Lentaning oʻrtasida qora va toʻq sariq rangli beshta muqobil chiziqlar mavjud. Barcha chiziqlar kengligi 1,0 mm. Medal lentasi „Jasorat uchun“ medali va „Shon-sharaf“ ordeni lentalari ranglarini birlashtiradi.

Mukofotlar

tahrir
 
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Sovet Ittifoqi marshali Dmitriy Yazovni mukofotladi.2020-yil 4-fevral.

Birinchi mukofotni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2020-yil 18-yanvar kuni Sankt-Peterburgda Ulugʻ Vatan urushi faxriylari bilan uchrashuvda topshirgan edi. Toʻrt kishi taqdirlandi[2]. Yanvar oyining oxirida Rossiya Federatsiyasining taʼsis sub’ektlari rahbarlari tomonidan viloyatlarda faxriylarni birinchi marta taqdirlash boʻlib oʻtdi va barcha munitsipalitetlarda, shaharlarda va qishloqlarda mukofotlar topshirila boshlandi[3][4][5][6]. 2020-yil fevral oyi boshida Rossiya Federatsiyasi elchixonalari tomonidan xorijda yashayotgan Ulugʻ Vatan urushi faxriylariga mukofotlar topshirila boshlandi. 2020-yil 4-fevral kuni Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu Sovet Ittifoqi marshali Dmitriy Yazovga medalni topshirdi. 2020-yil 5-may kuni KXDR tashqi ishlar vaziriga medal topshirildi u Rossiya prezidenti farmoniga koʻra KXDR rahbari Kim Chen Inga topshirildi[7]. Shu bilan birga, medal toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra Kim Chen In unga topshirilishi mumkin boʻlgan odamlarning hech bir toifasiga kirmaydi[1].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir