„Belgradni ozod qilganlik uchun“ medali

"Belgradni ozod qilganlik uchun" medaliSSSR Qurolli Kuchlari Prezidiumining 1945–yil 9–iyundagi farmoni asosida ta'sis etilgan medal. Medalning dizayni rassom A. I. Kuznetsov tomonidan yaratilgan[1].

„Belgradni ozod qilganlik uchun“ medali
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Turi medal
Holati qoʻllanilmaydi
Statistika
Koʻrsatkichlari

diametri-32mm

lenta kengligi-24mm
Taʼsis sanasi 1945-yil 9-iyun
Mukofotlash soni taxminan 70 000 atrofida
Navbat
Toʻngʻich mukofot „Berlinni egallab olgani uchun“ medali
Kenja mukofot „Varshavani ozod qilgani uchun“ medali
„Belgrad ozodligi uchun“ medalining orqa tomoni

Medal to'g'risidagi nizom

tahrir

"Belgradni ozod qilganlik uchun" medali Qizil Armiya , Harbiy-dengiz floti va NKVD qo'shinlarining harbiy xizmatchilariga 1944-yil 29-sentabrdan 22-oktabrgacha boʻlgan davrda Belgradni qahramonlarcha hujum qilishda ishtrok etganlar va ozod qilishning  bevosita ishtirokchilariga shuningdek shaharni ozod qilish paytidagi harbiy harakatlar tashkilotchilarga va rahbarlariga beriladi[1]. Medal bilan taqdirlash SSSR Oliy Kengashi nomidan Belgradni ozod qilishda haqiqiy ishtirok etganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida topshirildi. Xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar medalni qism komandiri tomonidan, harbiy xizmatni oʻtagan nafaqaxoʻrlar viloyat, shahar yoki tuman harbiy komissari tomonidan olishadi[1]. "Belgradni ozod qilganlik uchun" medali ko'krakning chap tomoniga taqilgan va SSSRning boshqa medallari boʻlgan taqdirda "Berlinni egallab olganligi uchun" medalidan keyin joylashgan. "Belgrad ozodligi uchun" medali 70 mingga yaqin kishiga topshirilgan[2].

Medalning tavsifi

tahrir

"Belgrad ozodligi uchun" medali tompakdan (guruchdan) yasalgan va diametri 32 mm boʻlgan muntazam doira shakliga ega. Medalning old tomonida aylana bo'ylab "OZODLIK UCHUN" yozuvi, markazda "BELGRAD" yozuvi, uning yuqori qismida besh qirrali yulduzcha, aylana bo'ylab dafna gulchambari tasvirlangan. Medalning old tomoni o'zgacha hoshiya bilan chegaralangan. Medalning orqa tomonida Belgradning ozod qilingan kun sanasi "1944-yil 20-oktabr" sanasi yozilgan,tepasida besh qirrali yulduzcha tasiri joylashgan. Medaldagi barcha yozuvlar va tasvirlar qavariq qilib ishlangan[1]. Medal ko'z va halqa yordamida kengligi 24 mm boʻlgan yashil ipak muare lentasi bilan qoplangan beshburchak blokga bog'langan. Lentaning o'rtasida 8 mm kenglikdagi qora chiziq bor[1].

Qabul qiluvchilar (qisman ro'yxati)

tahrir

Quyidagi shaxslar "Belgrad ozodligi uchun" medali bilan taqdirlanganlar.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „«SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yil 9-iyundagi farmoni»“. libussr.ru. Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.
  2. Шуняков Д. В. Награды удостоены… Статистические данные по награждению советскими орденами и медалями в годы Второй мировой войны. //Harbiy tarix jurnali. — 2021. — № 5. — С.48.