„Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali
"Varshavani ozod qilganlik uchun" medali — SSSR Qurolli Kuchlari Prezidiumining 1945-yil 9-iyundagi farmoni asosida taʼsis etilgan[1]. Medal loyihasi muallifi rassom Kuritsyna.
„Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali | |||
---|---|---|---|
| |||
Mamlakat | SSSR | ||
Turi | medal | ||
Holati | qoʻllanilmaydi | ||
Statistika | |||
Koʻrsatkichlari |
diametri-32mm lenta kengligi-24mm | ||
Taʼsis sanasi | 1945-yil 9-iyun | ||
Mukofotlash soni | taxminan | ||
Navbat | |||
Toʻngʻich mukofot | „Belgrad ozodligi uchun“ medali | ||
Kenja mukofot | „Praga ozodligi uchun“ medali | ||
Medal toʻgʻrisidagi nizom
tahrir„Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali Qizil Armiya, Harbiy-dengiz floti va NKVD qoʻshinlarining harbiy xizmatchilariga 1945-yil 14-17-yanvarda qahramonlarcha hujum oʻtgan va Varshavani ozod qilishda bevosita ishtirok etganlarga shuningdek shaharni ozod qilish paytidagi harbiy harakatlar tashkilotchilarg va rahbarlariga beriladi[2]. Medal SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi nomidan Varshavani ozod qilishda haqiqiy ishtirok etganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida, qism komandirlari va harbiy tibbiyot muassasalari rahbarlari tomonidan taqdim etiladi. Qizil Armiya va Harbiy dengiz flotining harbiy qismlarida boʻlgan shaxslar harbiy qismlarning komandirlari, armiya va flotdan isteʼfoga chiqqan shaxslar taqdirlanganlarning yashash joyidagi viloyat, shahar va tuman harbiy komissarlari yetqazib beriladi[1]. „Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali koʻkrakning chap tomoniga taqilgan va SSSRning boshqa medallari boʻlgan taqdirda „Belgradni ozod qilgani uchun“ medalidan keyin joylashgan.
Medalning tavsifi
tahrir"Varshavani ozod qilganlik uchun" medali tompakdan (guruchdan) yasalgan va diametri 32 mm boʻlgan muntazam doira shakliga ega. Old tomonda aylana boʻylab tepada „OZODLIK UCHUN“ yozuvi oʻrtada „VARSHAVA“ lentasidagi yozuv, yozuvning pastki qismida besh qirrali yulduz undan uzoqlashgan nurlar tasvirlangan. Medalning old tomoni hoshiya bilan chegaralangan. Medalning orqa tomonida Varshavaning ozod qilingan sanasi „1945-yil 17-yanvar“ yozuvi tushurilgan, tepasida besh qirrali yulduzcha tasvirlangan. Medaldagi barcha yozuvlar va tasvirlar qavariq[1]. Medal koʻz va halqa yordamida kengligi 24 mm boʻlgan koʻk rangli ipak muare lentasi bilan qoplangan beshburchak blokga bogʻlangan. Lentaning oʻrtasida 8 mm kenglikdagi qizil chiziq bor. Lentaning chetlari tor sariq chiziqlar bilan chegaralangan[1].
Qabul qiluvchilar (qisman roʻyxati)
tahrirQuyidagi shaxslar „Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali bilan taqdirlanganlar.
- Sovet Ittifoqi marshali Vasiliy Ivanovich Chuykov
- Sovet Ittifoqi marshali Konstantin Rokossovskiy
- Kapitan Iosif Zevsovich „Ios“ Teper
- Sovet Ittifoqi marshali Pavel Fyodorovich Batitskiy
- Sovet va Polsha armiyasi generali Stanislav Gilyarovich Poplavskiy
- Artilleriya marshali Vasiliy Ivanovich Kazakov
- Armiya generali Mixail Sergeevich Malinin
- Armiya generali Sagadat Kojahmetovich Nurmagambetov
- Polshalik brigada generaliMieczyslav Cygan
- AQSh armiyasi shtabi serjanti Jozef R. Beyrle
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „«SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yil 9-iyundagi farmoni»“. libussr.ru. Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.
- ↑ „"SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yil 9-iyundagi Farmonidan to'g'ridan-to'g'ri iqtibos"“. libussr.ru. Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.