„Yermak“ muzyorar kemasi yodgorligi

Yermak“ muzyorar kemasi yodgorligirus va sovet muzyorar floti afsonasi – „Yermak“ muzyorar kemasi yodgorligi. Murmansk oʻlkashunoslik muzeyining yon tomonida joylashgan.

Tarixi

tahrir

64 yil davomida flot safida xizmat qilgan va afsonaviy muzyorar „Yermak“ 1963-yilda eskirganligi sababli foydalanishdan chiqarilgan. Murmansk aholisi „Yermak“ Arktikani zabt etgani tarixining suzuvchi muzeyiga aylanishini targʻib qilishdi, ammo koʻp harakatlarga qaramay, uni saqlab qolishning iloji boʻlmadi[1].

Ikki yil oʻtgach, meʼmor Nikolay Bystryakovning koʻrsatmasi bilan leningradlik mozaikachi S. A. Nikolayev va rassom Ivan Dyachenko mozaikali panno yaratdilar, keyinchalik u mahalliy mutaxassislar tomonidan Murmansk oʻlkashunoslik muzeyi devoriga oʻrnatildi[1].

1965-yil 3-noyabrda yodgorlikning ochilishi boʻlib oʻtdi va tadbir ishtirokchilari orasida muzyorar kemasining jamoasi aʼzolari ham bor edi[2].

1997-yilgacha yodgorlik rasman davlat tomonidan muhofaza qilingan[1].

Tavsifi

tahrir

Yodgorlik bino devoridagi mozaikali polotno ansambli va uslubga keltirilgan granit poydevorda joylashgan langardir.

Uch qavatli mozaikali panno smaltadan qilingan. Unda Arktikaning muzli kengliklari tasvirlangan, ular boʻylab Yermak yoʻl ochmoqda[3].

Deyarli besh metrli zanjirli uch tonnalik langar aynan ushbu kemadan olingan va poydevorga qadalgan[3].

Yerdan taxminan bir yarim metr balandlikda, poydevorga quyidagi yozuvli bronza peshtaxtasi oʻtnatilgan:

Lenin ordenli muzyorar flotining „bobosi“ „Yermak“ muzyorar kemasiga

Murmanskda langar umuman „Yermak“ka tegishli emasligi haqida mish-mish tarqalgan. Biroq, keyingi Arktika boʻylab suzish paytida shikastlangan uning „panjalaridan“ biridagi iz va shundan keyingi yamoq[2], barcha shubhalarni yoʻq qilishga yordam beradi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Памятник ледоколу "Ермак"“. votpusk.ru. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
  2. 2,0 2,1 Макаров С. О., Кузнецов Н. А., Долгова С. В.. Ledokol „Yermak“, Mejdunarodniy polyarniy god. M.: Paulsen, 2010. ISBN 978-5-98797-014-0. 
  3. 3,0 3,1 „Памятник ледоколу "Ермак"“. murhist.ru. 2018-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.