Murmansk (ruscha: Мурманск), 1917-yilgacha Romanov-na-Murmane (ruscha: Романов-на-Мурмане) — Rossiya Federatsiyasining Murmansk viloyatidagi shahar. Ushbu viloyatning maʼmuriy markazi, "Qahramon shahar" maqomiga ega (1985). Rossiyaning shimoliy qutbga yaqin hududidagi eng yirik shaharlardan biri. Barens dengizining Kola qoʻltigʻi sohilidagi muzlamaydigan port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 388,3 ming kishi (1998). Sanoatining asosiy tarmoqlari — baliq ovlash va baliqni qayta ishlash, kema tuzatish, qurilish materiallari ishlab chiqarish. Murmanskda temperatural, seld ovlash va qabul-transport flotlari bor. Qutb ilmiy tadqiqot va dengiz baliq xoʻjaligi va okeanografiya loyihalash institutlari, 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik, badiiy, harbiy-dengiz muzeylari bor. Murmansk Kola qoʻltigʻida dengiz porti qurilishi va Murmansk temir yoʻl oʻtkazilishi munosabati bilan vujudga kelgan. 1930-yildan Murmansk Shimoliy dengiz yoʻlining boshlanish joyi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Murmansk porti muhim strategik ahamiyatga ega boʻldi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil