101-reys
101 reys — Yoshlik kinostudiyasi va Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan oʻzbek filmi. Oʻzbekistonda film birinchi marotaba 1-iyun 2022-yilda namoyish etilgan va filmning premyerasi Toshkentda „Kinematografiya Uyi“da boʻlib oʻtgan. Bu Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida suratga olingan film hisoblanadi.
101 reys | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Akrom Shahnazarov |
Prodyuser(lar) |
Firdavs Abduholiqov Goʻzal Yusupova Aziz Qurbonov |
Ssenariynavis(lar) |
Akrom Shohnazarov Shohsanam Sufiyeva |
Rollarda |
Hoshim Arslonov Umid Iskandarov Oleg Galahov Lola Eltoyeva Hurshid Toʻxtayev Bahora Arslonova Erkin Bozorov Farhod Abdullayev Nigina Anorboyeva Samiddin Lutfullayev |
Sharhlovchi(lar) |
Hasan Otoboyev Dilmurod Toʻrdiboyev Husan Atoboyev Bahtiyor Otoboyev |
Kinematografiya |
Erkin Aʼzam Aziz Qurbonov |
Muharrir(lar) |
Alisher Toʻlaboyev Shahnoza Abdullajonova |
Studiya(lar) | Yoshlik (kinostudiya) |
Chiqarilgan sanasi | Oʻzbekistonda 1-iyun 2022-yil |
Davomiyligi | 120 daqiqa |
Byudjeti | 450 000 $ |
Syujeti
tahrirFilm haqiqiy voqeaga asoslangan. 2001-yil 11-sentabr kuni erta tongda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga tegishli Boeing 757 samolyoti Toshkentdan havoga koʻtarildi. Manzil Nyu-York shahri boʻlgan edi. Tajribali uchuvchi Zarif Saidazimov nafaqaga chiqishdan oldingi oxirgi parvoz uning faoliyatidagi eng qiyin parvoz boʻlishini hozircha bilmaydi[1].
John Kennedy nomidagi xalqaro aeroportga yaqinlashib kelayotgan samolyot komandiri Zarif Saidazimov toʻsatdan dispetcherdan Bostondagi boshqa aeroportga qoʻnishi kerakligi haqida buyruq oladi. Tinchlikni saqlash talabiga qaramay, yoʻlovchilar orasida vahima boshlanadi[2].
Filmni tushirish
tahrirFilmning tushirilishi 2019-yilda boshlandi va 2020-yilning oktabr oyida yakunlandi. Birinchi marotaba film 2021-yilning 28-sentabridan 3-oktabrigacha “Ipak yoʻli gavhari” Toshkent xalqaro kinofestivalida koʻrsatilgan edi. “Ipak yoʻli gavhari” xalqaro kinofestivali 50 yildan ortiq tarixga ega mashhur “Sharq yulduzi” Toshkent xalqaro kinofestivalining davomi hisoblanadi[3].
Rollarda
tahrir101-reys filmida Oʻzbekistonning eng taniqli aktyor va aktrisalari oʻynashdi. Ularning orasida bosh rollarni Hoshim Arslonov, Umid Iskandarov, Oleg Galahov, Lola Eltoyeva, Hurshid Toʻxtayev, Bahora Arslonova, Farhod Abdullayev va Nigina Anorboyeva va Samiddin Lutfullayev ijro etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „"101 рейс" фильмининг катта премьераси бўлиб ўтади“. Qaraldi: 2-iyun 2022-yil.
- ↑ „Kinematografiya agentligi“. Qaraldi: 2-iyun 2022-yil.
- ↑ „«Дубль 2»: Накануне президентских выборов в Ташкенте расстелили красную дорожку для известных кинематографистов“. Qaraldi: 2-iyun 2022-yil.