1950-yilgi Shveysariya Gran-prisi
1950-yilgi Shveysariya Gran-prisi (rasmiy ravishda Großer Preis der Schweiz für Automobile deb nomlangan) — 1950-yil 4-iyun kuni Bremgartenda boʻlib oʻtgan Formula-1 avtopoygasi edi[1]. Bu 1950-yilda poygachilar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatining (yettita bosqich) toʻrtinchi poygasi edi. 42 davrali poygada Alfa Romeo poygachisi Nino Farina gʻolib chiqdi. U dastlab ikkinchi pozitsiyadan poygani boshlagan edu. Uning jamoadoshi Luigi Fagioli ikkinchi, Talbot-Lago piloti Louis Rosier uchinchi o‘rinni egalladi.
Hisobot
tahrirChempionatning toʻrtinchi bosqichi Silverstounda seriya boshlanganidan atigi uch hafta oʻtgach boʻlib oʻtdi (Monako va Indianapolis ketma-ket dam olish kunlari boʻlib oʻtdi). Poygada Alfa Romeo jamoasi poygachilari Giuseppe Farina, Juan Manuel Fangio, Luigi Fagioli va Scuderia Ferrari jamoasi poygachisi Alberto Ascari yetkachilik qildi. Luigi Villoresi ham yaxshi ishtirok etdi (de Dion orqa osma, ikkita yuqori eksantrik mili bilan eng soʻnggi modelga ega boʻlgan). Shuningdek bir qancha raqobatdosh jamoalar bor edi. Jumladan, Talbot-Lagos va Maserati jamoalari bor edo. Jose Froilan Gonsales Monako Gran-prisining birinchi davrasidagi avariyadan keyin olgan kuyishlari natijasida maydonga tusha olmadi. Shuningdek, halokat natijasida Maserati jamoasi haydovchisi Franco Rol ham ishtirok etolmagan. Shuningdek, ushbu Gran-prida mototsikl poygalaridagi mardonavorligi bilan tanilgan Nello Pagani uchun jahon chempionatining birinchi va yagona Gran-prisi edi.
Saralash bosqichida Fangio va Farina Fagiolidan ancha uzoqda boʻlishdi, Villoresi va Askari 3-2-3 bosqichida ikkinchi qatordan boshlashdi. Peter Whitehead, Franco Rol, Reg Parnell va Rudi Fischer saralashdan o‘ta olmadi. Birinchi davrada Ascari Alfa Romeo jamoasi poygachilari qatoriga kirishga muvaffaq boʻldi. Fangio erta oldinga chiqdi, lekin tez toʻxtashga majbur boʻldi. Fagioli davom eta olmadi. Fangio 33-bosqichda elektr bilan bogʻliq muammo tufayli poygadan chiqdi.
Ishtirokchilar
tahrirSaralash
tahrirMusobaqadan keyingi chempionat jadvali
tahrirOʻrin | Poygachi | Ball | |
---|---|---|---|
1 | Nino Farina | 18 | |
2 | 2 | Luigi Fagioli | 12 |
1 | 3 | Juan Manuel Fangio | 9 |
1 | 4 | Johnnie Parsons | 9 |
5 | Alberto Ascari | 6 | |
Manba: [5] |
Manbalar
tahrir- ↑ Großer Preis der Schweiz für Automobile: Internationale Motorrad- und Seitenwagenrennen (de). Automobil Club der Schweiz, 1950. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
- ↑ „1950 Swiss Grand Prix - Race Entries“. manipef1.com. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
- ↑ „1950 Swiss GP - Entry List“. chicanef1.com. Qaraldi: 2013-yil 15-noyabr.
- ↑ „X Großer Preis der Schweiz“ (de). silhouet.com. Qaraldi: 2015-yil 25-dekabr.
- ↑ „Switzerland 1950 - Championship“. statsf1.com. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.