1972-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari
1972-yil yozgi Paralimpiada oʻyinlari (nemischa: Paralympische Sommerspiele 1972 ), toʻrtinchi bor oʻtkazilgan Paralimpiada oʻyinlari Gʻarbiy Germaniyaning Heidelberg shahrida, 1972-yil 2-11-avgust kunlari oraligʻida boʻlib oʻtgan. Oʻyinlar 1972-yilda Munchenda, shuningdek, Gʻarbiy Germaniyada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan 15 kun oldin yakunlangan.
Yadro uloqtirish 1972-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari | |
Mezbon shahar | Heidelberg, Gʻarbiy Germaniya |
---|---|
Millatlar | 41 |
Atletlar | 1,004 |
Musobaqalar | 10 ta sport tur boʻyicha 187 ta musobaqa |
Ochilish | 2-avgust |
Yopilish | 11-avgust |
Marosimini ochib beruvchi |
Preident Gustav Heinemann |
Stadion | Heidelberg Thingstätte |
Sport
tahrirAvvalgi Paralimpiada oʻyinlarida boʻlgani kabi, 1972-yilgi oʻyinlar faqat nogironlar aravachasidagi sportchilar uchun moʻljallangan. Biroq, koʻrish qobiliyati past boʻlgan sportchilar uchun bu yilgi Paralimpiada oʻyinlarida golbol va 100 m ga yugurish kabi tadbirlar ilk marotaba oʻtkazilgan[1].
- Kamondan otish
- Yengil atletika
- Dartchery
- Goolbol
- Maysazor bauli
- Snuker
- Suzish
- Stol tennisi
- Ogʻir atletika
- Nogironlar aravachasida basketbol
- Nogironlar aravachasida qilichbozlik
Medallar jadvali
tahrirOltin medallar soni boʻyicha tartiblangan roʻyxatda eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etgan oʻnta MOQ keltirilgan. Mezbon davlat Gʻarbiy Germaniya bu roʻyxat boʻyicha eng koʻp medal sohibi boʻlib, birinchi oʻrinda koʻrsatilgan.
Oʻrin | Davlat | Oltin | Kumush | Bronza | Umumiy |
---|---|---|---|---|---|
1 | GFR* | 28 | 17 | 22 | 67 |
2 | AQSh | 17 | 27 | 31 | 75 |
3 | Buyuk Britaniya | 16 | 15 | 21 | 52 |
4 | Janubiy Afrika | 16 | 12 | 13 | 41 |
5 | Niderlandiya | 14 | 13 | 11 | 38 |
6 | Polsha | 14 | 12 | 7 | 33 |
7 | Fransiya | 10 | 8 | 15 | 33 |
8 | Isroil | 9 | 10 | 9 | 28 |
9 | Italiya | 8 | 4 | 5 | 17 |
10 | Yamayka | 8 | 3 | 4 | 15 |
Jami (10 davlat) | 140 | 121 | 138 | 399 |
Ishtirokchi davlatlar
tahrirHeidelberg Paralimpiadasida 41 nafar davlat delegatsiyasi qatnashgan. Bagama orollari, Braziliya, Chexoslovakiya, Misr, Gonkong, Vengriya, Keniya, Malayziya, Meksika, Peru, Polsha, Ruminiya, Uganda va Yugoslaviya birinchi marta Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan[2].
1964-1976-yillarda Janubiy Afrika uchinchi marta Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Garchi aparteid siyosati tufayli 1980-yilgacha Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etishi taqiqlangan boʻlsa-da, Gʻarbiy Germaniya mezbon davlat sifatida uning ishtirokiga eʼtiroz bildirmagan[3][4].
Rodeziya oxirgi marta musobaqada qatnashgan. 1972 yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish taklifi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan Afrika davlatlarining Rodeziya hukumatiga qarshi noroziliklariga javoban ochilish marosimidan toʻrt kun oldin qaytarib olingan. Ammo oʻsha yili Paralimpiada oʻyinlari Olimpiada oʻyinlaridan avvalroq oʻtkazilganligi sababli, Rodeziya 1972-yilgi Paralimpiada oʻyinlarida mustaqil davlat sifatida qatnasha olgan[5][6].
- Argentina (21)
- Avstraliya (37)
- Avstriya (32)
- Bagama orollari (1)
- Belgiya (23)
- Braziliya (8)
- Kanada (40)
- Chexoslovakiya (19)
- Daniya (10)
- Misr (1)
- Finlandiya (24)
- Fransiya (61)
- Buyuk Britaniya (73)
- Gonkong (10)
- Vengriya (5)
- Hindiston (10)
- Irlandiya (17)
- Isroil (30)
- Italiya (25)
- Yamayka (20)
- Yaponiya (28)
- Keniya (4)
- Malayziya (4)
- Malta (8)
- Meksika (7)
- Niderlandiya (38)
- Yangi Zelandiya (10)
- Norvegiya (27)
- Peru (1)
- Polsha (22)
- Rodeziya (13)
- Ruminiya (1)
- Janubiy Afrika (25)
- Janubiy Koreya (8)
- Ispaniya (20)
- Shvetsiya (38)
- Shveysariya (36)
- Uganda (2)
- AQSh (66)
- GFR (75)
- Yugoslaviya (22)
Manbalar
tahrir- ↑ „Heidelberg 1972“. International Paralympic Committee (2008). Qaraldi: 2011-yil 12-iyul.
- ↑ „Medal Standings – Heidelberg 1972 Paralympic Games“. International Paralympic Committee. Qaraldi: 2011-yil 9-iyun.
- ↑ „'The Netherlands against Apartheid' – 1970s“, International Institute of Social History
- ↑ South Africa at the Paralympics, International Paralympic Committee
- ↑ „1972: Rhodesia out of Olympics“, BBC
- ↑ „Rhodesia expelled“, Montreal Gazette, August 23, 1972