25-y etaj

Korni guruhi qoʻshigʻi (2005)
(25 etajdan yoʻnaltirildi)

25-y etaj“ (ruscha: 25-й этаж, yaʼni „25-qavat“) — „Korni“ rus musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2005-yilning may oyida singl oʻlaroq chiqilgan. Shuningdek, guruhning oʻsha yili 25-may kuni eʼlon qilingan „Dnevniki“ nomli ikkinchi, toʻrt qismdan iborat studiyaviy albomiga kiritilgan. „25-y etaj“ guruh repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biridir. Tarona kuyini Igor Matviyenko, soʻzini esa Pavel Jangun yozgan. Qoʻshiq nafaqat Rossiyada, balki bir necha MDH davlatida xitga aylangan. 2005-yil guruh qoʻshiq uchun „Zolotoy grammofon“ mukofoti bilan taqdirlangan[1].

„25-y etaj“
„Korni“ qoʻshigʻi
„Dnevniki“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2005
Yozib olingan 2005
Janr pop-rok
Davomiyligi 3:36
Matn muallif(lar)i Pavel Jagun
Bastakor(lar) Igor Matviyenko
Klipi
„25-y etaj“ YouTubeda

„Dnevniki“ albomi guruhning har bir aʼzosi ijro etgan qoʻshiqlar kiritilgan toʻrt qismdan iborat boʻlib, har bir albomga „25-y etaj“ qoʻshigʻining asosiy versiyasi kiritilgan[2]. Shuningdek, har bir albomdan qoʻshiqning qoʻshimcha, oʻzgartirilgan versiyasi bonus trek oʻlaroq oʻrin olgan. „Dnevniki Aleksandra Berdnikova“ albomi uchun Berdnikov qoʻshiqni R&B va elektron musiqa janrida kuylagan. „Dnevniki Lyoshi Kabanova“ albomi uchun Kabanov taronani klub musiqasi janrida ijro etgan. „Dnevniki Pashi Artemeva“ albomi uchun esa Artemyev qoʻshiqni sekin tempda, faqat klavishli cholgʻu yordamida ijro etgan boʻlib, mazkur versiya „Mening uyda yozilgan versiyam“ deb nomlanadi. Nihoyat, „Dnevniki Sashi Astashenka“ albomi uchun Astashenka qoʻshiqni „Depeche Mode“ guruhiga xos uslubda remiks oʻlaroq ijro etgan. Astashenka oʻz versiyasida qoʻshiq bandlarini sheʼr oʻlaroq oʻqib eshittirgan.

„25-y etaj“ qoʻshigʻi uchun G. Orlov rejissyorligida klip suratga olingan. Unda sovet davrida qurilgan koʻp qavatli imoratning 25-qavatida yashaydigan qiz tasvirlangan. Klip davomida guruh aʼzolari qizning kvartirasida qoʻshiqni ijro etishadi, ammo kelganidan keyin gʻoyib boʻlishadi. Klip yakunida guruh aʼzolari ayni uyning liftida tushib ketayotgani koʻrsatilgan.

Manbalar tahrir

  1. „О группе «Корни»“ (ruscha). Наша Маша. Qaraldi: 4-noyabr 2022-yil.
  2. „Группа «Корни»“ (ruscha). 24СМИ. Qaraldi: 4-noyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir