4A Games
4A Games Limited Maltadagi Sliema shahrida joylashgan Ukraina va Malta hamkorligida yaratilgan oʻyin ishlab chiaruvchi kompaniya sanaladi. Kompaniya 2006-yilda GSC Game World kompaniyasidan ketgan yaratuvchilar tomonidan Ukraina poytaxti Kiyev shahrida asos solingan. 2014-yilda kompaniyaning bosh offisi Sliemaga koʻchirilgan va Kiyevdagi bosh offis tarkibdagi studiyaga aylantirilgan. Ushbu kompaniya Metro videooʻyinini yaratgani bilan mashhur.
Turi | Shoʻba (korxona) |
---|---|
Tarmogʻi | Videooʻyin |
Egasi | Embracer Group[1] |
Qachon asos solingan | 2006 |
Joylashuvi | Sliema, Malta[2] |
Asoschi(lari) |
Andrey Proxorov Oles Shishkovstov Aleksandr Maksimchuk |
Rahbariyat |
Dean Sharpe (CEO) Andrew Proxorov (creative director) Oles Shishkovstov (CTO) Aleksandr Maksimchuk (CIO) |
Mahsulot(lar)i | Metro |
Ishchilar soni | 146[3] |
Vebsayti | 4a-games.com.mt |
Tarixi
tahrirYaratilishi
tahrir4A Games 2000-yillarda, Sergey Kamalskiy bilan birgalikda yaratilgan S.T.A.L.K.E.R.: Shadow of Chernobyl oʻyini yaratuvchilari hisoblangan sobiq GSC Game World kompaniyasi xodimlari: Andrew Proxorov, Oles Shishkovtsov va Aleksandr Maksimchuk tomonidan asos solingan[4][5]. Proxorovga GSC kompaniyasining bosh ijrochi direktori (CEO) Sergiy Grigorovichning oʻz xodimlaridan koʻra pulni ustun qoʻygani va kompaniya ishlab chiqargan oʻyinlar uchun ish haqlarini toʻlamasdan ushlab qolgani yoqmagan[5]. Vaziyat 2006-yilda ikkalasi ish haqi masalasida kelishmovchilikka duch kelganida eng yuqori choʻqqisiga chiqdi, bu esa Proxorov va kompaniyaning ikki nafar yetakchi dasturchisi – Shishkovtsov va Maksimchukni kompaniyadan ketishga va Grigorovichdan koʻra xodimlariga yaxshiroq munosabatda boʻlish niyatida yangi 4A Games kompaniyasiga asos soladilar[5].
Metro franshizasi
tahrirKompaniyaning ilk yaratgan oʻyini Metro 2033 boʻlib, 2009-yilda eʼlon qilingan rus yozuvchisi Dmitriy Gluxovskiyning shu nomdagi romani asosida yaratilgan[6]. Oʻyin 2010-yilning mart oyida Xbox 360 va Microsoft Windows platformalari uchun chiqarilgan va yaxshi izohlarga sazovor boʻlgan[7].
Oldingi muvaffaqiyatidan keyin 4A Games Electronic Entertainment Expo konventsiyasi doirasida Metro: Last Light sikveli ustida ishlayotganini eʼlon qilgan[8]. Oʻyin ishlab chiqarish davomida muammolarga duch kelgan, xususan ommaviy chiqarilishi 2012-yildan 2013-yilga qoldirilgan[9]. Kompaniya uchun eng jiddiy muvaffaqiyatsizlik 2013-yil yanvar oyida yuz berdi. Oʻsha paytda oʻyinning asosiy nashriyotchisi boʻlgan THQ bankrotlikni eʼlon qilib, oʻzining [intellektual mulk]larini kimoshdi savdosiga qoʻyganidan soʻng faoliyatini toʻxtatgan. Metro 2033]] franshizasi nashr etish huquqlari, xususan sikvelniki ham 22-yanvar kuni 5.8 million AQSh dollari miqdorida Koch Mediaga sotilgan va kompaniyaga oʻyinni ishlab chiqarishni yakunlashga yordam bergan[10]. Metro: Last Light nihoyat 14-may 2013-yilda Koch Media kompaniyasi oʻyin logosi, Deep Silver bilan nashr etilgan[11].
2014-yil 30-martda Metro Redux nomi ostida ikkala Metro nomining remeyki nashr etilishi eʼlon qilingan va ertasi kuni tasdiqlangan. Toʻplam 2014-yil avgust oyida sakkizinchi avlod platformalari uchun chiqarilgan[12]. 2017-yilda kompaniya Arktika.1. virtual oʻyinini chiqargan[13].
2017-yilgi E3 konventsiyasi doirasida, 2017-yil 11-iyun kuni boʻlib oʻtgan Microsoft matbuot anjumanida, Metro: Exodus nomli yangi oʻyin 2018-yilda chiqarilishi haqida aytib oʻtishgan. Oʻyin jarayoni namoyishi ham oʻyinni eʼlon qilish, ham Microsoftning Xbox One qurilmasining mahalliy 4K-ga yoʻnaltirilgan yangilanmasi – Xbox One X uchun grafik imkoniyatlarni koʻrsatish maqsadida namoyish etilgan[14]. Oʻyin 2019-yilda chiqarilgan[15].
Kengaytirilishi
tahrir2014-yil 12-mayda, Ukraina inqirozi va Qrimning Rossiya tomonidan qoʻshib olinishidan soʻng, 4A Games kompaniyasi Yevropa Ittifoqi doirasida faoliyatini osonlashtirish maqsadida yangi studiya ochish va oʻz bosh qarorgohini Maltaning Sliema shahriga koʻchirish orqali kengayishi haqida eʼlon qilgan. Shu bilan birga, Kiyevdagi studiya Sharqiy Yevropa boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun oʻz faoliyatini davom ettirilishi ham aytib oʻtilgan[16].
Kompaniya Embracer Group tarkibidagi Saber Interactive kompaniyasi tomonidan 2020-yil avgust oyida taxminan 36 million AQSh dollariga sotib olingan. Metro seriyasining noshiri Deep Silver allaqachon Koch Media orqali Embracer Groupning bir qismi boʻlganligi sababli, bu sotib olish ikkala guruh uchun ham „mantiqiy qadam“ boʻlgan[17][18].
2022-yilning fevral oyidagi Rossiyaning Ukrainaga bosqini vaqtida Saber Interactive 4A Gamesning Kiyevdagi xodimlari agar istashsa boshqa joydalardagi filiallariga koʻchirishini taʼkidlagan[19][20]. Boshqa Ukraina videooʻyin studiyalari kabi 4A Games ham Ukarina uchun mablagʻlar tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash ishlarida ishtirok etgan[21].
2024-yil mart oyida Saber Interactive kompaniyasi uning hammuassisi Matthew Karchning yangi tashkil etilgan Beacon Interactive kompaniyasiga sotilgan. Saber tarkibidagi koʻplab studiyalar, jumladan 4A Games sotuv shartlariga kiritilmagan. Embracer kompaniyasi oʻzining Plaion shoʻba korxonasi orqali Metro oʻyinlar seriyasiga boʻlgan huquqlarini oʻzida saqlab qolgan[22].
Texnologiyasi
tahrirYaratgan oʻyinlari
tahrirYil | Nom | Platforma(lar) | Nashriyot(lar) |
---|---|---|---|
2010 | Metro 2033 | Microsoft Windows, Xbox 360 | THQ |
2013 | Metro: Last Light | Linux, macOS, Microsoft Windows, PlayStation 3, Xbox 360 | Deep Silver |
2014 | Metro Redux | Linux, macOS, Microsoft Windows, Nintendo Switch, PlayStation 4, Stadia, Xbox One | |
2017 | Arktika.1 | Microsoft Windows | Oculus Studios |
2019 | Metro Exodus | Amazon Luna, Linux, macOS, Microsoft Windows, PlayStation 4, PlayStation 5, Stadia, Xbox One, Xbox Series X/S | Deep Silver |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ Keighley, Geoff „Metro: Exodus Developer Interview“. YouTube (2017-yil 11-iyun). 2019-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyun.
- ↑ „Embracer Group Annual Report & Sustainability Report 2020 / 2021“. Embracer Group (2021-yil 25-avgust). 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
- ↑ Wordsworth, Rich „Games from the Real-World Post-Apocalypse“. IGN (2014-yil 28-yanvar). 2019-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Hall, Charlie „Stalker fallout: Polygon traces the exodus from Kiev's legendary GSC Game World“. Polygon (2013-yil 8-sentyabr). 2019-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
- ↑ Crecente, Brian „Metro 2033 Shooter Brings Apocalypse to Moscow“. Kotaku (2009-yil 22-oktyabr). 2016-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Metro 2033 Critic Reviews for PC“. Metacritic. 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
- ↑ Williamson, Steven „E3 2011: Metro: Last Light announcement trailer“. Hexus (2011-yil 6-iyun). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
- ↑ Bradford, Matt „THQ delays Metro: Last Light, seeks help with Warhammer 40K MMO“. GamesRadar+ (2012-yil 3-fevral). 2016-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
- ↑ Corriea, Alexa Ray „Koch Media offers $22.3M for Volition and $5.8M for 4A Games' Metro franchise in THQ auction“. Polygon (2013-yil 23-yanvar). 2013-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
- ↑ Karmali, Luke „Metro: Last Light Release Date Announced“. IGN (2013-yil 1-mart). 2016-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
- ↑ McWhertor, Michael „Metro 2033 and Last Light get remastered Redux on PS4, Xbox One and PC this summer“. Polygon (2014-yil 22-may). 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
- ↑ Chalk, Andy „Metro 2033 developer announces Arktika.1, an Oculus Touch-exclusive FPS“. PC Gamer (2016-yil 6-oktyabr). 2016-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-noyabr.
- ↑ Dornbush, Jonathon „E3 2017: Metro Exodus Announced for 2018“. IGN (2017-yil 11-iyun). 2017-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
- ↑ Donnelly, Joe „Metro Exodus delayed to 2019“ (2018-yil 16-may). 2018-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-may.
- ↑ Hall, Charlie „Ukraine's 4A Games lands in Malta: 'We are not betrayers'“. Polygon (2014-yil 20-avgust). 2016-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
- ↑ Kerr, Chris „THQ parent company Embracer has purchased Metro dev 4A Games and others“. Gamasutra (2020-yil 13-avgust). Qaraldi: 2020-yil 13-avgust.
- ↑ Embracer Group (2020-yil 13-avgust). „Embracer Group Acquires 4A Games“. Press-reliz.
- ↑ „Tech CEO flies workers out of Ukraine as fear of invasion looms“.
- ↑ „I pray everyone in Ukraine stays safe during this rough time. "4A and the other Saber-owned studios with presences in Kyiv all have the option of working in one of our other locations abroad if they choose to." --Saber Interactive $EMBRAC representative“.
- ↑ „Inwazja Rosji na Ukrainę - cios w gamingowe serce Europy?“ (pl). Logo24. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
- ↑ Yin-Poole, Wesley „Saber Interactive Splits From Embracer, Taking 38 Video Game Projects With It“ (en). IGN (2024-yil 14-mart). Qaraldi: 2024-yil 14-mart.