Saber Interactive

Amerika video oʻyin ishlab chiqaruvchi kompaniyasi

Saber Interactive Inc. Florida shtatining Fort Lauderdale shahrida joylashgan Amerika videoo‘yin ishlab chiqaruvchi va nashriyot kompaniyasi sanaladi. 2001-yilda Andrey Iones, Matthew Karch va Anton Krupkin tomonidan tashkil etilgan bu kompaniya Karchning Beacon Interactive investitsiya firmasining nazorati ostida faoliyat yuritib keladi. Hozirda korxonada 1350 dan ortiq xodim mehnat qilib kelmoqda[2][3].

Saber Interactive Inc.
Turi Shoʻba (korxona)
Tarmogʻi Videooʻyin
Egasi Embracer Group
Qachon asos solingan 2001 (23 yil avval) (2001)
Joylashuvi Fort Lauderdale, Florida
Asoschi(lari) Andrey Iones
Matthew Karch
Anton Krupkin
Rahbariyat Matthew Karch (CEO)
Andrey Iones (COO)
Tim Willits (CCO)
Anton Krupkin (CTO)
Todd Hollenshead (nashriyot rahbari)
Budjeti AQSh$161,2 million[1]
Ishchilar soni 2,671[1]
Vebsayti saber.games

Saber dastlab 2020-yil fevral oyida Embracer Group tomonidan sotib olingan[4]. 2024-yil mart oyida moliyaviy qiyinchiliklar sababli Embracer Group Saber Interactive kompaniyasini Beacon Interactivega sotgan hamda va boshqaruvni kompaniya hammuassisi Karchga qaytarib bergan.

Tarixi

tahrir

Saber Interactive 2001-yilda Andrey Iones, Matthew Karch va Anton Krupkin tomonidan yaratilgan[5][6]. Ular birgalikda noldan 3D texnologiyasini yaratishgan, Sankt-Peterburgdan rassomlar jamoasini toʻplashgan va oʻzlarining ilk oʻyini Will Rock ustida ishlashni boshlab yuborishgan[7]. Will Rock oʻyini chiqarilganidan soʻng, Saber oʻzining Saber3D oʻyin texnologiyasini rivojlantirdi va oʻzining ikkinchi oʻyini, TimeShift (2007) oʻyini uchun foydalangan[8]. Saber3D texnologiyasi muntazam ravishda yangilanadi va hozirgi mahsulotlarida foydalanib kelinadi[9][10].

2010-yilda Microsoft kompaniyasining 343 Industries boʻlimi Saber kompaniyasiga Halo: Combat Evolved oʻyinining oʻn yilligini nishonlash maqsadida ushbu oʻyinning remeykini yaratish taklifini bergan. Bu Saber Interactivening yirik franshizada birinchi marta jalb qilinishi boʻlgan va Andrey Iones (COO) ushbu jarayonni „qoʻldan chiqarib yubormaslik kerak boʻlgan imkoniyat“ deb baholagan. Asl oʻyin tajribasini saqlash maqsadida, Saber oʻyinning asosiy mexanikasi uchun original dvigatelni, vizual jihatlar uchun esa Saber3D dvigatelini qoʻllagan[11]. Halo: Combat Evolved Anniversary oʻyini 2011-yil 15-noyabrda chiqarilgan va yaxshi izohlarni qabul qilib olgan[12]. Keyinchalik Saber 2014-yilda Halo: The Master Chief Collection oʻyinining yaratilishida hamkorlik qilgan[13].

2016-yil 1-avgustda Saber International oʻzining Rossiya hududidan tashqarida joylashgan birinchi studiyasini Madrid shahrida ochgan[14]. Bu yirik xalqaro kengayishning boshlanishi boʻlib, Saber Shvetsiyaning Sundsvall shahrida (Binary Motion porting studiyasini sotib olish orqali) va Belarussiyaning Minsk shahrida oʻzining studiyalarini ochgan[15].

CD Projekt Red 2018-yilda The Witcher 3: Wild Hunt – toʻliq nashrini Nintendo Switch platformasiga moslashtirish uchun Saber kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan[16]. Toʻplam 2019-yil 15-oktyabrda chiqarilgan hamda unumdorlik va oʻyin qobiliyatini taʼkidlovchi ijobiy izohlarni qabul qilib olgan[17][18].

2019-yil 16-aprelda Saber Interactive World War Z oʻyinini ishga tushirgan. Oʻyin chiqarilganidan soʻng bir haftada 1 milliondan ortiq sotilgan[19].

2019-yil 1-avgustda id Software studiyasining direktori Tim Willits Saberga Ijodiy ishlar boʻyicha direktori sifatida qoʻshilgan[20].

2019-yil oktyabr oyida Saber Interactive Portugaliyaning Porto shahrida joylashgan qirq kishidan iborat Bigmoon Entertainment oʻyin ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib olib, Saber Porto nomiga rebrending qilgan[21][21][22].

2020-yil fevral oyida Saber Embracer Group tomonidan 525 million AQSh dollariga sotib olingan[4]. Kelishuvga koʻra, Saber Interactive Embracer tarkibidagi beshinchi bevosita shoʻba korxonasiga aylangan va avtonom boshqaruvini saqlab qolgan. Sotib olinganidan keyin ham Matthew Karch bosh ijrochi direktor lavozimida va bosh operatsion direktor lavozimida qolgan[23]. Embracerga qoʻshilganidan keyin, Saber kelajakda boshqa studiyalarni sotib olish uchun platformaga aylangan.

2020-yil avgust oyida Saber Interactive Metro videooʻyini yaratuvchisi boʻlgan 4A Games va Insurgency: Sandstorm oʻyini yaratuvchisi New World Interactive studiyalarini sotib olgan[24][25]. 2020-yil noyabr oyida Saber kompaniyasi 34BigThings, Mad Head Games, Nimble Giant Entertainment, Snapshot Games va Zen Studios studiyalarini sotib olgan[26]. Sobiq prezident va id Software bosh ijrochi direktori Todd Hollenshead 2020-yilning 18-noyabrida Saber Interactivega nashriyot rahbari sifatida qoʻshilgan[27].

Saber va Boss Team Games The Game Awards 2020da Evil Dead: The Game oʻyinini eʼlon qilishgan[28].

2021-yil fevral oyida Embracer Group Aspyrni sotib olganini va uning boshqaruvchisi Saber Interactiv shoʻba korxonasi boʻlishini eʼlon qilgan. Bir kunlik xarid narxi naqd pul va qarzsiz asosda 100 million AQSh dollarini tashkil ekagna, bunda 60 million dollar naqd pulda va 40 million dollar yangi ochilgan Embracer B aksiyalari bilan toʻlangan. Shartnoma doirasidagi muayyan shartlar asosida koʻpi bilan 350 million AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanishi mumkin boʻlgan[29].

2021-yil iyun oyida yangi Prime Matter nashriyoti Saber Interactive Painkiller franshizasi doirasida yangi oʻyin ishlab chiqayotganini eʼlon qilgan. Shu oyning oʻzida, Warhorse Studios Saber Interactive Nintendo Switch uchun Kingdom Come: Deliverance portini ishlab chiqishini eʼlon qilgan[30].

2021-yil avgust oyida Saber Interactive 3D Realms, Slipgate Ironworks, SmartPhone Labs, Demiurge Studios va Fractured Byte studiyalarini sotib olgan[31][32]. Keyingi oyda, Saber Bytex studiyasini ham sotib olishga muvaffaq boʻlgan[33]. Ushbu yilning dekabr oyida, Saber Interactive DIGIT Pictures va Shiver Entertainment studiyalarini ham oʻz safiga qoʻshib olgan[34][35].

2024-yil mart oyida, oldingi xabarlarga koʻra, Embracer Group Saber Interactiveni Karchga tegishli boʻlgan Beacon Interactive kompaniyasiga 247 million AQSh dollariga sotish orqali undan voz kechishini eʼlon qilgan[36]. Kelishuvning bir qismi sifatida Saber Interactive kompaniyasi Saber brendi ostidagi studiyalar, 3D Realms, DIGIC Pictures, Fractured Byte, Mad Head Games, New World Interactive, Nimble Giant Entertainment, Sandbox Strategies, SmartPhone Labs, Slipgate Ironworks va Stunworks, shuningdek ularga tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlari, shu bilan birga Embrracer Group 34BigThings, Aspyr, Beamdog, Demiurge Studios, Shiver Entertainment (keyinchalik Nintendoga sotilgan), Snapshot Games, Tripwire Interactive va Tuxedo Labs studiyalarini oʻzida saqlab qolgan[37][38]. Beacon Interactive kompaniyasida 4A Games va Zen Studios studiyalarini sotib olish tanlovi ham mavjud boʻlgan, biroq ikkala studiya ham Embracer Group tarkibida qolgan[39].

Oʻyinlari

tahrir

Filiallari

tahrir
Saber Interactive filiallari roʻyxati
Nom Joylashuv Manba
3D Realms Olborg
Bytex Saransk
Digic Pictures Budapest
Fractured Byte Tallin
Mad Head Games Belgrad
New World Interactive Denver
Nimble Giant Entertainment Buenos Aires
Saber Armenia Yerevan
Saber Belarus Minsk
Saber London London
Saber Madrid Madrid
Saber Porto Portu
Saber St. Petersburg Sankt Peterburg
Saber Sweden Sundsvall
Sandbox Strategies New York City
Slipgate Ironworks Olborg
SmartPhone Labs Novgorod
Stuntworks Sankt Peterburg

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Embracer Annual Report & Sustainability Report 2021-2022“.
  2. „Company“. Saber Interactive. 2019-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-oktyabr.
  3. Palumbo, Alessio „Saber Interactive Interview - World War Z's Success (Over 10M Registered Players) and Beyond“ (en-US). Wccftech (2020-yil 25-may). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  4. 4,0 4,1 „Saber Interactive | Saber and Embracer join forces“ (en-US). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  5. Nutt, Christian „The Development Of A Continuum: Andrey Iones On TimeShift“. Gamasutra (2007-yil 20-noyabr). 2019-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-oktyabr.
  6. VB Staff. „Saber Interactive: Classic shooters show off technical chops“. VentureBeat (2017-yil 7-dekabr). 2019-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-may.
  7. „Will Rock interview“ (en-US). GameSpot. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  8. „Postmortem: Saber Interactive's TimeShift“ (en). www.gamasutra.com (2008-yil 4-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  9. Adams, David „Atari Announces New Shooter“. IGN (2005-yil 10-yanvar). 2019-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-may.
  10. „World War Z Swarm engine runs "amazingly" on next-gen hardware“ (en-US). MSPoweruser (2020-yil 27-may). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  11. Iones, Andrey „Halo: Combat Evolved Anniversary Post-Mortem“. Game Developer Magazine (2012-yil mart). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  12. „Halo: Combat Evolved Anniversary“ (en). Metacritic. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  13. The Horse You Rode In On (A Halo: The Master Chief Collection Story) – IGN First - IGN (inglizcha), October 7, 2014, qaraldi: December 2, 2020
  14. „Olé!“. Saber Interactive (2016-yil 1-avgust). Qaraldi: 2020-yil 18-aprel.
  15. „Binary Motion“ (en). Qaraldi: 2022-yil 24-aprel.
  16. Morgan, Thomas „Tech Interview: How was The Witcher 3 ported to Nintendo Switch?“ (en). Eurogamer (2019-yil 19-avgust). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  17. Frushtick, Russ „Witcher 3 on Nintendo Switch only makes a few sacrifices“ (en). Polygon (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  18. „The Witcher 3: Wild Hunt - Complete Edition“ (en). Metacritic. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  19. „World War Z passes 1 million copies sold in a week“ (en-US). VentureBeat (2019-yil 23-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  20. „Quake director Tim Willits explains why he's joining Saber Interactive“ (en-US). VentureBeat (2019-yil 13-avgust). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  21. 21,0 21,1 Valentine, Rebekah „Saber Interactive acquires Bigmoon Entertainment“. GamesIndustry.biz (2019-yil 18-oktyabr). 2019-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-oktyabr.
  22. „Saber Interactive buys Bigmoon Entertainment, announces two new projects“. VentureBeat (2019-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-aprel.
  23. Takahashi, Dean „How World War Z will pick up where Left 4 Dead left us stranded“. VentureBeat (2018-yil 26-dekabr). 2019-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-may.
  24. „Saber Interactive | EMBRACER GROUP ACQUIRES 4A GAMES“ (en-US). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  25. „Saber Interactive | EMBRACER GROUP ACQUIRES NEW WORLD INTERACTIVE“ (en-US). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  26. „Embracer Group acquires 34BigThings, Flying Wild Hog, Nimble Giant Entertainment, Purple Lamp Studios, Snapshot Games, Zen Studios, more“. Gematsu (2020-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.
  27. „Former id Software president Todd Hollenshead takes over publishing at Saber“ (en-US). VentureBeat (2020-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  28. „Evil Dead: The Game Announced At The Game Awards 2020“ (en-US). GameSpot. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  29. Takahashi, Dean „Embracer Group acquires Aspyr Media for up to $450 million“. Venture Beat (2021-yil 2-fevral). Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
  30. „Yes, Kingdom Come: Deliverance is actually coming to Nintendo Switch“. TheSixthAxis (2021-yil 11-iyun).
  31. „Saber Interactive | Saber Interactive Welcomes Three Specialized Video Game Studios“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  32. „Embracer Group acquires 3D Realms, CrazyLabs, Digixart, Easy Trigger, Force Field, Ghost Ship Games, Grimfrost, and Slipgate Ironworks“. Gematsu (2021-yil 4-avgust).
  33. „Saber Interactive | Saber Interactive Reaches Agreement to acquire Bytex“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  34. „Saber Interactive | Embracer Group Enters Into Agreement To Acquire Digic“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  35. „Saber Interactive | Embracer Group Acquires Shiver Entertainment“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  36. Schreier, Jason. „Embracer Group to Sell Saber, Developer of a New 'Star Wars' Game Remake, in $500 Million Deal“ (en). Bloomberg.com (2024-yil 29-fevral). Qaraldi: 2024-yil 29-fevral.
  37. Robinson, Andy „Embracer confirms $247m sale of Saber assets and withdraws from Russia“. Video Games Chronicle (2024-yil 14-mart). 2024-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
  38. Romano, Sal „Saber Interactive to split from Embracer Group [Update“]. Gematsu (2024-yil 14-mart). 2024-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
  39. Kerr, Chris „Embracer confirms 4A Games and Zen Studios are going nowhere“. Game Developer (2024-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-sentyabr.
  40. „Embracer companies“. Embracer Group (2023-yil 31-dekabr). 2024-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.