99 Problems“ („99 ta muammo“) amerikalik reper Jay-Z tomonidan The Black Album albomi uchun ijro etilgan qoʻshiqdir. 2004-yilda albomning uchinchi singli oʻlaroq chiqarildi. Ashulaning „I got 99 problems, but a bitch ainʼt one“ soʻzlaridan iborat boʻlgan naqorati Ice-T tomonidan Home Invasion (1993) albomi uchun ijro etilgan „99 Problems“ ashulasidan olingan. Bu naqorat Ice-T va Brother Marquis (2 Live Crew guruhi aʼzosi) oʻrtasida boʻlgan suhbat chogʻida oʻylab topilgan.[2] Marquis bu iboradan „Table Dance“ (1996) ashulasida ham foydalangan.

„99 Problems“
Jay-Z qoʻshigʻi
„The Black Album“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2004-yil 27-aprel
Yozib olingan 2003-yil iyul
Studiya AQSH bayrogʻi The Mansion
Laurel Canyon, Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh
AQSH bayrogʻi Akademie Mathematique of Philosophical Sound Research
Los-Anjeles, Kaliforniya
Janr Rap rock[1]
Davomiyligi 3:54
Leybl
  • Roc-A-Fella
  • Def Jam
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Rick Rubin
Jay-Z xronologiyasi
„Dirt off Your Shoulder“
(2004)
99 Problems
(2004)
„Big Chips“
(2004)

Qoʻshiq omma tomonidan xush qarshilandi. Billboard Hot 100 chartida 30-oʻrinni band etdi. Rolling Stone jurnaliga koʻra, ushbu ashula 2000-yillarning top 100 ashulasi roʻyxatidan 2-oʻrindan joy oldi, barcha zamonlarning eng buyuk 500 qoʻshigʻi roʻyxatida esa 172-oʻrinni egalladi.[3] Shuningdek, Pitchfork Mediaga koʻra, 2000-yillarning top 500 qoʻshigʻi roʻyxatida 24-oʻrinni, NMEga koʻra esa „oʻtgan 15 yilning eng yaxshi 150 treki“ roʻyxatida 24-pogʻonadan oʻrin oldi.[4]

Chartlar

tahrir

Haftalik chartlar

tahrir
Chart (2004) Chart
oʻrni
  Olmoniya (Official German Charts)[5] 67
  Irlandiya (IRMA)[6] 23
  Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[7] 12
  Birlashgan Qirollik (UK R&B)[8] 2
  AQSh (Billboard Hot 100)[9] 30
  AQSh (Hot R&B/Hip-Hop Songs)[10] 26
  AQSh (Mainstream Top 40)[11] 37
  AQSh (Hot Rap Songs)[12] 10


Yil soʻngidagi chartlar

tahrir
Chart (2004) Chart
oʻrni
  Birlashgan Qirollik (UK Singles)[13] 164

Manbalar

tahrir
  1. Weiss, Dan. „Ten Rap-Rock Songs That Are Actually Awesome“. LA Weekly (6-aprel 2012-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  2. „Ice-T Talks New Body Count Album, Jay-Z's Remake of "99 Problems" & Much More“. Radio.com, YouTube (7-iyul 2014-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2014-yil.
  3. Hermes, Will; Hoard, Christian; Rosen, Jody; Sheffield, Rob (24-dekabr 2009-yil), „100 Best Songs of the Decade“. Rolling Stone. (1094/1095):59-62
  4. 150 Best Tracks of the Past 15 Years, NME.com
  5. "Jay-Z – 99 Problems" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 14-oktyabr 2018-yil.
  6. "Chart Track: Week 20, 2004". Irish Singles Chart. Qaraldi: 12-aprel 2012-yil.
  7. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 12-aprel 2012-yil.
  8. "Official R&B Singles Chart Top 40". Official Charts Company. Qaraldi: 27-fevral 2016-yil.
  9. "Jay-Z Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 12-aprel 2012-yil.
  10. "Jay-Z Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 12-aprel 2012-yil.
  11. "Jay-Z Chart History (Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 12-aprel 2012-yil.
  12. "Jay-Z Chart History (Hot Rap Songs)". Billboard. Qaraldi: 12-aprel 2012-yil.
  13. „End Of Year Charts: 2004“. UKChartsPlus. Qaraldi: 12-aprel 2012-yil.

Havolalar

tahrir