GfK Entertainment chartlari

(GfK Entertainment Chartsdan yoʻnaltirildi)

GfK Entertainment chartlari GfK Entertainment (eski nomi Media Control and Media Control GfK International) tomonidan asos solingan Germaniyadagi rasmiy musiqiy chartlardir. GfK Entertainment haftalik top 100 singl va albom chartlarini, shuningdek, toʻplamlar, jaz, klassik musiqa, shlyager, hip hop, dance, komediya va musiqiy kliplar kabi janrlarga koʻra saralangan boshqa turli chart formatlarini oʻz ichiga oladi[1]. 2014-yilning martida Media Control AG shirkati sud daʼvosidan soʻng, Media Control® GfK International oʻz nomini „GfK Entertainment“ga oʻzgartirishga majbur boʻlgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Systembeschreibung der offiziellen Charts“ [System Description of the Official Charts] (de). Bundesverband Musikindustrie (11-yanvar 2017-yil).
  2. „GfK Entertainment: GfK darf Namen nicht mehr benutzen“ [GfK Entertainment: GfK must no longer use name] (de). Media Control GmbH. Qaraldi: 3-iyul 2014-yil.

Havolalar

tahrir