Ağrı
Oldingi nomi Karaköse (kurdcha: Qerekose) Turkiyaning ilk jumhuriyati davridan 1946-yilgacha Karaköse (usmonli turkcha: قرهکلیسا , Qora cherkov; armancha: Ղարաքիլիսա) nomi bilan atalgan tuman, endilikda Ağrı nomi bilan ataladi, Ag'ri so'zi Ararat tog'ining turkcha nomlaridan biri hisoblanadi[1].
Ağrı tumani | |
---|---|
Ağrı | |
Turkiya Bayroq | |
39°43′21″N 43°3′16″E / 39.72250°N 43.05444°E | |
Mamlakat | Turkiya |
Maydon | 1,497.27 km2 (578.10 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | turk tili |
Aholisi (2021) |
524 000 |
Milliy tarkib | kurdlar |
|
Tarixi
tahrirUsmonli imperiyasi davrida bu hudud Karaköse ( قرهکلیسا ) deb atalgan. Hozirgi tuman markazi taxminan 1860-yilda Bitlislik bir guruh arman savdogarlari tomonidan Karaköse deb nomlangan va mahalliy aholiga ham Karaköse nomi bilan maʼlum bo'lgan va bu versiya respublika davrining boshida rasman yana Karakösega aylantirilgan. Bu nom 1946-yilga kelib Ağrı deb oʻzgartiriladi[2].
1927-yildan 1931-yilgacha ushbu mintaqa kurd separatistik harakati tomonidan bosib olinib boshqarilgan, natijada ular qisqa muddatga tan olinmagan Ararat Respublikasi deb nomlangan davlatni barpo etishga muvaffaq bo'lganlar, bu davlatga bir qancha kurd liderlari boshchilik qilganlar, ularning ichida ayniqsa mashhurlari Ibrohim Xeski va Ehson Nuri edi.
Oʻrta asrlarda tumanning maʼmuriy markazi bir vaqtlar muhim shahar boʻlgan Eleşkirtda joylashgan edi. Shaharga o'z nomini bergan "Karaköse" o'rta asr arman cherkovi edi.
Arman genotsidi paytida shahar va uning atrofidagi vodiyning arman aholisi qirg'in qilingan: 1915-yil mart oyida Nyu-York Tayms xabarida Alashkert vodiysidan erkaklar, ayollar va bolalarning ko'plab jasadlari topilgan[3].
Iqtisodiyoti va infratuzilmasi
tahrirAğrı tumani Ağrı viloyatidagi sanoatning katta qismini o'z ichiga qamrab oladi, bu yerdagi asosiy iqtisodiy faoliyat qishloq xo'jaligi va chorvachilikdir. Ağrı tumanidagi bir qator go'sht-sut fabrikasi va teri zavodi mintaqadagi eng yiriklaridan biri sanaladi. Shuningdek, Shakar zavodi, Poyafzal fabrikasi, Qishloq xoʻjaligi asbob-uskunalari ishlab chiqarish maydonchalari, gʻisht zavodi, ohak zavodi, mebel fabrikasi, sut zavodi, toʻqimachilik kombinati ham ushbu tumanda bor[4].
Tuman janubda Ağrı Ahmed-i Hani aeroporti joylashgan bo'lib, tashrif buyuruvchilar asosan shu yerdan kelishadi. Shuningdek milliy va xalqaro reyslar ham shu yerdan keladi va ketadi[5].
Ağrı shimolida 2250 metr balandlikdagi uzun to'lqinli radioeshittirish stantsiyasi mavjud bo'lib, u orqali 162 ta telekanal kanallari efirga uzatiladi.
Aholining turmush tarzi
tahrirMintaqa nisbatan shimolda joylashganligi bois, qishi juda qattiq bo'ladi. Aksariyat odamlar tog' yonbag'irlarida chorvachilik bilan shug'ullanadilar, bunga asosiy sabab hududda o'tloqlarning ko'pligi hisoblanadi. Ushbu hududda istiqomat qiluvchi yoshlarning ko'pi shaharlarda yashashni hohlashadi va shu sababli aholi kamayib bormoqda. Shunga qaramasdan hududdagi kam sonli yoshlar universitetga o'qishga kirishadi. Odamlar odatda bahor faslida turmush qurishadi. Aholining asosiy turmush tarzi dehqonchilik va chorvachilikdan iborat bo'lganligi sababli, o'n yoki undan ortiq bolali oilalar keng tarqalgan. Hududda asosan erkaklarning mavqeyi balandligi tufayli, mahalliy deputat Fatma Salmon Kotan mintaqadagi jamiyatning patriarxal tabiatini yo'q qilish zarurligi haqida maqola yozgan[6].
Tumandagi taniqli shaxslar
tahrir- Yaşar Ören (1942*), chang'i sportchisi.
- Jalol Adan (1952*), siyosatchi
- Nizamettin Arich (1956*), zamonaviy kurd qoʻshiqchisi, bastakor va rejissyor.
- Abdulla Yilmaz (1961 *), chang'i sportchisi.
- Erhan Dursun (1962*), chang'i sportchisi.
- Chesim Gökçe (1968*), siyosatchi
- Fatma Salmon Kotan (1970*), Ağrı parlamenti deputati
- Savci Sayan (1971*), siyosatchi va hozirda Agri meri [7]
- Shahe bedo (1976*), kurd qoʻshiqchisi [8]
- Mehmet Emin İlhan (1979*), siyosatchi
- Berdan Öztürk (1980*), siyosatchi
- Dirayet Taşdemir (1982*), siyosatchi
- Turkan Erişmiş (1984*), oʻrta masofaga yuguruvchi
- Adem Kilichchi (1986 *), o'rta vazn toifasida havaskor bokschi.
- Nesim Turan (1992*), stol tennischisi
- Bayram Malkan (1994*), engil vaznda bokschi
- Zeynep Chelik (1996*), Paralimpiya dzyudochisi.
- Kader Chelik (2001*), paralimpiyachi golbolchi
Manbalar
tahrir- ↑ „Ağrı | Turkey“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2019-yil 9-sentyabr.
- ↑ Index Anatolicus
- ↑ Turks and Kurds Reported to have Massacred Men, Women, and Children, New York Times, 20 March 1915.
- ↑ Ağrı sosyal yaşam Webarxiv andozasida xato:
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh. - ↑ aerobilet. „Agri - Ankara Cheap Flight Ticket Fares“ (en). aerobilet. Qaraldi: 2019-yil 9-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Radikal-çevrimiçi / Politika / Bir vekilin öyküsü doğu kadınının dramı“. 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Arşivlenmiş kopya“. 2020-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-fevral.
- ↑ „Şahe Bedo Kimdir? - Güncel Şahe Bedo Haberleri“.