Aʼzam Oʻktam
Aʼzam Oʻktam (Aʼzam Xudoyberdiyev; 1960-yil 4-oktyabr) — Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida tugʻilgan shoir, tarjimon, jurnalist. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2002-yili 42 yoshida Toshkent shahrida vafot etgan[1].
Asarlari
tahrirSheʼriy toʻplamlari
tahrir- „Kuzda kulgan chechaklar“ (1989)
- „Kuzatish“ (1990)
- „Ziyorat“ (1992)
- „Taraddud“ (1993)
- „Ikki dunyo saodati“ (1998)
- „Qirqinchi bahor“ (2000)
Nasriy asarlari
tahrirFaoliyati
tahrirShoir „Qurʼoni karim“, „Muxtasar“, „Kamol et kasbkim…“, „Boburnoma“, „Shajarayi tarokima“, „Sabotul-ojizin“, „Toʻrt ulus tarixi“ kabi asarlarga muharrirlik qilgan. Jahon adabiyotining yetuk namoyandalari Andersen, R.Tagor, B.Dadye, N.Rubsov, V.Visoskiy asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan[2].
Shoir xotirasi
tahrirBahodir Karimov, filologiya fanlari doktori:
Aʼzam Oʻktamning adabiy shaxsiyati va qiyofasini, isteʼdodining asosiy qirrasini sheʼriy asarlari belgilaydi. Uning sheʼrlari hikmatli, iztirobli, oʻyinli, hisli, tazodli, tashbehli, irsoli masalli, piching-kinoyali. Ijodkorning sheʼrlarida „oʻz“ va „oʻzga“, „men“ va „sen“, „birov“ juftligi koʻp ishlatiladi. Lirik „men“ni aksar hollarda ijodkor meni bilan toʻla-toʻkis yonma-yon qoʻyishda xatolik yoʻq. Ammo, „sen“ hamda „birov“ning koʻlami keng. „Birov“ ortida yor, doʻst, dushman, shogird, ustoz kabi obrazlar va, hatto, „men“ ham turadi[3]
Manbalar
tahrir- ↑ „A’ZAM O’KTAM (1960—2002)“.
- ↑ „A’ZAM OʻKTAM IJODI BADIIYATI“.
- ↑ 1 „Марҳум Аъзам Ўктамни ёд этиб“. uforum.uz. Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.