Osiyo Chempionlar Ligasi 2Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan har yili oʻtkaziladigan Osiyo qit’asidagi klublari o‘rtasidagi futbol musobaqasi. Bu Osiyo chempionlar ligasi elitasidan past va AFC Chaqiruv Ligasidan yuqori oʻrinlarni egallagan Osiyo klub futbolining ikkinchi darajali musobaqasi boʻladi.

AFC Chempionlar Ligasi 2

Klublar oʻz milliy ligalari va kubok musobaqalaridagi natijalariga koʻra musobaqaga yoʻllanma oladi. Musobaqada AFC klublar oʻrtasidagi musobaqalar reytingiga koʻra Sharqiy mintaqadagi eng kuchli 12 va Gʻarbiy mintaqadagi eng yaxshi 12 mamlakat klublari ishtirok etishlari mumkin.

Har bir mintaqada 1–6-oʻrinlarni egallagan davlatlar ishtirokchilari OChL elitasiga yoʻllanma olmagan ushbu mamlakatda eng yuqori oʻrinni egallagan klublar ishtirok etishi mumkun. Har bir mintaqada 7–12-oʻrinlarni egallagan davlatlar oʻzlarining eng yaxshi klub(lar)iga toʻgʻridan-toʻgʻri Osiyo Chempionlar Ligasi 2 ga kirish imkoniyatini beradi[1].

2022-yil 23-dekabrda AFC klublari musobaqalari tuzilmasi belgilangan formatdagi oʻzgarishlarni e’lon qildi. Yangi rejalarga koʻra, Osiyo futbolining top-klublar musobaqasi Sharqiy va Gʻarbiy mintaqalarga boʻlingan holda, atigi 24 ta jamoadan iborat boʻlsa, ikkinchi darajali musoboqada 32 ta jamoadan iborat boʻlib, xuddi shu qatorlar bilan boʻlingan. Shuningdek, klublar oʻrtasidagi eng yaxshi ikki musobaqaga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan klublar uchun uchinchi turnir ham tashkil etilishi e'lon qilingan[2]. 2023-yil 14-avgust kuni yangi ikkinchi darajali musobaqa 2024/2025- yilgi mavsumdan boshlab Osiyo Chempionlar Ligasi 2 nomi bilan boshlanishi tasdiqlangan[3].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir