Aaron Ramsdale
Aaron Christopher Ramsdale (1998-yil 14-mayda tugʻilgan) - professional ingliz futbolchisi, "Arsenal" klubi va Angliya terma jamoasida darvozaboni sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aaron Christopher Ramsdale[1] | ||
Tavallud sanasi | 14-may 1998-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Stokontrent, Angliya | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Arsenal | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Marsh Town | |||
Bolton Wanderers | |||
2013—2016 | Sheffield United | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016—2017 | Sheffield United | 0 | (0) |
2017—2020 | AFC Bournemouth | 37 | (0) |
2018 | → Chesterfield (ijara) | 19 | (0) |
2019 | → AFC Wimbledon (ijara) | 20 | (0) |
2020—2021 | Sheffield United | 40 | (0) |
2021– | Arsenal | 37 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2016 | Angliya U18 | 2 | (0) |
2016—2017 | Angliya U19 | 12 | (0) |
2017—2018 | Angliya U20 | 5 | (0) |
2018—2021 | Angliya U21 | 15 | (0) |
2021– | Angliya | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 20-avgust holatiga koʻra uchun) |
Ramsdeyl oʻzining professional futboldagi faoliyatini "Sheffild Yunayted"da boshlagan va 2017-yilda AFC Bournemouth bilan shartnoma imzolagan. Chesterfield va AFC Wimbledon safiagi ketma-ket muvaffaqiyatli ijara mavsumlaridan soʻng, Ramsdeyl "Bornemouth"da bir mavsum oʻynadi va boshlangʻich 18 million funt sterling evaziga "Sheffield United" safiga qayta qoʻshildi. 2021-yilda Ramsdeyl "Arsenal"ga 30 million funt sterlingni tashkil etadigan rekord transferga imzo chekdi va klub tarixidagi eng qimmat darvozabon boʻldi.
Ramsdeyl Angliyaning U18 yosh toifasidan tortib kattalar jamoasigacha boʻlgan barcha darajalarida toʻp surgan va 2017-yilda UEFA U-19 Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan va Yevro-2022 da ikkinchi oʻrinni egallagan tarkib darvozaboni boʻlgan.
Jamoalardagi faoliyati
tahrirSheffield United
tahrir2013-yilda Ramsdeyl Bolton Uonderers yoshlar jamoasida oʻynaganidan soʻng "Sheffild Yunayted" tarkibiga qoʻshildi[3]. Sheffild Yunayted yoshlar akademiyasini bitirganidan soʻng[3] Ramsdeyl 2014-yilning may oyida klub bilan stipendiya imzoladi[4]. Ramsdeyl 2015-16 yilgi mavsumda " Coventry City" va "Scunthorpe United"ga qarshi oʻyinlarda ikki marta zaxiradan maydonga tushdi[5]. 2016-yilning may oyida u klub bilan ilk professional shartnomasini imzoladi[6].
Ramsdeyl oʻzining professional debyutini Angliya kubogida "Leyton Orient" ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda oʻtkazdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi[7]. U Angliya kubogi doirasida Bolton Wanderersga qarshi oʻyinda yana bir bor maydonga tushdi, ammo jamoa 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi[8].
AFC bournemouth
tahrir2017-yilning 31-yanvarida u Premyer-liganing AFC Bournemouth klubi tomonidan taxminan 800 000 funt sterling miqdoridagi toʻlov evaziga transfer qilindi[9]. Biroq bu transfer 1 million funt sterlingga tushgani haqida xabar tarqalgandi[10]. Ramsdeyl "Lester Siti"ga qarshi 2016-17 yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida zaxira oʻrindigʻidan joy olgan edi[11].
U 2019-yilning oktyabr oyida klub bilan yangi va uzoq muddatli shartnoma imzoladi[12]. Oʻsha oyda Ramsdeyl formasi yaxshi boʻlib, "Norwich City" va "Watford"ga qarshi oʻyinlarda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab, klubda oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[13]. Keyingi bir necha oyda ham uning formasi yaxshiligicha davom etdi, yanvar oyida bir qator ajoyib oʻyinlari, jumladan, Brighton & Hove Albionga qarshi oʻyindagi "Man of the match" va klub safida oyning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[14]. 10-avgust kuni Ramsdeyl klub muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[15].
"Sheffield United"ga qaytish
tahrir2020-yil 19-avgustda Ramsdeyl 18,5 million funt sterling evaziga toʻrt yillik shartnoma asosida Sheffield United safiga qaytdi[16][17][18]. 2021-yil may oyida u butun mavsum davomida darvozasini munosib qoʻriqlagani uchun Sheffild Yunaytedning yilning eng yaxshi futbolchisi vayilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi[19].
Arsenal
tahrir2021-yil 20-avgust kuni Ramsdeyl APLning "Arsenal” klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi[20]. Besh kundan soʻng Karabao kubogi doirasida “West Bromwich”ga qarshi safar oʻyinida debyut qildi va 6:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi[21]. U Premer-ligadagi debyutini 11-sentabr kuni “Arsenal” "Emirates” stadionida “Norwich City”ni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchgan oʻyinda oʻtkazdi va yana bir bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi[22]. Ligadagi quruq oʻyinlar seriyasidan soʻng 26-sentyabr kuni Shimoliy London derbisida "Tottenham" qarshi oʻz uyida 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda birinchi golini oʻtkazib yubordi[23]. 2021-yil noyabr oyida bir qator ajoyib oʻyinlardan soʻng Ramsdeyl Premer-ligada oktabr oyining eng yaxshi oʻyinchisi nominatsiyasiga nomzod boʻlgan sakkiz oʻyinchidan biri boʻldi, ammo yakunda sovrin “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohga topshirildi[24][25]. Shuningdek, klub muxlislarining 60% ovozi bilan 2021-yil oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi[26]. Noyabr oyida u yana 42% ovoz bilan mukofotni qayta qoʻlga kiritdi[27].
Xalqaro maydonda...
tahrirYoshlar jamoalari
tahrirRamsdeyl Angliyaning U18, U19, U20 va U21 terma jamoalari sharafini himoya qilgan[28].
2016-yilning avgustida Ramsdeyl Angliya U19 terma jamoasiga chaqirildi va u 2016-yilning 4-sentyabrida Belgiya U19 ga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi[29]. Ramsdeyl UEFA U-19 Yevropa chempionati 2017 bahslarida Angliya U19 terma jamoasi safida barcha beshta oʻyinda maydobga tushib[30] musobaqa gʻolibi boʻldi va turnir davomida beshta oʻyindan uchtasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi[31].
Milliy terma jamoa
tahrir2021-yil 25-may kuni Ramsdeyl kechiktirilgan UEFA Yevro-2020 chempionati uchun Gareth Southgate boshqaruvidagi kattalar jamoasining 33 kishilik boshlangʻich tarkibiga chaqirildi[32]. Dastlab u 26 kishilik yakuniy tarkibga kiritilmagan, darvozabonlar Dean Henderson, Sam Johnstone va Jordan Pickford undan oldin tanlab olingan edi[33], ammo Henderson jarohat olib, musobaqani tark etganidan soʻng, bir oʻyinda jamoaga chaqirilgan[34]. Ramsdeyl 2021-yil 15-noyabrda JCh-2022 saralash bosqichida San-Marinoga qarshi safarda 10:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda milliy terma jamoa tarkibidagi debyutini oʻtkazdi[35].
Shaxsiy hayoti
tahrirRamsdeyl "Vest Bromvich" muxlisidir; 2019-yilda jamoaning sobiq posboni Ben Foster unga qarshi oʻynaganida, uni hayratda qoldirganini izhor etgan edi[36].
Karyera statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2022-yil 20-avgust holatiga ko'a
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | Liga Kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Sheffield United | 2015–16 | League One | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | |
2016–17 | League One | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 2 | 0 | ||
Jami | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 2 | 0 | |||
AFC Bournemouth | 2016–17[37] | Premier League | 0 | 0 | — | — | — | — | 0 | 0 | ||||
2017–18 | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | |||
2018–19 | Premier League | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | ||||
2019–20 | Premier League | 37 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 37 | 0 | |||
Jami | 37 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 37 | 0 | ||||
Chesterfield (ijara) | 2017–18[38] | League Two | 19 | 0 | — | — | — | — | 19 | 0 | ||||
AFC Wimbledon (ijara) | 2018–19[39] | League One | 20 | 0 | 3 | 0 | — | — | — | 23 | 0 | |||
Sheffield United | 2020–21 | Premier League | 38 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | — | — | 42 | 0 | ||
2021–22[40] | Championship | 2 | 0 | — | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||||
Jami | 40 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | — | — | 44 | 0 | ||||
Arsenal | 2021–22 | Premier League | 34 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | — | 37 | 0 | ||
2022−23 | Premier League | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 3 | 0 | ||
Jami | 37 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 40 | 0 | |||
Faoliyati boʻyicha jami | 153 | 0 | 9 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 165 | 0 |
Xalqaro
tahrir- 2022-yil 14-iyun holatiga ko'ra[41]
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Angliya | 2021 | 1 | 0 |
2022 | 2 | 0 | |
Jami | 3 | 0 |
Sovrinlar
tahrirAngliya U19
- 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2017[30]
Angliya U21
- Tulon turniri: 2018[42]
Angliya
- UEFA Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin sohibi: 2020[43]
Individual
Manbalar
tahrir- ↑ „2018/19 Premier League squads confirmed“. Premier League (3-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2018-yil.
- ↑ „Aaron Ramsdale: Overview“. ESPN. Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Development Squad“. Sheffield United F.C. (1-avgust 2014-yil). 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
- ↑ „Welcome to the new scholars“. Sheffield United F.C. (8-may 2014-yil). 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
- ↑ „Coventry City 3 – 1 Sheffield United“. BBC Sport (30-aprel 2016-yil). Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
- ↑ „Professional deals for youngsters“. Sheffield United F.C. (6-may 2016-yil). 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
- ↑ „Sheffield United: Selfless George Long catches Blades boss Chris Wilder's eye“. The Star (7-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Bolton Wanderers 3 – 2 Sheffield United“. BBC Sport (4-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
- ↑ „AFC Bournemouth sign young 'keeper Aaron Ramsdale from Sheffield United“. AFC Bournemouth (31-yanvar 2017-yil). 1-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-fevral 2017-yil.
- ↑ „Sheffield United: Blades manager Chris Wilder explains why Aaron Ramsdale was allowed to depart“. The Star (1-fevral 2017-yil). Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
- ↑ „Leicester City 1–1 AFC Bournemouth“. BBC Sport (21-may 2017-yil). Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
- ↑ „Aaron Ramsdale: Bournemouth keeper signs new long-term deal“. BBC Sport (21-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 21-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Ramsdale voted October Player of the Month“. AFC Bournemouth (31-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 3-mart 2020-yil.
- ↑ „Ramsdale wins Player of the Month“. AFC Bournemouth (30-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 3-mart 2020-yil.
- ↑ „RAMSDALE YOUR PLAYER OF THE YEAR“. AFC Bournemouth (10-avgust 2020-yil). Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
- ↑ „Ramsdale Completes Sheffield United Move“. AFC Bournemouth. Qaraldi: 20-avgust 2020-yil.
- ↑ „Aaron returns as Blades sign exciting stopper“. Sheffield United F.C.. Qaraldi: 20-avgust 2020-yil.
- ↑ „Aaron Ramsdale: Sheffield United re-sign goalkeeper from Bournemouth“. BBC Sport (19-avgust 2020-yil). Qaraldi: 19-avgust 2020-yil.
- ↑ „End of Season Awards“. www.sufc.co.uk. Qaraldi: 26-may 2021-yil.
- ↑ „Aaron Ramsdale joins in permanent deal“. Arsenal F.C. (20-avgust 2021-yil). Qaraldi: 20-avgust 2021-yil.
- ↑ „West Bromwich Albion 0-6 Arsenal“. BBC Sport (25-avgust 2021-yil). Qaraldi: 25-avgust 2021-yil.
- ↑ „Arsenal 1-0 Norwich City“. BBC Sport (11-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Arsenal 3-1 Tottenham Hotspur“. BBC Sport (26-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Shortlist for October 2021 EA SPORTS Player of the Month“. premierleague.com. Premier League (6-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Salah wins October 2021 EA SPORTS Player of the Month award“. premierleague.com. Premier League (12-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Ramsdale is our October Player of the Month!“. arsenal.com. Arsenal F.C. (10-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Ramsdale is our Player of the Month... again!“. arsenal.com. Arsenal F.C. (8-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Profile – Aaron Ramdale“. The Football Association. Qaraldi: 13-mart 2017-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Ramsdale called-up“. Sheffield United F.C. (24-avgust 2016-yil). 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
- ↑ 30,0 30,1 „European Under-19 Championship: England beat Portugal in final“. BBC Sport (15-iyul 2017-yil). Qaraldi: 9-avgust 2017-yil.
- ↑ „RAMSDALE'S ENGLAND U19S MAKE EUROS FINAL“. AFC Bournemouth (12-iyul 2017-yil). 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
- ↑ „England name provisional Euro 2020 squad: Ben White, Ben Godfrey, Aaron Ramsdale and Sam Johnstone in“. BBC Sport (25-may 2021-yil). Qaraldi: 25-may 2021-yil.
- ↑ „Euro 2020: Trent Alexander-Arnold named in England's 26-man squad“. BBC Sport (1-iyun 2021-yil). Qaraldi: 15-iyun 2021-yil.
- ↑ „Euro 2020: Aaron Ramsdale replaces injured Dean Henderson in England squad“. BBC Sport (15-iyun 2021-yil). Qaraldi: 15-iyun 2021-yil.
- ↑ Hynter. „England confirm World Cup 2022 spot with 10-goal demolition of San Marino“. The Guardian (15-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 16-noyabr 2021-yil.
- ↑ „'It was great to share the pitch with him' - Ramsdale's respect for Watford stopper Foster“. Bournemouth Echo (27-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedsb1617
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedsb1718
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedsb1819
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedsb2122
- ↑ „Aaron Ramsdale“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 21-fevral 2022-yil.
- ↑ „Final fightback takes England U21S to Toulon hat-trick with win over Mexico“. The Football Association (9-iyun 2018-yil). Qaraldi: 10-iyun 2019-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Italy 1–1 England“. BBC Sport (11-iyul 2021-yil). Qaraldi: 17-iyul 2021-yil.
- ↑ „Ramsdale your player of the year“. AFC Bournemouth (10-avgust 2020-yil). Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
- ↑ 45,0 45,1 „End of Season Awards“. Sheffield United F.C. (23-may 2021-yil).