Aaron Wan-Bissaka (1997-yil 26-noyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premier League „Manchester Yunayted“ klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp suradi.

Aaron Wan-Bissaka
2019-yil Wan-Bissaka Manchester United safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aaron Wan-Bissaka[1]
Tavallud sanasi 26-noyabr 1997-yil (1997-11-26) (26 yosh)[2]
Tavallud joyi Croydon, Angliya
Boʻyi 6 feet 0 inches (1.83 m)[3]
Ampluasi Oʻng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Junior Elite
2009-2016 Crystal Palace
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2019 Crystal Palace 42 (0)
2019- Manchester United 89 (2)
Milliy terma jamoa
2015 DR Congo U20 1 (0)
2018 England U20 2 (0)
2018-2019 England U21 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-aprel uchun)

Wan-Bissaka faoliyatini „Crystal Palace“ da boshlagan va 2018-19-yilgi mavsumda klubning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2019-yilda u 45 funt sterling evaziga „Manchester Yunayted“ga oʻtdi.

U asli Kongodan boʻlib, 2015-yilda Kongo Demokratik Respublikasida 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar tarkibida bir marta maydonga tushgan. U tugʻilgan mamlakati Angliyada 20 yoshgacha va 21 yoshgacha vakillik qilishda davom etdi.

Yoshlik tahrir

Wan-Bissaka Londonning Kroydon shahrida tugʻilgan[4] va Kroydonning Nyu Addington shahrida oʻsgan va u yerda Good Shepherd katolik boshlangʻich maktabida oʻqigan[5].

Klubdagi faoliyati tahrir

Crystal Palace tahrir

 
Wan-Bissaka 2018-yilda „Crystal Palace“ safida

Wan-Bissaka 11 yoshidan boshlab Kristal Pelas akademiyasi tarbiyalanuvchisi edi[6], u yerda u qanot hujumchisi sifatida faoliyat boshlagan[7]. U 2016-yilning dekabr oyida klub bilan professional shartnoma imzolagan[8].

2017-yilgi mavsumoldi safarida Wan-Bissaka yangi bosh murabbiy Frank de Bur qoʻl ostida asosiy jamoa bilan bir qator oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnasha boshladi. Gollandiyalik murabbiy uni qanot himoyachisi sifatida oʻynatdi va bu yangi oʻyin uslubi Wan-Bissakaning mudofaa qobiliyatini oshirdi[9]. Biroq, mavsumning birinchi yarmida De Bur oʻng qanotda Timoti Fosu-Mensa yoki Martin Kellini oʻynashni afzal koʻrdi. Yangi bosh murabbiy Roy Xojson kelgach u Joel Uordni oʻng qanotda oʻynatishni afzal koʻrdi. U yangi murabbiy qoʻl ostida oʻyin amaliyotiga ega boʻla olmadi va Eagles U23 jamoasida ijarada oʻynashga toʻgʻri keldi[10][11][12].

2018-yilning 25-fevralida Wan-Bissaka Premer liga doirasidagi Selhurst Parkda „Tottenham“ga qarshi o‘yinda „Crystal Palace“ safida debyut qildi[13][14][15]. U mart oyida oʻtkazilgan toʻrtta oʻyinning ikkitasidan tashqari hammasida oʻynadi va muxlislarning 65 % ovozi bilan klubda oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[16].

2018-yilning 20-avgustida Crystal Palace "Liverpul"ga mag‘lub bo‘ldi[17]. Wan-Bissaka klubning avgust, sentabr, oktabr va mart oylaridagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi[18]. 2019-yilning 30-aprelida Wan-Bissaka mavsum davomidagi ko‘rsatkichlarida „Crystal Palace“ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[19].

Manchester Yunayted tahrir

2019-yilning 29-iyunida Wan-Bissaka Premer liganing „Manchester Yunayted“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. „Crystal Palace“ bu transferdan 45 million funt sterling miqdorida pul ishlab oldi[20]. „Manchester Yunayted“ bilan shartnoma imzolagandan soʻng, Wan-Bissaka barcha davrlarning oltinchi eng qimmat himoyachisiga aylandi va transfer paytida milliy terma jamoada oʻynamagan eng qimmat ingliz futbolchisiga aylandi[21][22].

Terma jamoadagi faoliyat tahrir

Wan-Bissaka Angliyada tugʻilgan va asli Kongodan[23]. Wan-Bissaka 2015-yil 7-oktabr kuni Kongo U20 terma jamoasi tarkibida Angliya U17 terma jamoasiga 8:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi[24]. Wan-Bissaka 2018-yilning mart oyida Angliyaning U20 terma jamoasiga chaqirildi[25]. U oʻzining debyutini Polshaga qarshi oʻtkazdi, oʻsha oʻyinda u maydondan chetlatildi[26].

Wan-Bissaka Angliya U21 terma jamoasiga ilk bor 2018-yil sentabrida chaqirilgan va 6-sentabr kuni Karrou Roudda Niderlandiya bilan 0:0 hisobidagi durang o‘yinda 90 daqiqa o‘ynab, debyut qilgan[27]. 2019-yil 27-may kuni Wan-Bissaka Angliyaning U21 futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa Chempionati-2019 uchun jamoa tarkibiga jalb etildi[28]. U turnirda bitta oʻyin oʻtkazdi, Franiyaga qarshi oʻyinda 2:1 hisobida magʻlub boʻldi va avtogol muallifiga aylandi[29].

2019-yil avgust oyida Wan-Bissaka Kosovo va Bolgariyaga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash oʻyinlari oldidan Angliyaning milliy terma jamoasiga birinchi chaqiruv oldi, ammo bel jarohati tufayli jamoani tark etishga majbur boʻldi[30][31].

Oʻyin uslubi tahrir

U oʻzining yakka kurashlari va himoyalanish qobiliyati bilan mashhur[32].

Shaxsiy hayot tahrir

2021-yil dekabr oyida Wan-Bissaka haydovchilik huquqidan mahrum qilingan va sug‘urtalanmagan mashinani haydash hamda tezlikni oshirishning ikkita qoidabuzarligi aniqlangan va Leeds Magistrates sudi tomonidan olti oyga mashina haydash taqiqlandi va 31,500 funt sterling miqdorida jarimaga tortildi. Uning advokatlarining aytishicha, u oʻzining qonunbuzarligidan bexabar, chunki u manzilini DVLAda roʻyxatdan oʻtkazmagan[33].

Yutuqlari tahrir

Manchester Yunayted

Shaxsiy sovrinlari tahrir

  • „Crystal Palace“ning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2017-18[35]
  • „Crystal Palace“ning eng yaxshi futbolchisi: 2018-19[36]
  • UEFA Yevropa ligasining mavsum tarkibi: 2020-21[37]

Manbalar tahrir

  1. „List of Players under Written Contract Registered Between 01/04/2018 and 30/04/2018“ (PDF). The Football Association. 2019-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Aaron Wan-Bissaka: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  3. „A. Wan-Bissaka: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  4. „Aaron Wan-Bissaka“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  5. Fifield, Dominic. „The rise of Aaron Wan-Bissaka: 'A lot of the time I can't get my head around it'“. The Guardian (2019-yil 8-fevral). Qaraldi: 2019-yil 8-fevral.
  6. „Wan-Bissaka Delighted To Debut“. Crystal Palace F.C. (2017-yil 20-iyul). Qaraldi: 2018-yil 25-fevral.
  7. Fifield, Dominic. „The rise of Aaron Wan-Bissaka: 'A lot of the time I can't get my head around it'“. The Guardian (2019-yil 8-fevral). Qaraldi: 2019-yil 8-fevral.
  8. Duthie, Shona. „Crystal Palace's Aaron Wan-Bissaka signs extended deal“. Sky Sports (2019-yil 7-aprel). Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  9. „Aaron Wan-Bissaka: My year in the Crystal Palace first team“. Sky Sports (2019-yil 9-mart). Qaraldi: 2019-yil 9-mart.
  10. „Report: Leicester City 0–3 Crystal Palace“. Crystal Palace F.C. (2017-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
  11. Dean, Sam; Tyers, Alan. „Brighton 2 Crystal Palace 1: VAR available, but not used, as Glenn Murray seals FA Cup third round tie“. The Daily Telegraph (2018-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
  12. „U23s Report: Crystal Palace 4–0 Colchester United“. Crystal Palace F.C. (2017-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
  13. Fifield, Dominic. „The rise of Aaron Wan-Bissaka: 'A lot of the time I can't get my head around it'“. The Guardian (2019-yil 8-fevral). Qaraldi: 2019-yil 8-fevral.
  14. „Wan-Bissaka Makes Eagles Debut“. Crystal Palace F.C. (2018-yil 25-fevral). Qaraldi: 2018-yil 25-fevral.
  15. Mullen, Andrew. „Crystal Palace 0–1 Tottenham Hotspur“. BBC Sport (2018-yil 25-fevral). Qaraldi: 2019-yil 11-may.
  16. „Wan-Bissaka Wins March's ManBetX Player of the Month“. Crystal Palace F.C. (2018-yil 5-aprel). Qaraldi: 2019-yil 9-mart.
  17. Begley, Emlyn. „Crystal Palace 0–2 Liverpool“. BBC Sport (2018-yil 20-avgust). Qaraldi: 2019-yil 9-mart.
  18. „Aaron Wan-Bissaka Wins ManBetX Player of the Month“. Crystal Palace F.C. (2019-yil 2-aprel). Qaraldi: 2019-yil 4-aprel.
  19. „Aaron Wan-Bissaka named Palace Player of the Season 2018/19“. Crystal Palace F.C. (2019-yil 30-aprel). Qaraldi: 2019-yil 11-may.
  20. Ornstein, David. „Aaron Wan-Bissaka: Man Utd sign Crystal Palace defender in £50m deal“. BBC Sport (2019-yil 29-iyun). Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  21. Poole. „Aaron Wan-Bissaka: The rapid rise of Man Utd's new £50m right-back“. BBC Sport (2019-yil 28-iyun). Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
  22. Watson. „The 12 most expensive uncapped English players“. Football365. Ole Media Group (2019-yil 29-iyun). Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
  23. „Aaron Bissaka: Jouer pour la RDC“ (fr). Footeo (2015-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
  24. Stonehouse. „England U17s hit eight in World Cup warm-up with DR Congo“. The Football Association (2015-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
  25. Veevers. „P's please, Keith“. The Football Association (2018-yil 15-mart). Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  26. „Poland 0–1 England U20s“. The Football Association (2018-yil 22-mart). Qaraldi: 2019-yil 26-fevral.
  27. „Wan-Bissaka Wins First Under 21 Cap in Netherlands Draw“. Crystal Palace F.C. (2018-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 26-fevral.
  28. „England U21s squad named by Aidy Boothroyd for this summer's Euro finals in Italy“. The Football Association (2019-yil 27-may). Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  29. Hunter, Andy. „England's Wan-Bissaka gifts France win at U-21 Euros despite penalty misses“. The Guardian (2019-yil 18-iyun). Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  30. „Aaron Wan-Bissaka & Tyrone Mings earn England call-ups for Euro 2020 qualifiers“. BBC Sport (2019-yil 29-avgust). Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  31. „Euro 2020 qualifiers: Aaron Wan-Bissaka out of England squad with back injury“. BBC Sport (2019-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-sentyabr.
  32. „Wan-Bissaka tops Premier League tackling table“. Manchester United (2019-yil 20-noyabr).
  33. „Aaron Wan-Bissaka: Man Utd defender given six-month driving ban“. BBC News (2021-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
  34. Stone, Simon. „Villarreal 1-1 Manchester United (11-10 on pens): David de Gea spot kick saved in epic Europa League final shootout“. BBC Sport (2021-yil 26-may). Qaraldi: 2021-yil 26-may.
  35. „Aaron Wan-Bissaka has been named as Crystal Palace's Young Player of the Season for 2017/18“. Crystal Palace F.C.. Qaraldi: 2018-yil 9-may.
  36. „Aaron Wan-Bissaka named Palace Player of the Season 2018/19“. Crystal Palace F.C. (2019-yil 30-aprel). Qaraldi: 2019-yil 11-may.
  37. „UEFA Europa League Squad of the Season 2020/21“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 28-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.