Andoza:Хребет

Abakan tizmasi — Gʻarbiy Sibirning janubi-sharqidagi togʻ tizmasi. Tom daryosi boshlaridan janubiy gʻarbga tomon Telets koʻligacha davom etadi. Uzunligi — 300 km. Oʻrtacha balandligi — 1400-1700 m, eng baland nuqtasi — 1984 m. Asosan metamorfik jinslardan tuzilgan: ularni granit, gabbro, diorit jinslari intruziyalari yorib chiqqan. Yon bagʻri 1700 m gacha igna bargli oʻrmonlar, undan yuqorisi togʻ tundrasi bilan qoplangan.

Adabiyotlar va manbalar roʻyxati tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil