Abasha (daryo)
Abasha (gruzincha: აბაშა , Mingrelian), shuningdek, Abashistskali (gruz. აბაშისწყალი) yoki Abashatskari (mingrelcha: აბაშაწყარი Gruziya respublikasidagi daryo[1].
Abasha | |
---|---|
Gachedili vodiysidagi Abasha daryosi | |
Tavsif | |
Uzunligi | |
Joylashuvi | |
Davlat | Gurjiston |
Abasha (daryo) |
Geografiya
tahrirAbasha daryosi Baldi qishlogʻi yaqinidagi Rachhitskali va Toba togʻ oqimlarining qoʻshilish joyida dengiz sathidan 325 metr (1,066 ft) balandlikda boshlanadi.
Abasha daryosi1928-yilda Abasha GESi qurilgan Gachedili (Gochkadili) qishlogʻi yaqinida kanyon hosil qilgan. Kanyondan 2010-yil iyul oyida Iliya davlat universiteti ekspeditsiyasi oʻtxoʻr dinozavrlar, shuningdek, soʻnggi boʻr davriga oid ammonitlar, braxiopodlar va dengiz kirpilarining izlarini topdi [2]. 2010-yil oktabr oyida Gachedili kanyoni Gruziya hukumati tomonidan qoʻriqlanadigan hududga aylantirildi.
Etimologiya va tarix
tahrir"Abasha" gidronimining afsonaviy etimologiyasi „Gruziya yilnomalari“ ning bir qismi boʻlgan qirol Vaxtang Gorgasalining 11-asr tarixida uchraydi, unda 735 yildagi arablar bosqinining hikoyasi bilan bogʻliq holda, toshqin daryo „Abash“ ga zarar yetkazgan deb taʼkidlaydi va bu voqeadan keyin daryo Abasha nomini olgani taxmin qilinadi[3].
Zamonaviy olimlar gidronimni erkak ismli Aba va -shi sifatlovchi qoʻshimchasining birikmasi sifatida koʻradilar yoki muqobil ravishda fors tilidan olingan ab (ạb, „suv“) va kichikroq -cha soʻzidan kelin chiqqan[4].
Abasha tarixiy Gʻarbiy Gruziyaning asosiy tumanlaridan birini bosib oʻtadi. Abasha vodiysida Chqondidining muhim oʻrta asr cherkovi joylashgan. 18—19-asrlarda Mingreliya knyazligining janubi-sharqiy okrugi ham baʼzan Abasha deb atalgan.
Manbalar
tahrir- ↑ "აბაშა" (Georgian). ქართული საბჭოთა ენცილოპედია [Georgian Soviet Encyclopedia] [Abasha]. 1. Tbilisi. 1975. p. 17.
- ↑ „Discovery of Paleontologists“. Ilia State University. Qaraldi: 2013-yil 29-iyun.
- ↑ Thomson, Robert W.. Rewriting Caucasian history: the medieval Armenian adaptation of the Georgian chronicles; the original Georgian texts and the Armenian adaptation. Oxford: Clarendon Press, 1996 — 244–245-bet. ISBN 0198263732.
- ↑ Kekelia, Igor (2012). Ioseliani, Khatuna. ed. "Vakhusti Bagrationi and the issues of historic geography of Abasha Gorge". Studies in History and Ethnology (Tbilisi: Ivane Javakhishvili Institute of History and Ethnology) XIV: 141–170. ISSN 1512-2727. http://institutehist.ucoz.net/_ld/1/138_Krebuli-khatuna.pdf. Qaraldi: 29 June 2013.Abasha (daryo)]]