Abbos (ism)
Abbos (arabcha: عباس abbas) — arabcha erkak ismi, arab tilidan tarjima qilinganda „sher“, „qoshlarini chimirgan“ degan maʼnoni anglatadi. Bu islom diniga eʼtiqod qiluvchi koʻplab xalqlar orasida keng tarqalgan ism. Abbos asosan Oʻrta Osiyo, Markaziy Osiyo (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston) Arab davlatlari, Shimoliy Kavkaz xalqlari (kabardlar, dargʻinlar, qoʻmiqlar, osetinlar, chechenlar, ingushlar va boshqalar) shuningdek, boshqirdlar va tatarlar orasida tarqalgan.
Oʻxshash shakllari
tahrirAbbosxon, Abbosbek, Mirabbos, Saidabbos, Abbosali, Abbosjon, Abbosboy.
- Abbos ibn Abd al-Muttalib — Abdulmuttalibning kenja oʻgʻli, Muhammad (sav)paygʻambarning amakilaring ismi.
- Abbos ibn al-Axnaf — arab lirik shoiri.
- Abbos Marvaziy (Abu-l-Abbos Marvaziy) — fors shoiri.
- Abbos Sikhhat — ozarbayjon shoiri va tarjimoni.
- Abas — Bagratidlar oilasidan boʻlgan arman shohi.
- Abbos Ferhat jazoirlik siyosat va davlat arbobi.
- Abbos Xoʻja hindistonlik produser, rejissor, ssenariynavis va yozuvchi.
- Abbos-Mirzo — Eron davlat arbobi, Ozarbayjon hokimi va Fath-Ali Shoh Qojarning vorisi.
- Abbos Posho (1813-1854) — Misr hukmdori.
- Abbos-biy — 15-asrning ikkinchi yarmidagi Noʻgʻay Oʻrdasining begi.
- Abbos II Hilmiy (1874-1944), Misrning soʻnggi Xidivi.
- Abu Abbos — Falastin ozodlik fronti rahbari
- Mahmud Abbos — falastinlik siyosatchi, 2003-yilda — Falastin maʼmuriyati bosh vaziri.
Familiyalar
tahrir- Abbosov
- Abasov