Arab davlatlari uyushmasi

Arab davlatlari uyushmasi – 1945-yilda arab davlatlari siyosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish, ular mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy hamda ma-daniy aloqa sohalarida hamkorligini rivojlantirish maqsadida tuzilgan mintaqaviy tashkilot. Arab davlatlari uyushmasi u.ga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning mustaqil arab mamlakatlari uyushgan. Arab davlatlari uyushmasi u. tashki-lotchilari – Misr, Suriya, Iroq, Iorda-niya, Livan, Saudiya Arabistoni va Yaman Respublikasidir. Keyinroq Arab davlatlari uyushmasiga Jazoir, Bahrayn, Jibuti, Quvayt, Liviya, Mavritaniya, Marokash, Qatar, Somali, Sudan, Tunis, Birlashgan Arab Amirli-klari, Yaman Xalq Demokratik Respubli-kasi, shuningdek Falastin Ozodlik Tash-kiloti a’zo boʻldi.Arab davlatlari uyushmasi u.ning rahbar organi – Kengash (Majlis) hisoblanadi, uning tarkibiga har a’zo mamlakatdan bitta vakil kiri-tiladi. Kengash oʻz majlislarini bir yilda ikki marta oʻtkazadi. Hamma a’zolar uchun majburiy qarorlar faqat yakdil ovoz bilan qabul qilinadi. Koʻpchilik ovoz bilan qabul qilingan qarorlar bularni qoʻllab-quvvatlab ovoz bergan mamla-katlar uchungina majburiydir. Kengash huzurida bir necha doimiy ishchi qoʻmita va qator ixtisoslashgan tashkilotlar tuzilgan, ular iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalari bilan shugʻullanadi, umumiy loyiha va dasturlar ustida ish-laydi. Arab davlatlari uyushmasi u. Kotibiyatini Bosh kotib boshqaradi. Arab davlatlari uyushmasi u- boshqaruv idorasi Qohira (Misr)da joylashgan. Arab davlatlari uyushmasi u. BMT huzuridagi kuzatuvchi tashkilot mavqeiga ega. 1960–70 yillarda Arab davlatlari uyushmasi u. a’zolarining soni koʻpaydi, ular iqtisodiy qudrati mustahkamlanib, umumiqtisodiy va siyosiy manfaatlari kuchaydi. Shu tu-fayli Arab davlatlari uyushmasi u. doirasida arab davlatlari hamkorligi kengaydi. Uyushmaning umu-marab bozori, Arab Taraqqiyot banki, arablararo oʻquv yurtlari, Narkotiklarga qarshi kurash olib boruvchi arab byurosi va "Arab press" axborot byurosini tu-zish boʻyicha dasturlar ishlab chiqildi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil