Nil
Nil (hozirgi misrliklar tilida — AlBahr; arabcha: النيل[1]; lotincha: Nilus, yun. Ntilos; inglizcha: Nile) — Afrikadagi daryo, Ruanda, Tanzaniya, Uganda, Sudan, Misr hududlaridan oqadi. Dunyodagi eng uzun daryo, uzunligi 6671 km, havzasining maydoni 2870 ming km². Daryoning bosh irmogʻi Sharqiy Afrikadagi Virunga togʻlaridan Katera nomi bilan boshlanib, Viktoriya koʻliga kelib quyiladi. Daryo mazkur koʻldan Viktoriya-Nil nomi bilan oqib chiqadi. Soʻng Koga va Albert koʻllaridan oʻtgach, dastlab Albert-Nil, soʻngra Bahr ulJabal deb ataladi. Yassitogʻ chegarasida koʻplab ostona va sharsharalar (Merchison va boshqalar) hosil qilgan. Sudan tekisligida vodiysi botqoqlangan, bu qismida daryo juda se-kin oqadi. Suvining katta qismi bugʻlanishga sarf boʻladi. Nil chapdan Bahr ul-Gʻazal va Bahr ul-Arab daryolari bilan qoʻshilgach, Oq Nil (Bahr ul-Abʼyaz) deb ataladi va Hartum shahrigacha chala choʻl va choʻl zonasidan oqadi. Oʻngdan Asva, Sabat, Koʻk Nil (Bahr ul-Azraq), Atbara kabi oʻnlab irmoqpar qoʻshilgan joydan Nil nomini olgan. Keyingi 3000 km li masofada, yaʼni Nil Oʻrta dengizga quyilguncha unga bironta ham irmoq kelib qoʻshilmaydi. Oʻrta dengizga maydoni 24 ming km² ga teng delta hosil qilib quyiladi. Deltasida katta va kichik juda koʻp tarmoqlarga boʻlingan koʻllar mavjud. Daryo suvining bir qismi Ibrohimiya kanali va Yusuf tarmogʻi orqali Birkat-Karun koʻliga quyiladi. Nildan chikarilgan Ismoiliya kanali Suvaysh kanali sohilidagi aholi punktlarini, Mahmudiya kanali Iskandariya shahrini chuchuk suv bilan taʼminlaydi.
Nil | |
---|---|
النيل | |
Tavsif | |
Uzunligi | 6 650 |
Havzasi | Oʻrta Yer dengizi |
Suv sarfi | 2 830 m³/s |
Suv oqimi | |
Boshlanishi | Viktoriya koʻli |
· Boshlanish joyi | Jinja, Uganda |
· Balandligi | 350 m |
Quyilishi | Oʻrta Yer dengizi |
· Quyilish joyi | Misr |
· Balandligi | 0 m |
Joylashuvi | |
Davlat | Uganda |
Nil |
Nilning suv rejimi mavsumlarga qarab keskin oʻzgarib turadi. Asvon shahri yonida oʻrtacha suv sarfi 2600 m³/sek. (maksimali 15000 m³/sek., minimali 400–500 m³/sek.), quyilish joyida 2900 m³/sek. Nilning ekvator qismidagi havzasida yoz va qish mavsumlarida, Misr va Sudanning markaziy va shimoliy hududlarida yoz — kuz oylarida suvi koʻpayadi. Daryoning kuyi ok,imida ayni jazirama yezda suv koʻpayadi. Toʻlinsuv davrining choʻqqisi sentabr oyiga toʻgʻri keladi. Oʻrtacha yillik oqim 73,1 km³. Baland Asvon toʻgʻoni qurilgunga qadar daryo quyi oqimiga yiliga 62 mln. m³ loyqa keltirgan. Nil suvi oqimini tartibga solib turish maqsadida Asvon, Baland Asvon toʻgʻonlari, Asvon, NagHammadi, Ul-Fayyum, Ouen-Fols GESlari qurilgan. Daryoning quyilish joyidan Asvon toʻgʻonigacha va oʻrta qismlarida kema qatnaydi. Nil va uning irmoqlarida kema qatnaydigan qismining jami uzunligi 32 ming km. Nil suvi baliqqa boy. Daryo boʻyida Qohira, Iskandariya, Xartum va boshqa shaharlar joylashgan. Nil vodiysi sugʻoriladigan deh-qonchilik asosida yuzaga kelgan qad. sivilizatsiya markazlaridan biri boʻlgan. Lhmad aaFartniy boshchiligida abbosiy xalifa al-Mutavakkilning buyrugʻi bilan 861-yilda Nil suvining sathini oʻlchaydigan inshoot qurilgan. Bu qurilma dastlab "Miqyosi jadid" (Miqyos an-Nil), keyinchalik Nilo-metr deb atalgan va hozirga qadar Sayyolat ul-Rod mavzesi (Ravzo o.)da saqlanib qolgan[2].
Nil suratlari va media-fayllar
tahrir-
Nildagi qayiq, Misr 1900
-
Sayohat kemasidan Nilga ochiladigan manzara, Misrdagi Luksor va Asvan oraligʻida -
Feluka Nil boʻylab Asvan yaqinida suzmoqda. -
Nilning Zamalek hududidagi qayiq, Qohira
-
Nil boʻyidagi botqoq -
Ugandadagi Nil -
Ugandadagi Nilni kesib oʻtayotgan qayiq -
Shahar chiroqlari sahroni boʻylab choʻzilgan daryo vodiysini belgilab bermoqda.
-
Nil daryosi Qohira boʻylab oqib oʻtib, qadimgi kundalik hayot tarzi va shaharning zamonaviy koʻrinishini ohangrabo qilmoqda.
-
Nildagi daryo va togʻlarning koʻrinishi
-
Nil qirgʻoqlari boʻylab yashovchi odamlar
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |