Abbos III (1732 — 1740) (forscha: شاه عباس سوم) Safaviylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi fors shohi.

Tarjimayi holiTahrirlash

Abbos shoh Taxmasp II ning oʻgʻlidir. 1732-yilning avgustida yirik Eron sarkardasi Nodir shoh Taxmaspni taxtdan agʻdarib, sakkiz oylik oʻgʻli Abbos III ni yangi shoh deb eʼlon qilib, uning qoʻl ostidagi davlatning haqiqiy hukmdori boʻldi. 1736-yilning martida Nodirshoh Abbosni ham taxtdan agʻdarib, oʻzini shoh deb eʼlon qildi. Abbos Sabzavordagi otasi Tahmaspning zindoniga tashlanadi.

1740-yilda Xuroson hokimi Rizoquli Mirzoning buyrugʻi bilan Nodirshohning toʻngʻich oʻgʻli sakkiz yoshli Abbos otasi Tahmasp bilan birga hibsda oʻldirildi.