Abbosbek Jumaqulov Faxriddin oʻgʻli (1999 — yil 1-iyun, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek futbolchisi, „Bunyodkor-2“ klubi yarim himoyachisi.

Abbosbek Jumaqulov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abbosbek Jumaqulov Faxriddin oʻgʻli
Tavallud sanasi 1-iyun 1999-yil
Tavallud joyi Qashqadaryo viloyati O'zbekiston
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018 Dinamo 2 (0)
2019 Bunyodkor 0 (0)
2020 Buxoro 6 (0)
2021-… Bunyodkor-2 20 (4)
2022 Energetik-BGU ijara 6 (0)
Milliy terma jamoa
Oʻzbekiston
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyatiTahrirlash

Dinamo (Samarqand)Tahrirlash

2018-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. Pro-ligada asosiy tarkibdagi debyutini 2018-yilning 21-iyun kuni „Mashal“ klubiga qarshi o‘tkazdi. U klubning asosiy tarkibida 2 ta oʻyin oʻtkazgan.[1]

BunyodkorTahrirlash

2019-yilda „Bunyodkor“ klubining yoshlar jamoasida o‘ynagan.

BuxoroTahrirlash

2020-yilda Oʻzbekiston Superligasida oʻynagan. U chempionatdagi debyutini 2020-yil 28-fevral kuni „Qo‘qon 1912“ klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. U klub safida 6 ta oʻyin oʻtkazgan va oʻyinlar oxirida zaxiradan maydonga tushgan. U maydonga oʻng qanot himoyachisi va qanot himoyachisi sifatida kirdi.[2]

Bunyodkor-2Tahrirlash

2021-yilda Birinchi ligada oʻynaydigan „Bunyodkor-2“ farm klubiga yoʻl oldi. U klubdagi debyutini 2021-yil 11-aprel kuni „Lokomotiv“ BFK klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va o‘yinning 32-daqiqasida penaltidan o‘zining birinchi golini kiritdi. Jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi. Debyut mavsumida u 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.[3]

Energetik-BGUTahrirlash

2022-yilning mart oyida u Belarusning Energetik-BGU klubiga ijaraga oʻtdi. U 2022-yil 29-may kuni Premer-ligada „Slaviya Mozir“ga qarshi o‘yinda klub safida debyut qildi, 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 84-daqiqada Mozir klubining jarima maydonchasida qoidabuzarlik ishladi. shundan soʻng uning jamoadoshi Abduqodir Xusanov penaltini aniq amalga oshirdi. 2022-yil iyul oyi oxirida u klubni tark etdi.[4][5]

ManbalarTahrirlash

  1. „Машъал vs. Динамо“ (ru). pfl.uz (21-iyun 2018-yil).
  2. „FK Kokand 1912 vs. FK Buxoro“ (en). transfermarkt.com (28-fevral 2020-yil). 30-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-may 2022-yil.
  3. „Бунёдкор-Фарм vs. Лoкомотив-БФК“ (ru). pfl.uz (11-aprel 2021-yil).
  4. „Аббосбек Джумакулов в «Энергетике»-БГУ“ (ru). energetikbgu.by (23-mart 2022-yil).
  5. „Узбекский хавбек Жумакулов покинул "Энергетик-БГУ"“ (ru). football.by (30-iyul 2022-yil).

HavolalarTahrirlash