Abdul Haq
Maulvi Abdul Haq (1870-yil 20-aprel – 1961-yil 16-avgust) olim va tilshunos hisoblanadi. Baʼzilar Abdul Haqni „Baba-e-Urdu“ (urdu tilining otasi) deb atashadi. Abdul Haq urdu tilining rivojiga katta hissa qoʻshgan va uni Pokistonning milliy tiliga aylantirishni talab qilgan[1][2].
Abdul Haq | |
---|---|
Tavalludi |
Abdul Haq 1870-yil 20-aprel |
Vafoti |
16-avgust 1961-yil (91 yoshda) Karachi |
Fuqaroligi | Pokiston va Britaniya Hindistoni |
Kasbi | Tadqiqotchi, olim va tanqidchi |
Imzosi | |
Yoshligi
tahrirAbdul Haq 1870-yil 20-aprelda Hindistonning Meerut tumanidagi (hozirgi Hapur tumani, Uttar-Pradesh shtati) Hapur shahrida tugʻilgan. Abdul Haq urdu tilining deccani, fors va arab tillariga yaqinligini rivojlantirgan shaxs hisoblanadi. Abdul Haq 1894-yilda Aligarh muslim universitetini tamomlagan. Universitetda Abdul Haq Shibli Nomani, Syed Ahmed Khan, Ross Masood, Mohsin-ul-Mulk, Syed Mahmood, Thomas Walker Arnold va Babu Mukharjee kabi siyosatchi va olimlar bilan birga tahsil olgan.
Universitetni tamomlaganidan soʻng Abdul Haq Haydarobod Deccanga bordi. U yerda Abdul Haq oʻzini urdu tilini oʻrganish, oʻqitish, tarjima qilish va takomillashtirishga bagʻishladi. Abdul Haq Syedning siyosiy va ijtimoiy qarashlaridan chuqur taʼsirlangan va uning xohishiga koʻra ingliz tili va ilmiy fanlarni oʻrgandi. Abdul Haq Syed Ahmad Khan singari urdu tilini Hindiston musulmonlarining hayoti va oʻziga xosligiga asosiy madaniy va siyosiy taʼsir koʻrsatuvchi vosita sifatida koʻrgan[3].
Abdul Haq „British Raj“ qoshidagi Hindiston davlat tashkilotiga qoʻshildi va Markaziy viloyatlarda joylashgan Aurangobod maktablarining viloyat inspektori etib tayinlanishidan oldin Dehlidagi Ichki ishlar boʻlimida bosh tarjimon boʻlib ishladi. Oʻsha yili Abdul Haq musulmon jamiyatida taʼlim va intellektuallikni rivojlantirish uchun 1886-yilda Syed Ahmad Khan tomonidan asos solingan Butun Hindiston Muhammadiy taʼlim konferensiyasining kotibi etib tayinlandi. Syed Ahmad Khan 1903-yilda Aligarhda Thomas Walker Arnold birgalikda „Anjuman Taraqqi-i-Urdu“ tashkilotiga asos solgan. 1912-yilda Abdul Haq „Anjuman Taraqqi-i-Urdu“ tashkilotiga kotib etib tayinlandi. Abdul Haqning kotiblik davrida tashkilot rivoj topdi bir qator jurnallarni nashr etildi. Masalan, 1921-yil yanvar oyida „Urdu“ jurnali, 1928-yilda „Science“ jurnali va 1939-yilda „Hamari zaban“ nomli jurnallar nashr etilgan[4]. Bu davrda Abdul Haq Osmania kolleji (Aurangobod) direktori lavozimida ham faoliyat yuritgan va 1930-yilda bu lavozimdan is’tefoga chiqqan[5].
Maʼrifiy va siyosiy faoliyati
tahrir1917-yil Haydarobod shtatida Nizam Usmon Ali Khan va Asif Jah VII tomonidan Osmania universiteti tashkil etilgandan soʻng, Abdul Haq universitetda talabalarga dars berish uchun Haydarobod shtatiga koʻchib oʻtdi.
Universitetdagi barcha fanlar urdu tilida oʻqitilgan va Haq taʼsiri ostida universitet urdu va fors adabiyotining homiysiga aylandi. Urdu tili fakulteti kafedrasi mudiri etib tayinlangan Abdul Haq Haydarobod shtatining maʼrifiy hayotida adabiyotshunos va yozuvchi sifatida maydonga chiqdi. Abdul Haq urdu tilidagi sheʼriy asarlarni, shuningdek, tilshunoslik, islom, tarix, siyosat va falsafaga oid risolalarni nashr etgan.
Abdul Haq zamonaviy urdu asarlarini tanqid qilgan va oʻz shogirdlariga adabiy mahorat va urdu tilini qadrlashni oʻrgatgan ilmiy tanqidchi edi. 1930-yilda Osmonia universitetida is’tefoga chiqqanidan soʻng, Abdul Haq keng qamrovli va nufuzli ingliz-urdu lugʻatini tuzish va tahrirlash ustida ishlay boshladi[6].
Abdul Haq musulmon ziyolilarning ijtimoiy-siyosiy organi boʻlmish „Anjuman-i-Himoyati-Islom“ tashkilotida ham faol boʻlgan. Abdul Haq shuningdek, 1903-yilda bir guruh urdu olimlari, ziyolilari va talabalari tomonidan tashkil qilinganAnjuman Taraqqi-i-Urdu (Urdu taraqqiyoti tashkiloti)ga ham rahbarlik qilgan. Tahkilot rahbari sifatida Abdul Haq dastlab intellektual mavzularga eʼtibor qaratgan, keyinroq 1930-yilda Abdul Haq tashkilotni hind millatchilarining Hindistonda milliy tili sifatida hind tilidan foydalanishni targʻib qilish kampaniyasiga qarshi norozilik namoyishlarida boshqargan. Abdul Haq Hindiston rahbari Mohandas Gandi va Hindiston Milliy Kongressining faoliyatiga tanqidiy fikrlar bildirgan va oʻzi Muhammad Ali Jinnah boshchiligidagi Butun Hindiston musulmon ligasiga qoʻshilgan.
Oʻlimi
tahrirKasallik va sogʻligʻining yomonlashishiga qaramay, Abdul Haq urdu tilidan barcha taʼlim muassasalari foydalanishini targʻib qilishda davom etgan. Abdul Haq Karachida Urdu kollejini tashkil qilish, taʼlim muassasalaridagi barcha fanlar urdu tilida oʻqitilishi va (1959-yilda) Milliy urdu konferensiyasini tashkil etish ustida ishlagan[7][8] Saraton kasalligidan aziyat chekkan Abdul Haq 1961-yil 16-avgustda Karachida uzoq vaqt davom etgan nogironlikdan soʻng vafot etdi[9].
Baba-e-Urdu nashrlari
tahrirUrdu adabiyotini rivojlantirish va targʻib qilishdagi yutuqlari uchun Abdul Haq rasmiy ravishda „Baba-e-Urdu“ deb ataladi. Abdul Haqning eng mashhur asarlari ingliz-urdu lugʻati, „Chand Ham Asar“, „Maktoobat“, „Muqaddimat“, „Tauqeedat“, „Qawaid-e-Urdu“ va „Debacha Dastan Rani Ketki“ kabilar hisoblanadi. Bugungi kunda „Anjuman Taraqqi-e-Urdu“ tashkiloti Pokistondagi muhim intellektual tashkilot boʻlib qolmoqda[10][11].
2004-yilda chiqarilgan esdalik pochta markasi
tahrirAbdul Haqning urdu adabiyotidagi xizmatlarini eʼtirof etgan holda, Pokistan pochtasi 2004-yil 16-avgustda oʻzining „Men of Letters“ turkumida Abdul Haqning sharafiga esdalik markasini chiqardi[12].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Homage paid to Baba-e-Urdu on his 55th death anniversary“. Dawn (newspaper) (2016-yil 17-avgust). Qaraldi: 2020-yil 16-iyul.
- ↑ „Profile and commemorative postage stamp of Baba-e-Urdu: Maulvi Abdul Haq“ (2004-yil 31-avgust). 2008-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-iyul.
- ↑ S Krishna Bhatnagar (1969) History of the M. A. O. College, Aligarh. Asia Publishing House.
- ↑ Newspaper. „Anjuman Taraqqi-i-Urdu — the movement lives on“ (en). DAWN.COM (2011-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
- ↑ „Profile and commemorative postage stamp of Baba-e-Urdu: Maulvi Abdul Haq“ (2004-yil 31-avgust). 2008-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-iyul.„Profile and commemorative postage stamp of Baba-e-Urdu: Maulvi Abdul Haq“. 31 August 2004. Archived from the original on 8 May 2008. Retrieved 16 July 2020.

- ↑ It became a predecessor of Federal Urdu University of Arts, Science & Technology
- ↑ „Homage paid to Baba-e-Urdu on his 55th death anniversary“. Dawn (newspaper) (2016-yil 17-avgust). Qaraldi: 2020-yil 16-iyul.„Homage paid to Baba-e-Urdu on his 55th death anniversary“. Dawn (newspaper). 17 August 2016. Retrieved 16 July 2020.
- ↑ „Profile and commemorative postage stamp of Baba-e-Urdu: Maulvi Abdul Haq“ (2004-yil 31-avgust). 2008-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-iyul.„Profile and commemorative postage stamp of Baba-e-Urdu: Maulvi Abdul Haq“. 31 August 2004. Archived from the original on 8 May 2008. Retrieved 16 July 2020.
- ↑ M Ayub Khan (1961). Speeches and Statements. Pakistan Publications.
- ↑ „Homage paid to Baba-e-Urdu on his 55th death anniversary“. Dawn (newspaper) (2016-yil 17-avgust). Qaraldi: 2020-yil 16-iyul.„Homage paid to Baba-e-Urdu on his 55th death anniversary“. Dawn (newspaper). 17 August 2016. Retrieved 16 July 2020.
- ↑ „Profile and commemorative postage stamp of Baba-e-Urdu: Maulvi Abdul Haq“ (2004-yil 31-avgust). 2008-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-iyul.„Profile and commemorative postage stamp of Baba-e-Urdu: Maulvi Abdul Haq“. 31 August 2004. Archived from the original on 8 May 2008. Retrieved 16 July 2020.
Havolalar
tahrir- Works by or about Abdul Haq at Internet Archive