Abdulahad Abdullayevich Abdullayev (1928-yilda tugʻilgan, OʻzSSR, Fargʻona viloyati, Margʻilon) —oʻzbek va sovet davlati va teatr arbobi, san’atshunos, tarjimon. Oʻzbekiston SSR davlat kinematografiya raisi.

Tarjimai hol

tahrir

Abdullayev 1928-yil Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida dunyoga keladi. Oʻrta maktabni bitirgach, 1951-yilda V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat universitetining sharq fakulteti bitiruvchisi boʻldi.

Oliygohni tamomlagandan soʻng Oʻzbekiston SSR Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarda faoliyat yuritib kelgan. Jumladan, kadrlar va ta’lim muassasalari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi, oʻrinbosar lavozimlarida, Oʻzbekiston SSR Madaniyat vazirligi san’at boshqarmasi boshligʻi, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasining ssenariy boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi madaniyat boʻlimi katta referenti, Toshkent shahridagi Hamza nomidagi akademik drama teatri (2001-yildanOʻzbek Milliy akademik drama teatri) direktori. , “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi direktori boʻlgan.

San’at arbobi Abdulahad Abdullayev  1974-yildan— Oʻzbekiston SSR Davlat kinematografiyasi raisi. Shu bilan birga, Toshkent xalqaro kinofestivalining Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi bosh direktori lavozimlarida ishlab kelgan.

Bundan tashqari, san’atshunos olim badiiy adabiyotlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

A.Abdullayev „Oʻzbekiston kinodramasi tarixi ocherklari“ (1963-yilda), „Oʻzbek kinosiga ellik yil“ (1976-yil), „Himoyalangan ekran. Kinofestival materiallari“ (1980-yilda), „Film va yillar“ va boshqa kitoblar muallifi sanaladi.

Mukofot va unvonlar

tahrir
  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni mukofoti (ikki martotaba),
  • • Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Havolalar

tahrir