Abdulaziz al-Buxoriy

Abdulaziz al-Buxoriy hanafiy faqihi

Abdulaziz al-Buxoriy (arabcha: عبد العزيز البخاري — Alouddin Abdulaziz ibn Ahmad ibn Muhammad al-Buxoriy) — hanafiy faqihi.

Abdulaziz al-Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1330-yil (hijriy 730-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi Hanafiy faqihi

Hayoti

tahrir

Abdulaziz Ahmad al-Buxoriy, asosan, usul al-fiqh ilmiga doir yozgan asarlari bilan tanilgan. Olimning hayoti haqida maʼlumotlar ko‘p emas. Fiqh taʼlimini amakisi Faxruddin Muhammad al-Maymurg‘iy va Hofizuddin Muhammad al-Buxoriylardan olgan. Shogirdlari orasidan Qavomuddin Muhammad al-Kokiy va Jamoluddin Umar al-Habboziy kabi mashhur hanafiy olimlari yetishib chiqqan.

Asarlari

tahrir

1. „Kashf al-asrār fӣ sharh usӯl al-Bazdavӣ“. Mazkur kitob al-Pazdaviyning hanafiy mazhabi usul al-fiqhiga oid asarining sharhi bo‘lib, muallif asarni yozishda Imom al-GʻazzoliyningMustasfā“ nomli asaridan ham foydalangan.

2. „Kashf al-asrār“ asari keyingi davr olimlari uchun ham muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Asar Qohira (1890-yil) va Istanbulda (1890-1891-yillar) to‘rt jildda nashr qilingan.

3. „Tahqӣq“ („Gʻā­ya at-tahqӣq“ yoki „Sharh al-Husāmӣ“). Usul al-fiqhga oid mazkur asar Husomuddin al-Axsikatiyning „Muntaxab“ nomli asariga yozilgan sharh hisoblanadi. Asar 1871-yil va 1876-yillarda Lakhnavda nashr qilingan.

Abdulaziz Ahmad al-Buxoriy fiqhiy asarlarga ham baʼzi sharhlar yozgan, jumladan, Burhonuddin al-Marg‘inoniyning „Al-Hidāya“ asarini sharh­lashni boshlagan, ammo bu sharhini tugatmasdan, aynan „Kitāb an-nikāh“ bobiga yetganda vafot etgan. Shuningdek, uning „Risāla fӣ taxrӣj masāil zavi-l­-arhām fi-l-farāiz“, „Al-Arbaʼӯn fi-l-hadӣs“, „Kitāb al-afniya“ asarlari ham bor[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Abdulaziz al-Buxoriy. Kashf al-asrār. — Is­tanbul: 1892. I, 3-4;
  • Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. — Qohira: 1978-79. II, 428;
  • Ibn Qutlub­g‘o. Tāj at-tarājim. — Bag‘dod: 1962. 35;
  • Hoji Xalifa. Kashf az-zunӯn. I, 112; II, 1395;
  • Az-Zirikliy. Al-Aʼlām. — Qohira: 1954-59. IV, 137;
  • Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. — Damashq: 1957-61. V, 242;
  • Brockelmann. GAL. Suppl., I, 637, 654; II, 268;
  • Seyyid Bey. Üsül-i Fıkıh. — İstanbul: 1333. 53-54, 193;
  • Fahrettin Atar. "Abdülazîz el-Buhârî". TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 186-187.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.