Abdulazizxoʻja madrasasi

O'zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyatidagi Xo'ja Abdulaziz madrasasi

Abdulazizxoʻja madrasasi – Meʼmoriy yodgorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Madrasa
Abdulazizxoʻja madrasasi
Abdulazizxoʻja madrasasi (2024-yil)
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Manzil Darvozatutak MFY, Nasaf ko'chasi 309-uy
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Homiylar Abdulazizxoʻja
Asosiy sana:
1909-yil
Holati Arxitektura yodgorligi
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Tarixi

tahrir

Madrasa Xoʻja Abdulazizboy tomonidan 1909-yilda qurilgan. U Qarshining oʻziga toʻq, saxovatli, ilmli kishilardan boʻlgan. Hozirda madrasa Qarshi shahrining „Eski shahar“ qismi Odina bogʻida joylashgan.

Arxitekturasi

tahrir
 
Abdulazizxoʻja madrasasi hovli qismi
 
Abdulazizxoʻja madrasasi ichki qismi

Madrasa peshtoqida uning qachon bino etilganligi yozilgan lavh bor. Madrasa anʼanaviy udumga rioya qilib bunyod etilgan. Chiroyli tarxga ega bino ikki qavatdan iborat. Uning birinchi va ikkinchi qavatidagi hujralar har xil shaklga ega. Kirish qismidagi peshtoq baland boʻlib, u binoga salobat berib turadi. Peshtoqning yon tomoniga qubbachalar ishlangan, ularga koshin bezaklar berilgan. Madrasaning ichki tomonida bu xildagi bezaklardan foydalanilmagan. Madrasa binosiga ishlatilgan gʻishtlar ham bir xilda emas. Binoning pastki tarafidan baland joylashgan qubbaga hadar kichik hajmli gʻishtlar ishlatilgan. Peshtoq va uning yon qismiga esa shakli turlicha gʻishtlar terilgan. Bino poydevori juda pishiq. Madrasaning old hismi bezaklarga ega boʻlmasada, oʻziga xos mahobat sezilib turadi[3].

Madrasaning hajmlari boʻyiga – 26 metr, eniga – 24 metrni tashkil qiladi. Uning 27 ta hujrasi bor. Hovlisi 14+14 metrli kvadrat shaklga ega, uning oʻrtasida yigʻilgan suvlar oqib kegadigan tarnovi (kanalizatsiya) boʻlgan. Markaziy peshtoq biqinida ikkinchi qavagga olib chiqadigan zina mavjud. Hozirgi kunda madrasada viloyat „Xuarmand“ uyushmasi joylashgan[4].

Adabiyotlar

tahrir
  • Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 647-bet. ISBN 5-633-01899-0. 
  • Nasriddinov K, Xujayarov U. Qarshi shahrining me'moriy yodgorliklari, Yangi asr avlodi, Toshkent, 2011 — 136-bet. ISBN 978-9943-08-629-6. 

Manbalar

tahrir
  1. „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 – 504-505-betlar
  4. Nasriddinov K, Xujayarov U. Qarshi shahrining meʼmoriy yodgorliklari, Yangi asr avlodi, Toshkent, 2011 – 30-33-betlar