Abdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich (1918.30.12, Turkiston shahri) — rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1968), Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi faxriy aʼzosi (1997). Samarqand badiiy bilim yurtida (1931 — 36) va Moskva badiiy institutida (1938 — 41) taʼlim olgan. Ijodini manzara va portretlar chizish bilan boshlagan („Hovuz boʻyida“, 1932; „Yoz“, 1937; „Doʻstim por-treti“, 1937). Kishilarning holat va kayfiyati, maʼnaviy, yorkin qiyofalari mohirona ifodalangan portretlari bilan mashhur: „Abror Hidoyatov Otello roli-da“ (1946), „Mannon Uygʻur“ (1946), „Oy-bek“ (1949), „Nazarali Niyozov“ (1949), „Jiyan Shahlo“ (1959), „Komil Yashin“ (1960), „Navoiy“ (1973), „YO. Toʻraqulov“ (1975), „O. Sodiqov“ (1978) va boshqa; shu-ningdek ruhiy dunyosi va kechinmalari ifodali tasvirlangan („Muallif por-4treti“, 1937; „Muallifning qirgʻiz qalpok kiygan portreti“, 1980; "Mu-allifning 15-asr kiyimidagi portreti, 1984 va boshqalar) bir qator avtoportretlar ham yaratdi. Manzaralar („Yomgʻirdan soʻng“, 1954; „Bahor keldi“, 1955; „Xumsonda“, 1961 va boshqalar), natyurmortlar („Olma“, 1962; „Uzum va shaftoli“, „Qovun bilan xandalak“, 80-yillar va boshqalar) muallifi. 1957-yil Hindiston safari taassurotlari asosida bu oʻlka manzaralari („Tongda Tojmahal“), kishilari (I. Gandi, S. Ketchlu)ni etyud va kartinalarida aks ettirgan. 80-yillarda Oʻzbekistonning mashhur kishilarining portretlarini ishladi. Asarlari xalqaro koʻrgazmalarda namoyish kilingan. Navoiy portretini yaratish ustida izlanishlar mahsuli sifatida yuzaga kel-gan asarlari Toshkentdagi Adabiyot muzeyida (1968), Andijon adabiyot va sanʼat muzeyida (1969), Oʻzbekiston sanʼat muzeyida (1980-84) va boshqa joylarda saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan (1998). Ad.: A. Abdullayev: Albom reproduksiy, T., 1983.

Abdulhaq Abdullayev
Haqiqiy ismiAbdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich
Tavalludi 30-dekabr 1918-yil
Turkiston (shahar)
Mashhur suratlari Hovuz boʻyida
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq rassomi

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil