Abdulla Qodiriy – oʻzbek rejissor iUmid Hamdamov tomonidan 2021-yilda suratga olingan film[1][2][3]. Film oʻzbek romanchiligining asoschisi, XX asrning yirik namoyondasi hamda taniqli oʻzbek jadidi Abdulla Qodiriy hayotini hikoya qiluvchi oʻzbek biografik hujjatli filmi. Film davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi. Film oʻzbek yozuvchi Farrux Jabborovning „Assalomu alaykum, dorning ogʻochi“ nomli essesi asosida suratga olingan.

Abdulla Qodiriy filmi
Rejissyor(lar) Umid Hamdamov
Prodyuser(lar) Anvar Madraimov
Ssenariynavis(lar)
  • Farrux Jabborov
  • Iqbol Qoʻshshaeva
  • Umid Hamdamov
Kinematografiya Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi
Operator(lar)
  • Jahongir Ibragimov
  • Jahongir Abdurahmonov
Studiya(lar) Cinerama Entertainment
Chiqarilgan sanasi 2021-yil 25-dekabr
Davomiyligi 45 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Suratga olinishi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilda „Adiblar xiyoboni“ majmuasiga tashrifi chogʻida, berilgan topshiriq yuzasidan „Xalq yuragi“ turkumi ostida suratga olishi boshlangan[4].

Film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi, Toshkent davlat texnika universiteti hamda „Cinerama Entertainment“ studiyasi hamkorligida suratga olingan[5]. Suratga olish ishlari 2019-yil oxirida boshlangan. Filmda Qodiriyning 1926-yildan boshlab hayoti aks etadi.

Rollarda

tahrir
  • Erkin Bozorov – roviy
  • Elyorbek Atabayev – Abdulla Qodiriy
  • Poʻlat Normatov – Kalvak maxsum, Toshpoʻlat tajang

Fikrlar

tahrir

„Oʻzbekiston yoshlari forumi – 2021“ doirasi filmning premyerasi oʻtkazilgan. Unda bir qator oʻzbek ziyolilari ishtirok etib, oʻz fikrlarini bildirishgan[6]:

Filologiya fanlari nomzodi Nazira Toshpoʻlatova

Taniqli publisistlar Farrux Jabborov va Iqbol Qo‘shshayevalar tomonidan yozilgan ssenariy publisistik ifodaning ustunligi, hayotiyligi va detallarga boyligi bilan tomoshabin eʼtiborini o‘ziga tortadi. Rejissyor Umid Hamdamov mehnati ham shunga yarasha bo‘lgan. Filmda Abdulla Qodiriy shaxsi, uning mashaqqatli hayoti, o‘sha davrning murakkab manzaralari, adib yaratgan asarlari, obrazlaridagi ishoralar orqali ochib berilgan.

Ijodkor Mehrinoz Abbosova:

So‘zni siyosatdan ustun qo‘ygan Abdulla Qodiriy shaxsiyati va ijodiga berilgan to‘g‘ri va xolis qarash uchun, bugungi kun ziyolilariga qaratilgan muhim xulosalar uchun ham film ijodkorlariga rahmat.

Manbalar

tahrir