Mehrinoz Abbosova

oʻzbek shoirasi va davlat arbobi

Mehrinoz Abbosova (toʻliq ismi: Mehrinoz Nosirjon qizi Abbasova; 1995-yil 23-iyul; Chortoq tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbek shoirasi[1]. Xalqaro jurnalist va adabiyotshunos. Respublika yosh ijodkorlar kengashining ilk raisi (2017—2022). Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi (2018). Shuhrat medali sohibasi (2017). Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori (2012)[2]. Shoiraning „Men yoshlikman“ (2011) va „Yulduzrang qoʻshiqlar“ (2014) nomli kitoblari Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi tavsiyasi bilan chop etilgan. Hozirda u Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Mehrinoz Abbosova
Mehrinoz Nosirjon qizi Abbasova
 Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Mansab davri
2022-yil 11-fevraldan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Qobuljon Ahmedov
 Respublika yosh ijodkorlar kengashining raisi
Mansab davri
2017-yil 19-iyundan – 2022-yil 11-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi lavozim joriy etilgan
Vorisi Muhammadxon Yusupov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Mehrinoz Nosirjon qizi Abbasova

23-iyul 1995-yil (1995-07-23) (29 yosh)
Chortoq tumani
Namangan viloyati
Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Turmush oʻrtogʻi Xushnud Xudoyberdiyev
Bolalari Mustafo Gʻayratov
Onasi Muqaddasxon Dehkanova
Otasi Nosirjon Dehkanov
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Taʼlim Bakalvriat: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Magistratura: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Kasbi xalqaro jurnalist, adabiyotshunos.
Dini islom
Maʼlumoti oliy
Mukofotlari
Vebsayti MehrNoz

Mehrinoz Abbosova 2017-yilda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eʼtiboriga tushgan va talabalik chogʻida yangi tashkil etilgan Respublika yosh ijodkorlar kengashi raisligiga prezidentning taklifi bilan tayinlangan. Uning qoʻl ostida kengash tomonidan ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻplab forumlar, festivallar, tanlovlar, anjumanlar va ijtimoiy loyihalar oʻtkazilgan. Hozirda esa bir nechta katta loyihalarni, xususan WikiStipendiya marafonining tashkillashtirilishi va oʻtkazilishi jarayonlarida oʻzining katta hissasini qoʻshib kelmoqda.

Hayoti

tahrir

Mehrinoz Abbasova 1995-yil 23-iyulda Namangan viloyati Chortoq tumanida tavallud topgan. Oilada 3 farzandning kenjasi. Mehrinoz otasi Nosirjon Dehkanovni oʻzining eng birinchi ustoziligini aytib, bolaligini eslab shunday deydi[3]:

… Endi anglasam, dadam bolaligimdan fikrlarim, orzularim, maqsadlarim bilan hisoblashganlar. O‘zimga nisbatan kuchli ishonch uyg‘otganlar. Har doim dunyodagi eng yaxshi dadaning, xokisor va halol odamning qizi ekanimdan faxr tuyaman[3].

 
Shavkat Mirziyoyev va Mehrinoz Abbosova. WikiStipendiya loyihasi boʻyicha boʻlib oʻtgan loyiha taqdimotidan bir lavha. 2022-yil 30-iyun

Mehrinoz Abbasovaning bolaligi Chortoq tumani va Namangan shahrida oʻtgan. U dastlab 2002-yilda tumandagi 45-sonli oʻrta maktabda oʻqishni boshlagan. 2004-yilda oilasi Namanganga koʻchganidan soʻng, shahardagi 57-sonli oʻrta maktabda (2004—2007), 57-sonli ixtisoslashgan maktabda (2007—2011), 2011-yildan Namangan davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyda taʼlim olgan. 4-sinfdan ingliz tili kurslarida oʻqigan. Badiiy gimnastika, raqs toʻgaraklariga qatnashib, musiqa maktabida fortepiano va dutor chalishni oʻrgangan[3]. Toshkent meditsina institutida oʻqishni, vrach boʻlishni va bir kun kelib Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotida ishlab, butun dunyo boʻylab ekologik jihatdan noqulay mintaqalar aholisini davolashni orzu qilgan[4].

Sheʼriyatga qiziqib, yoshligidan Namanganning taniqli adiblari – Ziyoviddin Mansur, G‘ulomjon Akbarov va boshqalar bilan yaqindan tanishgan[4]. 2012-yilda esa adabiyot yoʻnalishi boʻyicha Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori boʻlgan. Shoiraning „Men yoshlikman“ (2011)[5] va „Yulduzrang qoʻshiqlar“ (2014) nomli kitoblari Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi tavsiyasi bilan chop etilgan[6].

Shoira 2014-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. 2017-yilda Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida chiqish qildi va shu chiqishi tufayli Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eʼtiboriga tushdi. Prezidentning taklifi bilan Mehrinoz Abbosova talabalik chogʻidayoq yangi tashkil etilgan Respublika yosh ijodkorlar kengashining raisi lavozimiga tayinlandi[7]. Kengash tomonidan ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Mehrinoz Abbosovaning qoʻl ostida „Respublika yosh ijodkorlar forumi“, „Oʻzbekiston bahori“, „Samarqand sheʼr oqshomlari“, „Toshkent ilhomlari“ festivallari; „Buyuklar biz bilan“, „Izhor“, „Duel“ tanlovlari; „Tarjimonlar haftaligi“, „Zomin jilgʻalari“ anjumanlari; „Orol odamlari“, „Cheksiz ijod-cheksiz imkon“ ijtimoiy loyihalari oʻtkazildi. 2017-yilda Shuhrat medali sohibasi boʻldi[8][9].

2018—2020-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oliy adabiyot kursida magistratura bosqichini tamomladi. 2018-yilda Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasiga aʼzo boʻldi. 2022-yil 11-fevraldan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelyapti[10][11].

Mehrinoz Abbosova Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligida bir nechta katta loyihalarni, xususan WikiStipendiya marafonini tashkillashtirilishi va oʻtkazilishi jarayonlarida oʻzining katta hissasini qoʻshib kelmoqda. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 30-iyunda Yoshlar kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirda soʻzlagan nutqda bu toʻgʻrida toʻxtalib shunday dedi[12][13]:

… Men hozirgina uchrashgan Mehrinoz Abbosova boshchiligidagi bir guruh tashabbuskor yoshlar tomonidan dunyoning eng ommabop elektron ensiklopediyasi – Vikipediyaga 10 mingdan ortiq oʻzbek tilidagi maqolalar joylanganini eshitib, xursand boʻldim[13].

 
WikiStipendiya matbuot anjumani

2023-yil 7-sentyabr kuni Mehrinoz Abbosovaning turk tiliga tarjima qilingan sheʼrlari „Gerçek Fethiye Gazetesi“da eʼlon qilingan[14]. Shuningdek, 2023-yildan boshlab taniqli adabiyot va sanʼat vakillari bilan ochiq suhbat tarzida olib boriladigan yangi video kontent – „Aslida“ loyihasiga asos solgan[15].

Oilasi

tahrir

Mehrinoz Abbasovaning turmush oʻrtogʻi taniqli oʻzbek bloggeri va huquqshunosi – Xushnud Xudoyberdiyev[16]. Ularning Mustafo ismli oʻgʻli bor[17].

Adabiyotlar

tahrir
  • Ummatov R. Gʻaznai Namangon/ Ensiklopediya (3-jildli) 1-kitob/ Oltin odamlar. Toshkent: „Sharq“, 2022 — 448-bet. ISBN 978-9943-8832-1-4. 

Manbalar

tahrir
  1. Rustamjon Ummatov. Gʻaznai Namangon. Toshkent: Sharq — 9-bet. 
  2. Ummatov R 2022, s. 9.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Nonsiz qolsada “kontrakt” to‘lagan, loy ko‘chada qizini yelkasida ko‘tarib katta qilgan – otalar haqida to‘rt ta’sirli hikoya“. Oyina.uz (2022-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  4. 4,0 4,1 „В Намангане вышла первая книга юной поэтессы“. Uzinform.com (2012-yil 1-aprel). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  5. „M. Abbosova. Men yoshlikman“. Ziyouz.com. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  6. „Mehrinoz Abbosova (1995)“. Ziyouz.uz (2020-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  7. „Prezident Zulfiya mukofoti sohibasini uyushmaga rais etib tayinladi“. Kun.uz (2017-yil 19-iyul). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  8. „Mirziyoyev farmoni bilan bir guruh yoshlar mukofotlandi“. Kun.uz (2017-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  9. „Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yosh avlod vakillarini mukofotladi“. Daryo.uz (2017-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  10. „Abbosova Mehrinoz Nosirjon qizi“. Yoshlar.gov.uz. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  11. „Mehrinoz Abbosova Yoshlar ishlari agentligi rahbarining maslahatchisi etib tayinlandi“. Oyina.uz (2022-yil 14-fevral). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  12. „Internetda o‘zbek milliy kontentini rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi“. Xabar.uz (2022-yil 30-iyun). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  13. 13,0 13,1 „Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalarni koʻpaytirishga 10 mlrd soʻm ajratildi“. Oyina.uz (2022-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  14. Gazetesi, Gerçek Fethiye „MEHRİNOZ ABBASOVA- ÖZBEKİSTAN - Coşkun Karabulut / Kültür Sanat“ (tr-TR). https://www.gercekfethiye.com/yazi/coskun-karabulut/mehrinoz-abbasova-ozbekistan/3855/ (2023-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  15. „“O‘zbek adabiyotining tirik ensiklopediyasi edi”. Jamoatchilik akademik Naim Karimov haqida – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta.uz“ (uz-Latn). Газета.uz (2023-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
  16. „Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich haqida“. Malumot.ru (2021-yil 23-aprel). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  17. „Mehrinoz Abbosova. Yangi she’rlar“. Kh-davron.uz (2020-yil 15-aprel). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.

Havolalar

tahrir