Duel“ ijodiy tanlovi — Oʻzbekistonda yosh ijodkorlarni kashf etish va ragʻbatlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi va Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov. 2019-yilda asos solingan[1].

Duel ijodiy tanlovi
Shiori Faqat ijod, faqat so'z!
Ishga tushgan sanasi 15-sentabr, 2019-yil(2019-09-15)
Asoschi(lar)i Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Yosh ijodkorlar kengashi
Til(lar)i Oʻzbek
Duel ijodiy tanlovining 2021-yilgi mavsum g'olib va sovrindorlari

Tashkil etilishi va tarixiTahrirlash

2019-yilTahrirlash

„Duel“ ijodiy tanlovi 2019-yilda nazm yoʻnalishida oʻtkazilgan. Saralash boshqichlar Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti binosida tashkil etilgan. 16 nafar yosh ijodkorlar bellashishgan. Final bosqichi yoshlar press klubida boʻlib oʻtgan va Madaniyat va marifat telekanali orqali efirga uzatilgan.

2020-yilTahrirlash

Ushbu yilda ham tanlov faqat nazm yoʻnalishida tashkil etilgan. Gʻoliblik uchun 32 nafar yosh shoir kurash olib borgan. O‘tkazilgan yarimfinal bahsidan keyin Feruza Xayrullaeva va Jontemir Toshtemirov «Duel»ning final bosqichiga yo‘l olgan. Ularning o‘zaro bellashuvida esa Jontemir Toshtemirov g‘olib deb topilgan. Sovrin jamgʻarmasi 15 mln soʻmni tashkil etgan. Final bosqichi yoshlar press klubida boʻlib oʻtgan va Madaniyat va marifat telekanali orqali efirga uzatilgan.

2021-yilTahrirlash

Bu yilda tanlov respublika miqiyosida nazm, nasr, badiiy tarjima va tasviriy sanʼat yoʻnalishlarida tashkil qilingan. Qatnashishi uchun 8 mingga yaqin arizalar kelib tushgan. Tanlovning viloyat bosqichlari ham tashkil etilib respublika bosqichiga saralash vazifasini oʻtagan.hududiy bosqich finallari efirga uzatilgan. Respublika bosqichida 64 nafar yosh ijodkor 4 ta yoʻnalishda gʻoliblik uchun kurashgan. Respublika bosqichi finali Adiblar hiyobonida tashkil qilingan boʻlib sovrin jamgʻarmasi 500 million soʻmni tashkil qilgan.Duel yakunida birinchi o‘rin g‘oliblariga 25 million, ikkinchi o‘rin egalariga 15 million, Respublika bosqichiga chiqqan qolgan ishtirokchilarga esa 5 million so‘mdan pul mukofotlari topshirilgan [2]

G‘oliblariTahrirlash

 
Duel ijodiy tanlovining 2020-yilgi mavsum g'olib va sovrindorlari
Yil Yoʻnalish finalchi gʻolib
2019 Nazm Mansur Jumayev Muhammadsiddiq Alijonov
2020 Nazm Feruza Hayrullayeva Jontemir Toshtemirov
2021 Nazm Suhrob Ziyo Shahriyor Shavkat
Nasr Firdavs Shokirov Shavkat Doʻstmuhammad
Badiiy Tarjima Shohrux Usmonov Alisher Sabriy
Tasviriy sanʼat Oʻktam Isergapov Ulugʻbek Yusupov

HakamlikTahrirlash

2021-yilgi mavsum uchun bir qator katta ijodkorlar hakamlik uchun taklif qilingan. Finalga chiqqan ijodkorlarning ishlarini Murod Muhammad Do‘st, Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Usmon Azim, Aziz Said, Odil Ikrom, Ortiqali Qozoqov kabi hakamlar baholab borishgan.

ManbalarTahrirlash

  1. „Duel loyihasi o'tkazildi“. Kun.uz (28-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
  2. „“Duel” yangi nomlarni kashf etishni boshladi“. Yoshlar.gov.uz (16-iyun 2021-yil). Qaraldi: 8-iyul 2022-yil.