Abdullaboy madrasasi
Bu madrasaning qaerda joylashganini aniq emas. Uning nomi faqat bitta ariza hujjatida uchraydi.
Abdullaboy madrasasi | |
---|---|
Turi | madrasa |
Xarita |
Tarixi
tahrirQozikalon mulla Badriddin mudarrislarni ishga tayinlash yuzasidan oliy hukmdorga quyidagicha murojaat qiladi: „Hazrat Xoja Bulg‘or alayhi rahma guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Omonulla qashshoqligi sababli Azizon guzari masjidi hujralarida dars beruvchi mulla Ahmadning bo‘sh qolgan joyi- ga o‘tishdan umidvor bo‘lib, janobi oliyni sidqi ixlos bilan benihoya duo qiladi. Maoshi yigirma besh tilla tanga“. Abdullaboy madrasasining mulla Avaz Badal ismli mudarrisi kambag‘alligi tufayli mehriboni oliydan Xoja Bulg‘or alayhi rahma guzari masjidi hujralarida dars bergan mazkur mulla Omonulla joyiga o‘tishdan umidvor bo‘lib janobi oliyni duo qiladi. Maoshi o‘n ikki tilla tanga". Tadqiqotlar natijasida „Mulla Abdulloh madrasasi“ nomiga rasmiylashtirilgan vaqf hujjat aniqlangan. U to‘rt qismdan iborat. Birinchi hujjatda hijriy 1307-yili safar oyida (1889-yil sentyabr-oktyabr) mulla Abdulloh Muysafid Amr valadi mulla Qurbon Maymanagiy foxirai Buxoroyi sharifning mulla Payravi guzaridagi hovlisini ilm toliblariga vaqf qilgani maʼlum qilinadi. Ammo bu hujjat Abdullaboy madrasasiga tegishli ekaniga hozircha aniq dalil topganimizcha yo‘q. Chunki Buxoroning mulla Payravi guzarida joylashgan „Abdulla kotib madrasasi“ nomi bilan ataladigan yana bir o‘quv dargohi bor edi. Abdullaboy madrasasi o‘rni ko‘rsatilmagani va ismlardan biriga „boy“, ikkinchisiga „kotib“ so‘zlari qo‘shilib kelgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 151.