Abdulloh (Chigʻatoy xonligi)
Abdulloh (vafoti 1359-yil) – amir Qozagʻonning oʻgʻli, qoraunaslar (1358—1359) va Chigʻatoy ulusi amiri (1358)[1].
Abdulloh | |
---|---|
Amir | |
Mansab davri 1358 | |
Avvalgisi | Qozagʻon |
Keyingisi | Bayon Sulduz |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Aniq emas |
Vafoti | 1359 |
Dini | Islom |
Otasi hukmronligi davridagi faoliyati
tahrirOtasi Abdullohni taxminan 1346-yilda Samarqandga amir etib tayinlagan va Qozagʻon hayotligida Xorazmga yurish qiladi, bunga otasi qarshilik qiladi. Amir Qazagʻon vafotidan soʻng uning oʻrnini egalladi va otasidan farqli oʻlaroq (hokimiyati janubiy qabilalar qoʻllab-quvvatlashiga asoslangan edi) u ulusning shimoliy qabilalariga taʼsir oʻtkazishga harakat qiladi.
Abdullohning hukmronligi
tahrirOtasi Qozagʻonning vafotidan xabar topgan oʻgʻli Samarqand amiri Abdulloh janubga, Soli Saroyga koʻchib oʻtadi va u yerda qabila boshliqlari uni vorisi sifatida qabul qiladi. Bayonqulixonga qarshi kurashgan[2]. Koʻp oʻtmay, Abdulloh oʻz poytaxtini Samarqandga koʻchirishga qaror qildi, bu shahar Soli Saroydan koʻra yaxshiroq qulayliklarga ega edi. Aʼyonlar koʻchmanchi urf-odatlariga zid boʻlgan bu xatti-harakatdan voz kechishni maslahat beradilar. Ammo Abdulloh Samarqandga koʻchib oʻtadi.
Biroz vaqtdan soʻng Bayonqulixonni (Samarqandda) oʻldirib, shajarada oʻrni nomaʼlum boʻlgan Chigʻatoy shahzodasi Buyun Temurning oʻgʻli Chigʻatoy Temurshohni (Shoh Temur) taxtga oʻtqazdi. Bayonqulixon Buxoroda, taniqli dindor Shayx Sayfiddin yoniga dafn etilgan. Abdullohga qoraunaslarning oʻz hududlariga koʻchirilishini istamagan (poytaxtning Samarqandga koʻchirilishi bilan sodir boʻlayotgan voqea), natijada Hojibeg va Bayon Sulduz boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtariladi. Abdulloh bir muddat Samarqandda qarshilik koʻrsatdi, lekin shahar mustahkam emasligi uchun qamalga qarshilik koʻrsata olmaydi. Amirning oila aʼzolari qatl etiladi. Abdulloh qochib qoladi. U va fitnachilar oʻrtasidagi toʻqnashuvning asosiy sabablaridan biri poytaxtning Soli Saroydan Samarqandga koʻchirilishi boʻlishi mumkin.
Abdulloh Samarqanddan qochib Jayhunni kesib oʻtadi, Bagʻlondan oʻtib, Badaxshonning janubiy chekkasida joylashgan Andarabga yoʻl oldi va koʻp oʻtmay shu yerda vafot etgan.
Adabiyotlar
tahrir- René Grousset (1970). The Empire of the Steppes: A History of Central Asia. New Brunswick, N.J: Rutgers University Press. ISBN 978-0-8135-1304-1
- Manz, Beatrice Forbes, The Rise and Rule of Tamerlane. Cambridge University Press, 1989, ISBN 0-521-34595-2.
- Караев О. Чагатайский улус. Государство Хайду. Могулистан. — Бишкек, 1995.
Manbalar
tahrir- ↑ Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. ТОШКЕНТ: ШАРҚ, 1997 — 383-bet. Qaraldi: 23-sentabr 2023-yil.
- ↑ Manz, Beatrice Forbes. The Rise and rule of Tamerlane. London New York Melbourne: Cambridge university press. ISBN 0521345952.