Abdulloh al-Musnadiy
Buxorolik olim, imom
Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn… al-Juʼfiy al-Musnadiy (Abu Jaʼfar) — buxorolik olim, imom bo‘lgan. U maqtuʼ va mursal emas, balki faqat musnad hadislarni qatʼiy turib talab qilgani uchun odamlar unga shu nisbani berganlar. Asli Misnon qishlog‘idan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abdulloh al-Musnadiy hijriy 229-yilning zulqaʼda oyida payshanba kuni olamdan o‘tgan[1].
Abdulloh al-Musnadiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | hijriy 229-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | olim, imom |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 17-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |