Abdulloh bin Muhammad Murtaʼish

Abdulloh bin Muhammad Murtaʼish (10-asr) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Muhammad. Nishopurning Hiyra mavzesida tugʻilgan. Bagʻdodda yashagan. Abu Hafs Haddodning shogirdi. Junayd Bagʻdodiy, Abubakr Shibliy, Jaʼfar Xuldiy, Abu Abdulloh Hazramiy, Abulabbos Bardaʼiy, Abu Abdulloh Kattoniy, Abubakr Farroʼ, Abulhusayn Sirvoniy Sagʻir, Abusahl Suʼlukiy, Ibrohim Qassor suhbatidan bahramand boʻlgan. Koʻp safar qilgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”­dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirib kiritgan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.