Jaʼfar Xuldiy, Jaʼfar bin Muhammad Bin Nusayr Xavvos (vaf. 959) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Muhammad. Bagʻdodning Xuld mahallasida tugʻilgan. Boʻyra toʻqish bilan shugʻullangan. Junayd Bagʻdodiy va Ibrohim Xavvosning shogirdi. Abulhusayn Nuriy, Ruvaym, Samnun Muhibb, Jurayriy, Abulhasan Jahzam Hamadoniy, Hammod Qurashiy, Abu Jaʼfar Karnabiy bilan suhbatda boʻlgan. Tasavvuf tarixiga oid kitoblar yozgan. Shayx Abulabbos Nihovandiyning ustozi.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhab­bat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirib kiritgan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhab­bat.