Abdulloh ibn Abu Hadrad

Abdulloh ibn Abu Hadrad sahoba

Abdulloh ibn Abu Hadrad (arabcha: عبد الله بن أبی حدرد — Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu Hadrad ibn Umayr al-Aslamiy) — sahoba.

bu Muhammad Abdulloh ibn Abu Hadrad ibn Umayr al-Aslamiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 690-691-yil (hijriy 71-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sahoba

Hayoti Tahrirlash

Otasi Abu Hadradning asl ismi Saloma bo‘lgani uchun baʼzi manbalarda Abdulloh ibn Saloma deb ham zikr qilingan. Manbalarda Abdulloh ibn Abu Hadradni sahobaligi borasida turli ixtilof­lar mavjud. Biroq, aksariyat olimlar uni sahoba bo‘lganini qayd etishgan. Hudaybiya sulhidan boshlab Payg‘ambar amrlari ostida safarlarda qatnashgan va unga turli sariyyalarda vazifalar ham yuklatilgan. Shulardan biri Gʻoba sariyya­sidir. Bani Jusham qabilasidan bo‘lgan Rifoʻa ibn Qaysning musulmonlar va Bani Qays orasini buzmoqchi bo‘lganini eshitgan Rasululloh Abdulloh ibn Abu Hadradning yoniga yana ikki kishini qo‘shib, ularga Rifoʻa haqida maʼlumot to‘plab kelishni buyuradilar. Abdulloh ibn Abu Hadrad Madina yaqinidagi Gʻoba yaylovida Rifoʻani tuzoqqa tushirib o‘ldiradi, uning oz sonli odamlarini quvib, ortda qolgan tuyalarini o‘lja sifatida Madinaga haydab keladi. Kambag‘al hayot kechirgan Abdulloh ibn Abu Hadrad uylanganida o‘ziga o‘ljadan tushgan o‘n uch tuyani xotiniga mahr sifatida beradi. Bu voqeadan ikki oy o‘tib, Hunayn jangi avvalida Payg‘ambar tomonidan yana dushman ichiga kirib maʼlumot to‘plash uchun yuboriladi. Vazifani muvaffaqiyat bilan yakunlab, to‘plagan maʼlumotlarini Payg‘ambarga taqdim qiladi.

Abdulloh ibn Abu Hadrad Abu Bakr va Umardan hadis rivoyat qilgan, undan esa o‘g‘li Qa’qo’ va boshqalar rivoyat qilganlar. Rivoyat qilgan hadislarining ikkitasi Ahmad ibn Hanbalning "Musnad"ida keltirilgan.

Vafoti Tahrirlash

Payg‘ambarning vafotlaridan ke­yingi hayoti haqida maʼlumot bo‘lmagan Abdulloh ibn Abu Hadrad taxminan sakson yoshida vafot etgan[1].

Adabiyotlar Tahrirlash

  1. Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. — London: 1965-66. II, 634-635, 777, 779-780, 797; III, 877, 893, 939, 1008;
  2. Ibn Hishom. As-Sӣra. — Qohira: 1955. III, 439-440; IV, 626, 629-631;
  3. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kub­rā. — Bayrut: 1968. II, 150;
  4. IV, 309-310; At-Tabariy. Tarӣx. — Qohira: 1960-70. III, 34, 158;
  5. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 210-211;
  6. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1970-72. IV, 54-57.

Manbalar Tahrirlash

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.