Abdulloh ibn Mugʻaffal

Abdulloh ibn Mugʻaffal sahoba

Abdulloh ibn Mugʻaffal (arabcha: عبد الله بن مغفل — Abu Saʼid Abdulloh ibn Mug‘affal al-Muzaniy,? — 59/679, Basra) — sahoba.

Abu Saʼid Abdulloh ibn Mug‘affal al-Muzaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 679-yil (hijriy 59-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sahoba

Hayoti

tahrir

Baʼzi manbalarda kunyasi Abu Abdurrahmon, Abu Zayyod deb ham keltiriladi. Hijriy sakkizinchi sana Hudaybiya kuni Rizvon bay’atida qatnashgan sahobalardan biri. Madinada yashagan, so‘ng Basraga ko‘chib o‘tib, o‘sha yerda istiqomat qilgan. Abdulloh ibn Mug‘affal Umar ibn Xattob tomonidan Islom dinini o‘rgatish uchun Basraga yuborilgan o‘n kishidan biri bo‘lgan.

Tabuk jangi

tahrir

Tabuk jangidan oldin faqir bo‘lganligidan minadigan ulov topa olmagani uchun Payg‘ambarga murojaat qilganida, Ul Zot ham uni biror ulov bilan taʼminlay olmaganlar. Shu sababli qo‘shinga qo‘shila olmasligidan xafa bo‘lib, ko‘z yoshi to‘kib, nola qilgan. Bunday samimiyati sabab u eʼtibor qozongan. „Tavba“ surasining 92-oyati nozil bo‘lishiga sabab bo‘lgan sahobalardan biri. Abdulloh ibn Mugʻaffal Rizvon bay’atida tagida bay’­at etilayotgan daraxt shoxini ko‘tarib, Payg‘ambarning soyalanishlarini taʼminlagan. Abdulloh ibn Mugʻaffaldan qirq uchta hadis rivoyat qilingan. Ulardan oltitasi sahih hadislar qatoridan joy olgan. Undan Hasan al-Basriy, Muoviya ibn Kurra, Sobit al-Bunoniy va Abu-l-Oliya kabi mashhur olimlar hadis ri­voyat qilganlar. Tustarni fath etishda shaharga ilk kirgan Abdulloh ibn Mugʻaffal Basraga mual­lim qilib tayinlangan va shu yerda yashab, vafot etgan. Vasiyatiga binoan janoza namozini Abu Barza al-Aslamiy o‘qigan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. — London: 1965-66. I, 994, 1036;
  2. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kub­rā. — Bayrut: 1968. VII, 13-14;
  3. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 398-399;
  4. Az-Zahabiy. Siyar. II, 483-485;
  5. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. II, 372.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.