Paygʻambar
Paygʻambar (forschadan — xabar keltiruvchi, xabar yetkazuvchi) —xristianlik va islomda xudodan vahiy olgan va uni odamlarga yetkazadigan shaxs. Xudo bilan uning bandalari oʻrtasidagi vositachi, xudoning yerdagi vakili, elchisi hisoblanadi. Paygʻambarlar kelajakni biladigan, diniy va tarixiy voqealarni, biror odamning taqdirini oldindan aytib beradigan shaxs sifatida tasavvur qilinadi. Islomga koʻra, Paygʻambarlar bilan Alloh oʻrtasida elchilik qiluvchi farishta — Jabroildir. Baʼzida Alloh Paygʻambarga bevosita vahiy yuborishi, u bilan gaplashishi ham mumkin. Paygʻambarlarning adadi Qurʼon, hadis va tarixiy kitoblarda qatʼiy koʻrsatilmagan. Baʼzi manbalarda ular 124 mingta deyilgan. Qurʼonda Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zulkifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, Alyasa, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammad kabi Paygʻambarlarning nomi zikr etilgan. Aksariyat Paygʻambarlarning nomi Tavrot va Injilda ham qayd etilgan. Paygʻambarlarning birinchisi Odam (as), oxirgisi Muhammad (s.a.v) sanaladi. Paygʻambarlar har qanday gunohlardan pok hisoblanadilar. Qur’onda Muhammad ismi 4 marta, Muso ismi 136 marta, Iso ismi 25 marta, Nuh ismi 43 marta nozil etilgan.
Qur’onda nomi zikr etilgan paygʻambarlar:
tahrir- 1.1 Odam آدم
- 1.2 Idris (Enoch) ادريس
- 1.3 Nuh (Noah) نوح
- 1.4 Hud (Heber) هود
- 1.5 Solih (Shelah) صالح
- 1.6 Ibrohim (Abraham) ابراهيم
- 1.7 Lut (Lot) لوط
- 1.8 Ismoil (Ishmael) اسماعيل
- 1.9 Is’hoq (Isaac) اسحاق
- 1.10 Yaʼqub (Jacob) يعقوب
- 1.11 Yusuf (Joseph) يوسف
- 1.12 Ayyub (Job) أيوب
- 1.13 Shuayb (Jethro) شعيب
- 1.14 Muso (Moses) موسى
- 1.15 Horun (Aaron) هارون
- 1.16 Zulkifl (possibly Ezekiel) ذو الكفل
- 1.17 Dovud (David) داود
- 1.18 Sulaymon (Solomon) سليمان
- 1.19 Ilyos (Elijah) إلياس
- 1.20 Alyasa (Elisha) اليسع
- 1.21 Yunus (Jonah) يونس
- 1.22 Zakariyo (Zacharias) زكريا
- 1.23 Yahyo (John the Baptist) يحيى
- 1.24 Iso (Jesus) عيسى
- 1.25 Muhammad محمد
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Paygʻambarlar qissasi, Toshkent, 1993
- Hazrati paygʻambar hayoti, Toshkent, 1997-yil.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |