Tavba surasi (arabcha: سورة التوبة, nomining maʼnosi — Tavba[8][9]) — Qurʼonning 9-surasi. Madaniy suralardan biri, 129 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 187–207[10]-sahifasida va 10-11-juzida joylashgan. 113-boʻlib nozil boʻlgan.

Yunus    9–sura   Anfol
Tavba surasi — سورة التوبة
Qurʼon nusxalaridan biridagi Tavba surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 129, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 9, qora rangda - Tavba surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 113, 3. Rukuʼsi soni - 16; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:9, 3. Nozil boʻlish tartibi:113, 4. Rukuʼsi:16, 5. Oyati:129, 6. Porasi (Juzi):10-11 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Tavba[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 187–207[4]
Juz 10-11
Sura raqami 9
Oyatlar soni 129
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 16[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Soʻzlar soni 2506
Harflar soni 10873
Nozil boʻlish tartibi 113[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Yunus surasi  Keyingisi 9 Oldingisi  Anfol surasi
Nozil boʻlish tartibi
Nasr surasi   Keyingisi 113 Oldingisi  Moida surasi
                                   

Asosiy maʼnosi

tahrir

Ushbu surada paygʻambar alayhis-salom sahobalar bilan Tabuk jangidan qaytayotganlarida nozil boʻla boshlagan. (Tabuk — Madina bilan Damashq orasidagi haj yoʻli ustida joylashgan vohadir. Hijriy toʻqqizinchi yilda u yerda musulmonlar bilan mushriklar oʻrtasida jang boʻlgan edi). Bu surada shariati islomiyyaning koʻpgina qonun-qoidalarini bayon qilish bilan birga, asosan, ikki maqsad koʻzda tutiladi: ulardan birinchisi: Islomning mushriklar va ahli kitoblar bilan qanday munosabatda boʻlish lozimligi xususidagi qatʼiy hukmini bildirish boʻlsa, ikkinchisi: Paygʻambar alayhis-salom gʻazotga chiqishga chaqirgan paytlarida kishilar ruhiyatidagi holatlarni koʻrsatishdir.

Bu suraning ayricha xususiyatlaridan biri shuki, Qurʼondagi mavjud bir yuz oʻn toʻrt suraning ichida yolgʻiz mana shu sura avvalida «Bismilloh» aytilmasdan boshlanadi. Bu holni ayrim sahobalar Tavbamazmun-mohiyati jihatidan oʻzidan avvalgi Anfol surasining davomi boʻlgani uchun ikkisining oʻrtasini ajratish zarurati boʻlmagan, deb sharhlasalar, boshqa bir guruh sahobalar: «Bismilloh Allohning rahmatidir. Bu surada esa, asosan, jangu jadallar va Allohning laʼnatiga giriftor boʻlgan munofiqlarning xilma-xil toifalari haqida soʻz yuritiladi. Shu boisdan, uning avvalidagi “Bismilloh” aytilmasligi lozim boʻlgan», deganlar. Bu suraning bir necha nomi boʻlib, ulardan eng mashhuri «Tavba»dir. Soʻra nihoyasida Alloh moʻminlarning tavbalarini qabul etishi eʼlon qilingani uchun ham bu sura «Tavba» nomi bilan atalgandir.

Manbalar

tahrir
  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

TAVBA SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)

Keyingisi: Yunus surasi   9-sura — arabcha matni Oldingisi: Anfol surasi